Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)  ( 119962 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 B


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 01:48:10

Bunday mablag‘ tikish talab qilinmaydigan «san’at»ni kim ham sevmaydi. Sarmoya yo‘q, soliq to‘lash yo‘q, «bo‘sh turgan qo‘lni Alloh sevmaydi», deya eshiqdan-eshikka sang‘ib, do‘kondan-do‘konga izg‘ir va bir-ikkita duoni ming‘nrlashdan iboratmi bu «san’at». Bunday tilanchilikning qanday qiyinchiligi bor?
Xo‘sh, toptalgan or-nomus, yo‘qotilgan odob va iffat tuyg‘usig‘a nima deysiz? Bularning hech qanday qadri yuqmi?
Yo‘q, aslo yo‘q!.. Uyatning ko‘chalariga allaqachonlardan buyon qadam bosmagan, «Xudo bersin!» —degan javobni eshitgach ham ketishni xayoliga keltirmagan, shilimshiq kabi yopishqoq, ko‘z ostiga olgan odamini zuluk kabi so‘rmagunicha ko‘ngillari joyiga tushmaganidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, yuqorida qayd etilgan tuyg‘ular ular uchun bir necha harflarning yig‘indisi — quruq so‘z, holos.
Ammo insonlikning asl mohiyatini anglaganlar uchun odob va iffat so‘zlarining ma’nolari dunyodan va dunyodagi barcha narsalardan benihoya qimmatlidir.

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 01:48:31

Mana, momoning berilgan sadaqani olmagan paytda his etgan ruhiy holati. Agarda bu pulni olsa, ikkinchi marta berilgan sadaqani olishi osonlashadi, bu esa uchinchisini olishga xohish uyg‘otadi va shu tariqa poyoniga yetishiga juda oz fursat qolgan umr tilanchilik bilan yakun topadi. Bu esa umr bo‘yi xayoliga ham keltirishni istamagan mudhish bir yakun.
Yalang‘och xotin bir soniya turdi, so‘ng yo‘lida davom etdi. Husayinning yonidan o‘tar ekan: «Bular odam bo‘lmaydi», deya g‘udranmoqda edi. Xusayin chidab turolmadi:
— Xonim afandi, odam bo‘lishlari uchun tilanchilik qilishlari kerakmi?
Xotin hayron bo‘lib, Husayin tomonga qayrildi:
— Bir nima dedingizmi?
— Odam bo‘lishlari uchun tilanchilik qilishlari kerakmi, degandim.
Xotin savolga «ha» deb javob berolmadi. Gapni cho‘zmaslik uchun bo‘lsa kerak, yo‘lida davom etdi. Husayin keksa xotinning yoniga kelib:
— Hola, istasangiz yordamlashay, savatingizni uyingizgacha olib borib beraqolay, — dedi.
Ayol boshini ko‘tardi. Qarshisida ochiq chehrali yigitcha turardi. Unga minnatdor nigoh tashladi:
Alloh sendan rozi bo‘lsin, bolam. Madorim butunlay quridi. Ozroq yordamlashib yuborsang, yana o‘zim olaman, — dedi.

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 01:48:51


Savatdan qo‘lini olib, ikki tizzasiga tayandi. Butun kuchini qo‘llariga va tizzalariga to‘plab, kuchanib o‘rnidan turdi. Husayin savatni oldi. Juda og‘ir emasdi. Lekin kampirni bemalol charchata olardi. Birga mahalla oralab yurdilar. Kampir ora-sira «Alloh murodingga yetkazsin!», deb duolar qilib borardi. Lekin Husayin savatni duo uchun emas, dinning muhtojlarga yordam etish yo‘lida bergan amrini bajarish, insonlik vazifasini ado etish uchun ko‘tarib borardi, Albatta, uning duo etishiga ham qarshi emasdi. Yoshlikda Alloh rizosi uchun bir keksaga yordam bergan kishi, o‘zi keksayganda yordam beradigan yoshlarning topilishiga ishonardi.
Bu ayol o‘rnida o‘z onasi bo‘lganda, bu aziyatni u chekkanida nima qilardi? Uning shu ahvolda emasligiga shukr qilishning yagona yo‘li bu ayolga va u kabilarga yordam bermoqdir. Bundaylarni ko‘rib, o‘ziking ahvoliga shukr etib o‘tib ketmoq o‘ysizlik, beparvolik sanalishi kerak. Agar boylarning molida faqirlar uchun Alloh tarafidan belgilangan haq bo‘lsa — Husayin bu haqning borligiga ishonardi — xuddi shunday yosh va sog‘lomlarning kuch-quvvatida keksalar va ojiz-zaiflar uchun tayin etilgan haq ham bor. Bu yordam tan kuch-quvvatining zakotidir. Bu muruvvat va insonlik tuyg‘usining yuksak nuqtasidir.


