Odamiylik o`lmasin  ( 14336 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Foniy  11 Oktyabr 2007, 12:53:34

Assalomu alaykum!
Bugungi kunda jamiyatda ba'zan "unchalik darajada sezilmagan" bir "odat(illat)" uchrab turadi - odamlarga uning mansabi, egallab turgan o'rniga qarab muomala qilish!?. Nahotki odamning hurmati, o'rni uning mansabiga qarab belgilansa? Lekin o'sha odam mansabidan ketgach esa,.. ba'zi hollarda anchagina ayanchli darajada oldingi hurmat-ehtiromlar sezilmagan holda o'z-o'zidan yo'qolib ketadi.
Obro'-e'tiborga faqat mansab sabab emas odamiylik jihatdan ham erishilsa bunga nima yetsin!
Bularga sizning fikringiz qanaqa?

PS: "Bir kuni podshohning yaxshi ko'rgan iti o'lib qolibdi, shunda podshohning ko'nglini so'rash uchun keluvchilarning adog'i ko'rinmasmish, kun kelib podshohning ajali yetib qazo qilgan ekan, buni qarangki bunga uning yaqinlaridan bo'lak hech kim kelmabdi,.."

Qayd etilgan


Muslimа  26 Oktyabr 2007, 07:55:43

Amaldorga

Sizga o’z-o’zidan ochilar eshik,
Sizga o’z-o’zidan berilar salom.
Hatto, istasangiz, istamasangiz,
Sizga o’z-o’zidan keladi taom.

Sizni maqtaydilar, olqishlaydilar,
Yoningizga qo’yib parqu bolishlar.
Endi sho’x kuylarga moyilsiz faqat,
Endi ko’nglingizga yoqmas nolishlar.

Sallona yurasiz, orolar berib,
Poyandozlar soliq qadamingizga.
Boshqalar ming bora chidab beradi,
O’zingiz chidamas alamingizga.

Tabarruksiz derlar, dahosiz derlar,
Siz qimmat, yo’q bebaho derlar.
Asli sizdaylar ko’p bu dunyosida,
Lek sizni yagona tanhosiz derlar.

Yodingizda yo’qdir xalqning bir gap —
Yaxshimas yer qolib, osmonda yurmoq.
Amal deganlari — birov kelguncha,
Amal kursisini amallab turmoq.

Qayta unmog’ini unutmang bir kun,
Maysadek toptalgan, bosilganlarni.
Amaldor deb aytar, dono, mushfiq el,
Amalning doriga osilganlarni.

Guljamol Asqarova
"œUyg’otuvchi alla" she’rlar to’plamidan.


Qayd etilgan


Foniy  17 Dekabr 2007, 10:04:37

Assalomu alaykum!
Iqtibos
Do`stimning degani: "Siz ham meni tashlap ketyapsiz. O`zi udumu shunaqa, odamning omadi ketsa uning do`stlari tashlab ketishadi!" Shundaymikin?! Aziz do`stim, sen yana bir karra yaxshilab o`ylab ko`r. Omading nega ketdi? Chunki omadingdan avvalroq seni do`stlaring tashlab ketdi. Uning ketidan omading ketdi, saltanating ketdi, baxti-iqboling ketdi. Sen o`z omading bilan sarxush bo`lib do`stingning tashlab ketganini sezmading ham. Sen taqdirning inoyati bo`lgan bu zig`irdakkina omadni ko`tara olmading. U sening ko`zlaringni ko`r qildi, fahm-farosatingni, aql-zakovatingni quvvatini oldi. Sen do`st bilan dushmanning, shayton bilan farishtaning, yahshi bilan yomonning farqiga yetmay qolding. Jur'atsiz, ojiz kimsaga aylanding. Do`sting seni bu ko`rgulikdan qutqara olmadi. Chunki sen uni mensimading, qadrlamading, avaylamading. U ketishga majbur bo`ldi va... u bilan omad ketdi, baxt ketdi, zafar ketdi... Manba

Qayd etilgan


Robiya  21 Dekabr 2007, 09:10:29

    Mansab
Mansab degan saltanat,
Ofat tekkan balodir.
Nojinslarni yo’ldan urib,
Ming bir ko’yga soladir.

Yurish turish o’zgachayu,
Do’q — dabdaba o’zgacha.
O’zlaricha gap — so’zlarin,
Mag’zi g’uj —g’uj ma’nodir.

Dunyo foniy xilqatligin,
Unutguvchi bu zotlar.
Xayolida mansab go’yo,
Ayshu kayfu safodir.

Burunlarga xoda yetmas,
Bo’lsa hamki  kalla bo’sh.
Gohi aldov — yolg’onlardan,
Qismatlari qarodir.

Nechun bilmas bilsa sardor,
Oqil, kamtar, kamsuqum.
Mansab uning umrin doim,
Bezatguvchi ziyodir.

Haqiqatu adolatning ,
Yo’li o’gir va lekin.
Oxiratda Haq oldida,
Shular barhaq bahodir.

Ey Baxshulla manmanchi bu,
Mansabdordan qil xazar.
Ko’ngli qoru badbinlarning,
Qilmishlari ro’yodir.

  Baxshulla Rajab

Qayd etilgan


Mahdiyah  08 Fevral 2010, 07:46:54

PS: "Bir kuni podshohning yaxshi ko'rgan iti o'lib qolibdi, shunda podshohning ko'nglini so'rash uchun keluvchilarning adog'i ko'rinmasmish, kun kelib podshohning ajali yetib qazo qilgan ekan, buni qarangki bunga uning yaqinlaridan bo'lak hech kim kelmabdi,.."

