Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)  ( 119966 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 B


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 09:28:23

Lekin biz ularki emas, modani boshlab beradigan boylarni aybdor deb bilamiz. Ilgari vaqtlarda to‘yga keta turib faqirlar o‘ksinmasin deya ziynatlarini taqmagan, havaslanib, ko‘ngli tushmasin, og‘rinmasin, xarajatga qiynalmasin deb hashamdor kiyinmagan olijanob insonlar bo‘lgan ekan. Endi esa o‘zidan boshqani o‘ylamaydigan, barcha fazilati cho‘ntagidagi puldangina iborat bo‘lgan boylarimiz bor. Bugun har to‘y uchun alohida kiyim tiktirmasa uyaladigan, o‘n besh, yigirma bosh kiyimni kam deydigan ayollarimiz mavjud.
Butsdaylarga Rasulullohning qizida faqat bir bosh libosi bo‘lganini eslating. Bugun ustiga kiyishi uchun eng oddiy libosni topishga ham qiynaladigan, «bir muruvvat sohibini yo‘lla, yo Rab», deya ingrab, iltijo qilayotgan qancha ayollar borligini eslating. Insonlik sharafi va fazilati boylarning kim o‘zarga kiyinishi, bo‘ylashib, bahslashishida emas, balki ochlarni to‘ydirish, yalang‘ochlarni kiyintirishda ekannni tushuntiring. Modaga sarf etnlayotgan har tiyinning Alloh huzurida hisobi, javobi borligini aqllariga joylang.

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 09:28:49

Janoblar, hikoya demang.matal-cho‘pchak deb tinglamang, uyiga haftada go‘sht kirmagan, issiq sho‘rva ichmagan, to‘yib ovqatlanmaydigan qanchalab dindoshlarimiz bor... Biz qish kunlari issiq pech yonida iliqqina o‘tirar ekanmiz, quruq, sovuq qozonlariga ko‘zyoshlari tomgan birodarlarimiz qancha?! O’ylab ko‘rsak, din va axloqiy jihatdan bizdan ko‘p yuksak. Alloh huzurida bizdan sharafliroq qanchalab birodarlarimiz biz qorin to‘qligidan me’damiz bilan mashg‘ul paytlarimiz ochliqdan qiynalayotgan bo‘ladilar.
Muhtaram musulmonlar!
Bilamizki, shunday boylarimiz borki, kunda yuzlab lira foyda ko‘radilar, har kun go‘sht, yog‘ va asalga bo‘kadilar, tag‘in hech narsaga erishmaganidan, xuzur topmaganidan, bir millioni ikki millionga chiqmaganidan shikoyat qilishadi. Bundaylardan muruvvat kutmaymiz. Faqat boy xotinlarining tirnoq bo‘yog‘iga xarjlaganicha pul topish uchun eshikma-eshik yurib odamlarning kirlarini yuvishga majbur bo‘layotganlarni unutmaylik.

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 09:29:00

Ayrilishni istamaganimiz bu dunyodan yolg‘iz kafan bilan birga ayrilar ekanmiz, yonimizdan yaxshiliklarimiz, ibodatlarimizgina joy olishini, oxiratda bizga yeganlarimiz emas, yedirganlarimiz, kiyganlarimiz emas, kiydirganlarimiz foyda keltirishini unutmaylik.
Modomiki, el eshigida tilanchi emas ekanmiz, bunga shukrona o‘laroq, un, o‘tin topolmagan, holini birovga arz etolmaganlarni yo‘qlamasak, yordam bermasak, Allohning so‘roqlariga qanday javob beramiz? Ertaga, qilgan isroflarimizning gunohlari qarshisida ter to‘kib, pushaymon bo‘lmasdan burun o‘zimizga kelaylik, bu xil qashshoqlikning va isrofgarchilikning oldini olaylik.
Husayin xutbasini bitirganda, kishilarning ko‘nglida uyg‘ongan to‘lqinlanish, yuraklarni to‘ldirgan hayajon tuyg‘ulari bu xutbaning odamlarga juda yoqqanidan darak berardi. Ammo xutba tinglovchilarga yoqish uchungina emas, xalqqa ta’sir etish, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun o‘qildi. Shu sababli xutbaning ta’sirini o‘sha kungi tilga tushish, Odilbekni do‘koniga kelib tabriklab ketgan xesh, do‘stu aqraboning e’tibori bilangina o‘lchamoq to‘g‘ri bo‘lmasa kerak.