Qayd etilgan


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 01:49:39

— Uyim shu yerda, o‘g‘lim, Alloh sendan rozi bo‘lsin! Bu so‘z Husayinning xayolini bo‘ldi. Savatni eshik oldiga qo‘ydi. Eshikning turishi uyning xarobligidan xabar berardi.
— O’g‘lim, sening oting nima? Kimlardansan?
— Nima qilasiz, hola?
— Bir yo‘lim tushsa, uyingizga kirib, sendan ko‘rgan yaxshiligimni onangga aytardim.
— Shart emas, hola. Men onam eshitishi uchun emas, Alloh rizosi uchun yordamlashdim. Onamni xursand etishni istasangiz, haq yo‘ldan ayrilmasligi uchun duo qiling.
Husayin ketdi. Eshikdan ichkari kirgan momoning ko‘zlari yoshli edi. Bu yoshning sababi o‘zining kuchi yetganda boshqalarga yordam etolmaganlik pushaymonidan edi. Boshqa birov bu yeshlarning sababini yaxshnlik qilishni sevadigan bir insonni uchratganidan paydo bo‘lgan tuyg‘ular tufayli deb tushunishi mumkin. Hech tanimagan bnr bola yukini ko‘tarib keltirib bergani va o‘z nevarasidan bunday olijanoblik ko‘rmagani nazarga olinsa, insoniylikdan uzoq bo‘lgan nevaradan haqorat ko‘rishi, og‘ir so‘zlar eshitishi, katta ona o‘rniga «sassiq kampir!» deya baqirishi, o‘zining shu ahvoliga rozi bo‘lib shukr etishi hisobga olinsa, ikkinchi qarashni oldinga surganni haqli deyish ham bemalol mumkin.

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 09:20:13

Husayin keksa ayoldan ajrashgach, uyga keldi. Ko‘z oldida kechgan va ikki ayolning bahsi yaxshilik va yomonlik kurashiga o‘xshagan bu hodisani o‘ylamasdan bo‘lmasdi. Uyimda bir haftaga yetgulik yeguligim bor deb berganni olmaslik buyuk fazilatdan darak bo‘lsa kerak. Momoning o‘sha yuqori tabaqaga mansub kibor xotinni sharmanda va parishon qilishiga nima deysiz?! Bular bir zamonda yashagan ikki guruhga mansub ayollar timsoli. Bir tarafda erining ko‘z o‘ngida ochiq-sochiq holda ko‘cha kezgan va o‘zidan balandga egilib, zaifni surib o‘tadigan, amal-taqal qilib turmushga chiqib olgan hayosizlar; ikkinchi tarafda og‘zidagi nonni birovga ilingan, tizzasidagi yarani o‘z tug‘ishganiga qo‘rsatmoqdan or qilgan, uyalgan, nomusini boshiga ko‘targan, nomus uchun hayotini seva-seva fido qilishga tayyorlar...
Husayinning onasi ikkinchi guruhga mansub. Bu guruhning timsoli — munosib qobiliyatli, qiladigan ishini o‘ylab, mutlaqo Alloh rizosi uchun ado etadigan bir ona...
Bu yil o‘n oltiga kirgan Husayim, shu choqqacha tasodifan bo‘lsin, onasini boshi ochiq yoki yalang‘och holda ko‘rgani yo‘q.

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 09:23:03

Husayin onasiga shohidi bo‘lgan hodisani aytib bergach, so‘zini shunday tugatdi: «Mening onam, onajonim, bilsangiz, sizni shunday yaxshn ko‘ramanki... Mening yonimda go‘yo bir begona borday doim o‘ranib, yopinib yurasiz».
O’ranishimni «mendan chekinish» deb o‘ylaysanmi? Onalar o‘g‘illaridan chekinib o‘ranmaslar, men ham sendan chekinmasman. Seni nomahram sanasam, kimim qolur mening bu dunyoda?! Sen bo‘lmagan paytlarda, Odila va Samihaning yonida ham shu holda bo‘laman. Ular oldida ham boshim o‘rog‘liq yuraman, yolg‘iz qolganimda ham shu holdaman.

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 09:23:55


— U payt kimdan qochib, o‘ranasiz?
— Bil. O’zing bil kimdanligini!
Fotimaxonim Husayinga yoshligida dugonalariga bergan javobni aytdi. Shu qadar samimiy so‘zlagani o‘n yillardan keyin ham tasdiq bo‘ldi.
Husayin bu yil to‘rtinchi sinfda, o‘n kundan keyin keladigan jumaga xutba o‘qish uchun tayyorlanish topshirilganini aytgach:
— Qaysi mavzuni tanlasam, ona? — dedi.
— Hozirgina aytganlaring go‘zal mavzularku, o‘g‘lim? Bularning boshi moda. Moda haqida tayyorlan.
Haqiqatan go‘zal mavzu topilgandi.