Podshohni amali-mansabi sababli itni "eslashibdi"... podshohni "eslashlari" uchun kamida uning o'g'li podshoh bo'lishi kerak edi  :)

Amal vaqtinchalik gap.
Faqat shu vaqtinchalikni kimdurlar bir umrlik dib hisoblashadi...

Odatda amaldor insonlarda haqiqiy do'stlari juda oz bo'ladi...

Qayd etilgan


Rakhmat26  09 Fevral 2010, 23:03:40

Mansab....Mansabdor shaxsga [yaltoqlik]???   ??? Bu psixologik nuqtai nazardan olib qaralganda odamlar mansabdor shaxsga ishim tushganida u bilan oldindan yaxshi aloqada bo`lganim ishimning bitishiga yaxshi yordam beradi      deb o`ylashi orqali sodir bo`ladi.
 Men o`zim ham qishloq joyda kichikroq mansab egasiman (Rahbarman qo`l ostimda 40 ga yaqin oliy ma`lumotli odamlar ishlaydi). Marhamat savollar bo`lsa "mansabdor"ga ( :3 ) bemalol javob qaytarishga harakat qilaman.

Qayd etilgan


Akbarjоn  10 Fevral 2010, 01:18:18

bir ajdar xaqidagi multfilm esimga tushib qoldi

bir mamlakatda ajdar paydo bo'ladi,  u xamma yerni kulini ko'kka sovuradi, elni qiynab katta soliqlar olib turadi
qanchadan qancha mardlar ajdarni yengish uchun uning qasriga kiradi va dom daraksiz g'oyib bo'ladi, yana yana qaytadan soliqlar solinar el esa qiynalib ketardi
ammo o'sha mardlar avlodidan bir bolagina omon qoladi
bir kun u ham ulg'ayib ajdar bilan jang qilishga elini mustabid zulmidan qutqarishga bel bog'laydi, temirchidan qilich oladi, qalqon topadi, hullas qasrga boradi, qasrda ajdarni jangga chorlab chang qiladi, og'ir janglar natijasida o'spirin bola g'alaba qiladi
shunda Qasr eshiklari ochiladi, honalarga kiradi, eshiklardan kirib qarasa xamma honalarda oltinlar, qimmatbaho toshlar to'lla
shunda bo'la ko'zlariga ishonmay oltinlar ichiga otiladi, oltin hissi qalbiga kiradi, undan zavqlanadi, oltinlarni qo'liga olib xizmatchilarni chaqiradi, xizmatchilar kelib Labbay ajdar (!) janobi oliylari deb kelishadi
bola esa hayron, qanaqa ajdar, men uni yengdimku de u yoqdan bu yoqqa qariydi yana ajdar bormikan debm shunda ko'zi oynaga tushadi, o'zini aksini korib qorqib ketadi, chunki endi o'zi ajdarga oltinlarga xirs qo'ygan oltinlar qo'riqchisi bo;lgan ajdarga aylangan edi.

Biz ham shu ajdar kabi bo'lib qolishimiz mumknigini o'ylab ko'rylik
qanchadan qancha bizdan ko'ra oqilroq donoroq kishilarni boylik mansab pora tuman kab ko'zlarini bo'g'lab qo'ygan
vaholangki ularning aqli ongi kerak bo'lsa dunyoqarashi biznikidanda ko'proq yuksakroq
Tobora amal pog'onasidan yuqoriga chiqqani sari odam nafsini yoki iymonini gapiga tobora ko'proq quloq sola boshliydi
barchamizni iymonimiz gapiga vijdonimiz ohiga quloq soladiganlardan qilsin

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Fevral 2010, 23:58:21

Men o`zim ham qishloq joyda kichikroq mansab egasiman (Rahbarman qo`l ostimda 40 ga yaqin oliy ma`lumotli odamlar ishlaydi). Marhamat savollar bo`lsa "mansabdor"ga ( :3 ) bemalol javob qaytarishga harakat qilaman.

Savol bo'sa savolda?
Siz boshliq ekansiz... insonda turli vaziyatlar bo'lib turadi?
Deylik ishchi asosli sabab bilan ishga kemadi, ishini vaqtida bajara olmadi, lekin sizga sababini ayta olmaydi qanday yo'l tutasiz?
Bu xol ko'p takrorlansachi?

Qayd etilgan


Muslima.bgm  12 Fevral 2010, 13:37:59

Yana bitta savol, qo'l ostingizda yosh bolali ayol ishlasa. Farzandi tufayli boshqa ishchilarga qaraganda 2 soat qisqartirish(2 soat oldinroq ketish) xaqida kelishsa, shunday ayolni ishlagani ruhsat berarmidingiz Oyligiga ta'sir qilmay?

Qayd etilgan


Rakhmat26  12 Fevral 2010, 23:32:08

Deylik ishchi asosli sabab bilan ishga kemadi, ishini vaqtida bajara olmadi, lekin sizga sababini ayta olmaydi qanday yo'l tutasiz?
Birinchi savolga javob: Qanday sababligiga bog`liq. Lekin ko`pincha "sabablar" doimo uchrab turadigan holat. Basabab hech kim ishdan qolmaydi. Ish birinchi navbatda. Aytolmaydigan sabab???.. Hmmm..Bilmadim, uni tushinishga harakat qilardim, lekin bu boshqa xodimlar nazarida "yon bosish" bo`lib tuyulmasa.

Qayd etilgan