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 09:29:21

Bundan keyin yonida yarim yalang‘och qizini yoki nabirasini tartnbga chaqiradiganlar bo‘ldimi yoki bo‘ladimi? Xotinini bezatilgan molday yotoq kiyimida namoyishga chiqargan erkaklar bu kimlarga taqlid ekanini tushunib, tushuntiradimi? Bu chirkin harakatlarga barham beriladimi? Yuzlaridagi or va nomus hissini chaplangan bo‘yoqlar hamda upa-eliklar yo‘q qilib yubormaydimi? Davron yana eski davronligicha qolaaersa, u Kun uchun ko‘zlardan tomgan ikki tomchi yosh bilan ikki tomchi suvning farqi qolarmikin?
Jome’ning imomi uni tabrikladi, bir oqsoqol nuro-iy chol quchoqlab, ko‘zlaridan o‘pdi. Jome’dan chiqarkan Husayinning oyoq kiyimini qo‘yarda-qo‘ymay to‘g‘rilagan o‘n sakkiz yoshli yigitning samimiyati-chi?!
— Men o‘qiyolmadim, hech bo‘lmasa bitta o‘qiganning oyoq kiyimini to‘g‘rilash savobidan mahrum bo‘lishni istamayman.
Bu o‘spirinni Husayin tanimaydi. Ammo Fotimaxonim uni uzoqdan bo‘lsa-da ko‘rganda edi, Ismoilning yosh chehrasi, g‘amgan nigohi uning ko‘z o‘ngida namoyon bo‘lardi. Ha, bu yosh yigit o‘sha Ismoil edi. Qarshisidagi o‘zidan ikki yosh kichik Husayin bir zamonlar har yegan tayog‘idan so‘ng ko‘zlarini silab artgan Fotima opasining o‘gay o‘g‘li ekanini bilarmikan? Husayin bu samimiy, azamat yigitga ham o‘z onasi Fotimaxonim mehr-shafqat ko‘rsatganini seza olarmikan? Hatto, Fotimaxonimdan ko‘rgan mehriga shu yigit sabab bo‘lganini kashf etishga imkon bormikin?

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 09:33:42

* * *

Otasi Ismoilni qabristondan topgan kundan e’tiboran uning hayoti yaxshilanishga yuz tuta boshladi, ammo bu bir yilgina — otasining vafotiga qadar davom etdi. Otasi ham onasiday bir uyum tuproqqa aylandi. Sanihaxonim, Ismoil va Salima qoldilar. Uyni idora etish mutlaq Sanihaxonimning hokimiyatiga o‘tdi.
Ismoil otasi topshirgan boshlang‘ich maktabni amallab tugatgan bo‘lsa-da, ota-onali bolalar uchun butunlay yot bo‘lgan qiyinchiliklarga duch keldi. Bitta daftar uchun ham Sanihaxonimdan pul olishni istamaganidan Chorsuda teshikkulcha sotdi, bozordan qaytayotganlarning yuklarini uylarigacha eltib berdi. Shunday yo‘llar bilan tirikchilik qilishga kirishdi.
Maktabda har kun istaganini olib yeydigan boy bolalarining yonida ularday ovqatlanolmas, lekin uzun iztirobli hayot tajribasi o‘zini to‘q ko‘rsatishga majbur etishi shunga o‘xshash turmush kechirganlarga ma’lum.

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 09:34:10

Tanaffuslarda o‘ynab-kulayogan sinfdoshlari orasidan sekin sirg‘alib bir chetga chiqib, mahzuillgini ko‘rsatmaslik uchun ularni tomosha qilganday bo‘lar, aslida onasining qabri tomondan esayotgan shamoldan ko‘ksini to‘ldirib nafas olar, ko‘zlari yoshlanardi. Bu holni ko‘rganlar nechun ko‘zi yoshli ekanini, o‘yinlarga qatnashmayotganini so‘rashardi. Ismoilning ko‘ziga shamol tufayli tuproq kirganmish, shu sababli yoshlanibdi. Balki ko‘rib chiqarish mumkindir». Ayni maqsaddauning ko‘zlariga sinchiklab qaragan sinfdoshi qanchalik tikilmasin, ko‘zida changdan nishon ko‘rmasdi.
Ba’zan uni doim tomosha qilayotgan holda ko‘rgan sinfdoshlari nechun o‘ynamayotganini bilishni istardilar. Javob oddiy: «tomosha qilishni yaxshi ko‘raman, o‘ynamoqni xushlamayman». Ba’zan bir jo‘rasi uni ko‘lidan tutib bog‘chaning boshqa tarafiga olib o‘tardi. Buni qasddan qilmasdi. Shunchaki, aylanish uchun... Lekin Ismoilning bir pasda bog‘ning avvalgi, o‘zi turgan tarafiga o‘tib qolganini bilmay qolardi. Qabriston tarafda laydo bo‘lgan bulutlar unga g‘alati zavq bag‘ishlar, lekin u bu g‘arib zavq tabiatini tushunolmasdi. Maktabdan qaytarkan, har kuni bo‘lmasa-da, g‘amgin qunlarida «qabriston tomondan Chorsuga borish kulayroq ekan», deya aylanib ketgan bu boladagi nozik tuyg‘ularni anglaydigan bormidi? Tashqaridan yuzaki qaraganlarga ko‘lida sumka ko‘tarib maktabdan chiqqan, Tim tagidan o‘tib ketayotgan bir bola. Lekin u qabriston eshigiga yaqinlashishi bilan tomog‘iga tugilgan achchiq tuyg‘ularni, egik boshini, mushtdek, balki g‘unchadek yuragida qo‘zg‘algan hayajon to‘lqinlariyu toshqinlarni va shularning barchasi bir bo‘lib ko‘ksidan ko‘tarilib kelayotgan yig‘ini bosish uchun tishini tishiga ko‘yib turishlarini anglaydigan kimsa bormi?