Qayd etilgan


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 09:25:29

* * *

O’n kundan so‘ng juma namozi uchun minoralardan taralgan azon sasi mo‘minlarning juma ekanini unutmasliklarini ta’min etarkan, uyning bir burchida, joynamoz ustida, butun borlig‘i bilan yaratganga yuzlanib, o‘g‘li o‘kiydigan hutbada yanglishmasligini, shu xutba sababli yo‘llaridan adashganlar yana haq yo‘lga va o‘zlariga kelishlarini duolar qilgan bir o‘gay ona bor edi. Yillar davomida, qat’iy iroda, tuganmas sabr va o‘gay emas, haqiqiy ona mehri bilan bag‘riga bosgan yetimini endi jon-jonidan va chin ko‘ngildan duo etardi. Oradan kechgan o‘n bir yil vaqt uni et bilan tirnokday bolalarga bog‘lab qo‘ydi, ularning o‘gayligini deyarli unutdi. Endi Alloh madadini tilagan gul yuzli farzandiga «menga oxiratda shafqatchi, shafoatchi bo‘ladi, degan ezgu umid bilan boqar,unga onalik muhabbati bilan bir navbatda alohida ma’naviy mehr ham ko‘ygandi.
Birozdan so‘ng o‘g‘lidan xabar kelishi kerak. Tongda har kungiday alohida bir hayajon bilan yo‘lga chiqararkan, ko‘lini o‘pgan bolasini:
Alloh madadkor bo‘lsin, gunohkor onangni ham duo qilishni unutma, o‘g‘lim... — deb kuzatdi.

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 09:26:58

Jome’ liq to‘lgan. Odilbek o‘g‘lini ko‘rib hayajonlanmaslik uchun ustun orqasida yashiringanday bo‘lib o‘tiribdi. Bir zamonlar Erdolbekning so‘zlariga ishonib va aldanib Imom Xatib maktabiga berishni istamagan o‘g‘li to‘rt yillik tahsil mevasini ko‘rsatishi, otasi uni aynan shu maktabga bergani uchun mamnun etishi keraq
Juma quniga maxsus azon aytib bo‘linganda minbarda sekin oyoqqa turgan o‘g‘lini ko‘rishi bilan qo‘zlarida paydo bo‘lgan ikki tomchi yoshni artishni lozim topmadi.
Xalq shunday o‘n olti, o‘n yetti yoshlilar o‘qigan xutbaga odatlandi. Necha yilki, endi din ilmini unutay deganida bahor chechagiday yigitlarni tinglash zavqu hayajonini tota boshladi.
Xutbaning arabcha qismini yoddan o‘qigan va turkcha qismiga kelgan Husayinning ovozi sekin-sekin ko‘tarila boshladi. Ko‘zlaridan yoshlari sizilib, vnjdonlari oldida tillari qisiq, boshlari ham bo‘lganlarning boshlari ko‘ksilariga tag‘in ham enib borardi.


Qayd etilgan


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 09:27:45


Turkcha qismini, siz hurmatli o‘quvchilar bilan birga tinglamoqni ravo ko‘rdik:
Muharam musulmonlar! Xutbamiz moda haqida. Bu millatni moda balosi mahv etgan. Moda atalmish bexosiyat odatlar keltirgan baloyu gunoh dunyo va oxiratda bizga yetib, ortib ham qolur. Oilamiz islom odatlari bilan idora etilgan, odamlarimiz Allohtsan ko‘rqan, millatimizga otalarimizning odatu an’analari hokim bo‘lgan zamonlarda rohatda ediq har sohada yo‘limiz ochiq edi. Bugun yo‘llarimiz emas, ayollarimiz ochiq. Islom odatlariga emas, ingliz, frantsuz va boshqalarning odatlariga, Rasulullohning amrlariga emas, Ovro‘podagi kimligi noma’lum, qandaydir axloqsizning xohishiga bo‘ysunamiz. Ayni o‘rinda Payg‘ambarimizning bir hadisi sharifini naql etish joiz. Marhamat qiladilarki: "œKim qaysi qavmga o‘xshasa, o‘shalardandir!»
Agar Rasulullohning amrlariga modaga ahamiyat berganimiz kabi munosabatda bo‘lganimizda edi, ko‘plab pokiza va haqiqiy musulmon kishilar yetishardi. Agar modaga ketgan isrof, faqiru fuqaroga xarjlansa, necha bag‘ri yaraga malham, qancha ko‘ngli yarimga xursandchilik bo‘lardi. Yilda bir necha bor o‘zguradigan modaga sarflangan xarajatlarning hisobi yo‘q, «Bu yil oq libos kiyiladi», deyildimi tamom... amr — amrdir. Kuchi yetgan-etmaganning ustida oq libos bo‘lishi shart. «Bu yil oyoq kiyimlarning tovoni bir qarich bo‘larmish, liboslarning etagi tizzasidan bir qarich yuqori chiqarmish, sochlar falon shaklga kirarmish», deyilganidan so‘ng past poshnali oyoq kiyim, etagi tizzani, oyoqni bekitadigan libos qidirib ko‘ring-chi. Modaga berilgani uchun o‘zini maymunday turli qo‘rinishga solgan qanchalab kishilarning aslida uyida yeyishga tuzuk-quruq taomi yo‘q...

Qayd etilgan