andijonliklar keling tanishamiz.  ( 177967 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 33 B


Ansora  16 Sentyabr 2009, 17:47:13

Rahmat sog' bo'ling:) Qalay bizni Anjonlar joyida turibdimi? Ancha bo'ldi bormaganimga:(

Qayd etilgan


Abdullоh  20 Sentyabr 2009, 11:06:22

Rahmat sog' bo'ling:) Qalay bizni Anjonlar joyida turibdimi? Ancha bo'ldi bormaganimga:(

Men qaytayotganimda omon edi. Men ham 28-avgustdan beri Toshkentdaman. Lekin tez-tez habarlashib turibmiz.

Qayd etilgan


Ansora  20 Sentyabr 2009, 13:53:05

İnson o'tguvchidir, lekin Vatan qolguvchidir, Rabbim bizlarga har doim aytganimday Jannatday Vatan nasib etgan. Ozi'ga minglarcha shukrlar bo'lsin. İnson g'urbatda Vatanining har qarich tuprog'ini eslab, taskin topadi. Hovlimiz, undagi har bir daraxt, har bir rayxon bargi men uchun juda qadrli.
Tilagim, Ona Vatan haqida faqatgina yaxshi habarlar eshitayin.
Minglab kilometrlar uzoqdan duolar bilan to'la salomlarim bo'lsin ANDİJONİMGA...

Qayd etilgan


Ansora  03 Oktyabr 2009, 22:53:55

Anjonliklar rostanam kam ekan-da bu forumda, yoki bo'lishsa ham yozishmiydimi???

Qayd etilgan


Kumush  04 Oktyabr 2009, 16:07:06

Андижон, кунглимда кукарган далам,
Йулимга термулиб колган чорбоглар.
Мени согинади согинмасам хам.
Боги Бобурдаги момакаймоклар.

Узинг улгайтирган нихолингга бок
Аа буйинг етар, на кулинг етади.
Болангдан шох чикса - узга юртда шох,
Шоир чикса бари дайдиб кетади.

Гохи койимайсан гапга кирмаса,
Гохи бошин силаб йулга солмайсан.
Такдирдан нолийсан худо бермаса,
Худо берганини асрай олмайсан.

Бевафо дунёнинг ишларин курсанг.
Сен курган саройга хинд мехмон танлар.
Балки ахил булсанг, сал кенгрок булсанг.
Багрингда буларди Тожимахаллар.

Узр, гар огринсанг елкамга бош куй,
Шод кунинг кунглингни мен билан чогла.
Бобурга илинсанг, менга ковун суй,
Чулпонни согинсанг, мени кучокла.

Андижоннинг Мархаматида, Мархаматнинг Ковунчи кишлогида ётган снг азиз шоиримнинг кабри нурга тулсин илойим.

Qayd etilgan


Ansora  04 Oktyabr 2009, 20:29:08

Voy Kumushxon, bundan siz ham Andijonliksizzz, degan hulosa chiqarsam ham bo'ladimi :)

Qayd etilgan


Ansora  16 Oktyabr 2009, 10:11:21

Anjanliklar paxtada-mi deyman:)

Qayd etilgan


Abdullоh  17 Oktyabr 2009, 06:49:17

Anjanliklar paxtada-mi deyman:)

Shunaqa desa ham bo'laveradi. Hamma Andijonda o'qiydigan o'rtoqlarim ham paxtada ekan.

Qayd etilgan


Ansora  17 Oktyabr 2009, 10:03:38

Him tushunarli. Paxtakorlarimizga Alloh kuch-quvvat bersin. İlgari paxta plani ko'rsatilardi televizorda. Andijon doimo oldinda bo'lardi. Rosa xursand bo'lardik. Haliyam bor-mi, shunaqa narsa:)

Qayd etilgan


Abdullоh  19 Oktyabr 2009, 07:18:45

Bor bo'lishi kerak. Lekin anig'ini bilmadim. Men Sentebr-Iyun oylarida o'qishda bo'lganim uchun televizor ko'rmayman.

Andijon ilgari Qobiljon Obidov hokimligida doimo birinchi bo'lardi. Hozir hokim u emas. Qaysidir yili ohirgi bo'lib to'ldirdi planini.

Qayd etilgan