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 09:34:40

Uning bu holini ko‘rguvchi, bnlguvchi yolg‘iz bir Borliq bor... Har kimning holini bilguvchi, hatto kimsaning o‘zi uchun-da maxfiy bo‘lgan har narsadan xabardor Allohdir. O’zini bu holda ko‘rsa, nimalarnidir sezadigan, uning dardiga hamdard bir inson bor yorug‘ dunyoda... Bu inson shu onda nimalar qilayotgan ekan, o‘zi qay holda ekan? Xabari yo‘q. Oradan shuncha yillar o‘tdi, balki u ham unutgandir? Yoki ko‘rsa tanirmikin? Buni bilmaydi. Lekin Chorsuda, bozorda kezarkan har ayolga e’tibor berar, uni axtarar, qaysi mahallada, qay uyda ekanini bilishni istardi.
Bir kun teshikkulcha sotayotib bir deraza pardasi ortddan ko‘zga chalingan bir bosh uning aqlini shoshirar darajada sevintirdi. O’sha kundan so‘ng boshidagi teshik-kulcha solingan taxta bilan ko‘chadan o‘tayotgan yuz-qo‘li kir kulchachining boshqa sayyoh sotuvchilar kabi baqirib-chaqirmasligi Fotimaxonimning diqqatini nega tortmadi? Eshik oldida o‘ynab yurgan Odilaga teshikkulcha uzatganda olmadi. Balki bu onasi bergan tarbiya sababli, balki sotuvchining yuz-ko‘li qoraligi tufaylidir.
Ismoil nechun o‘zini tanitishni istamadi, aksincha, yuz-ko‘zini tanimas holga solib, o‘sha ko‘chadan o‘tishni afzal ko‘rdi? Buning sababi undagi g‘ariblik, yolg‘izlik tuyg‘usidir. Balki Fotimaxonimdan avvalgi mehrni ko‘rmas... Bu uniumidsiz holga boshlardi. Balki tanisa ichkariga taklif etar, balki kirishini boshqalar istamas va u ham tez-tez kelishdan uyalar?! Holbuki, tanimasdan kelib-ketgan bu ko‘chada unga ahamiyat bergan yo‘q. Yuz-ko‘li kir bir kulchachi... Ha kelibdi, ha ketibdi, Kimning nima ishi bor?!

Qayd etilgan


mutaallimah  21 Oktyabr 2007, 09:36:16

Uning irkitligini ko‘rganlar kulcha yeyish maqsadidan darhol voz kechardilar. Uning esa parvoyi falak. Zotan, u bu taraflarga teshikkulcha sotgani kelayotgani yo‘q-ku... Uning yagona muddaosi deraza oldida o‘tirishini Xudodan yolvorgan bir kimsasining oldidan o‘tib, unga uzoqdan, ikki lahza bo‘lsin boqmoq, unga yaqinlashgach esa bosh egib sekin-sekin uzoqlashmoqdir.
Uning eshigi oldida uymalashishga jasorati yo‘q. Go‘yo tanib, chaqirib qoladiganday. Uning eshigi oldida boshqa ko‘chalarda baqirgani kabi baqirish yo‘q. Balki ovozini bir necha yil oldingi Ismoilning tovushiga o‘xshatib yuborar. Ammo qayg‘uga cho‘mgan kechalari chiqib shundoq qabriston eshigigacha va o‘sha ko‘chagacha kelish, bu kimsasiz ko‘chada kezish, Fotimaxonim bosgan izlardan yurish, Fotimaxonimning oyog‘i tekkan ostona yonida turish, uyquga ketganida uyi oldida qorovullik qilish hollari yo‘q emas edi. Bunga kim nima derdi?! Bormi bunga monelik qilguvchi?!
Bir kun shu ko‘chadan o‘tayotganda o‘zidan kichikroq bir bola tirg‘aldi. Fotimaxonimning qo‘shnisi bo‘lgani uchun uni avf etdi.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 01:51:25

Odilbekning do‘konini bilib oldi. Ko‘p vaqt u yerda «balki uyiga biror narsa berib yuborar», degan umidda aylanib yuradigan bo‘ldi. Keyin Fotimaxonim tanib qolishini o‘ylab bu fikrdan voz kechdi. Boshlang‘ich maktabni sinfda qolmasdan bitirdi. Ammo tirikchilik to‘rlariga bandi etilganidan bundan buyog‘nga o‘qiyolmasdi. Zero, o‘qishni davom ettirish uchun faqat istakning o‘zigina kifoya qilmasdi. Bunnng imkoni yo‘q edi. Na ota-onasi tiriladi, na Sanihaxonim tushunadi. Tushunsa ham o‘qitishni xohlashi gumon edi, Teshikkulcha bilan qorin to‘ydirib bo‘lmaydi, shuning uchun boshqa bir ish qilish kerak degan o‘yda edi.
Bir kosib qarindoshiga shogird tushdi, Uydagi ahvoli bilan solishtirganda, shogirdlik unga unchalik og‘irlik qilmasdi. U yerdan tegadigan bir necha tiyin uning uchun muhim emas. Kasbni yaxshiroq o‘rganish uchun jon holatda tirishar, Sanihaxonimning osilgan qovog‘i, tund vajohatidan kutuladigan kunlarini xayol etib ishga kirishardi. Ustozi namoz o‘qshasa tayoq yeyishini, ish uchun urmasa ham namoz uchun urishini avvaldan ogohlantirgani sababli ibodatni kanda qilmas, ularda ota-onasini duo qilishni unutmasdi. Bu duolar ularga foyda keltirishini, onasining ruhi dunyoda qoldirgan yetimidan borgan hadya bilan sevinishini o‘ylab, bir oz bo‘lsada ko‘ngli rohatlanar edi. Ba’zan orttirgan bir necha chaqasi bilan bir faqirning ko‘nglini olmoqqa chiqar, ota-onasi uchun duo qilishini so‘rardi.
Kunlar shunday o‘tardi. Jome’da Husayinning xutbasini eshitib iztirob cheqdi, havas qildi. Shunday bo‘lmoqni qanchalar istagandi. Balki Fotimaxonimday bir onasi bo‘lganda ana shu xutba o‘qigan o‘zi bo‘lishi ham mumkin edi. Jamoat chiqkuncha kutdi. Husayin oyoq kiyimini olmoqchi bo‘lganda Ismoil avvalroq harakat qilib, to‘g‘rilab qo‘ydi. Bu oyoq kiyimlarga Fotima onasining ham qo‘llari tekkan bo‘lishi mumkin. Zotan, uning o‘g‘li bo‘lishining o‘zi yetarli edi. Unga qilingan xizmat, Fotimaxonimga qilingan xizmat demakdir.

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2007, 01:52:07

* * *

Bolasiga yetarlicha mol-mulk qoldirgan, katta boylik to‘plagan ota o‘zi yaratishga mas’ul bo‘lgan kelajakni ta’minlagan sanaladimi?
Insonning ruh va badandan paydo bo‘lgan bir mavjudot ekanlngini qabul qilgan, uning faqat oddiy bir moddiy borliq emasligini tan olganlar bu savolga ha deb javob berishlari mumkin emas. Oqshom tushgach, hisobsiz mol-mulk ustida boyo‘g‘lidek tunaganlar bunga misoldir. Ammo bolasini qoldirgan moliga, undan ham muhimrog‘i shaxsiga, nafsiga hokim bo‘ladigan odob-axloqqa o‘rgatganlarga e’tiroz yo‘q. Bular zurriyotlari istiqbolini ta’minlash yo‘lida ilk qadam tashlaganlar, ularni borishlari zarur mo‘ljal, manzil sari yo‘llaganlar.
Farzandiga taom yeyish odobini o‘rgatish o‘rniga ovqatni o‘zi yedirib qo‘ygan, velosiped haydashni o‘rgatish uchun go‘dagini velosipedga mindirib qiyaliqdan pastga qo‘yib yuborgan otaning harakatlari qanchalik xato bo‘lsa, mulkni boshqarishni bilmagan bolasini boyligaga boshliq qilib qo‘yish ham shunchalik xatodir. To‘g‘ri, bola yiqilib-turib velosiped minishni o‘rganar, ammo u o‘rgangunicha velosipedning mingulik holi qolmaydi. Otasi qoldirgan boylikdan boshqa hech narsaga ega bo‘lmaganlar xushlarini boshlariga to‘plashlari, qo‘llaridagini sochib-sovurmasliklari uchun yana bir boylikka extiyojmandlarki, bu boylik osongnna qo‘lga kirmaydi. Bu: «Yana kelin bo‘lsam, ro‘zg‘or tutishni o‘rganardim», — deb ikkinchi marta kelin bo‘lishga ko‘z tutgan tul xotinning holatini eslatadi.

Qayd etilgan