3. Ehtilom. Ya’ni uyqudan uyg‘onganda kiyimi yo badanida maniy yoki maziy ko‘rmog‘i.
Insondan uch xil suyuqlik keladi: maniy, maziy va vadiy. Maniy hukmi yuqorida o‘tdi. Maziy shunday suyuqlikki, u er kishi o‘z ayoli bilan hazillashganda, o‘ynashganda keladi, ammo kelgani bilinmaydi. Rangi oq, maniydan ko‘ra suyuqroq bo‘ladi. Uyg‘oq holda kelsa, tahoratni buzadi, ammo g‘usl vojib bo‘lmaydi. Uyquda kelsa, maniy bo‘lishi ehtimolidan g‘uslni vojib qiladi. Agar kishi tush ko‘rsa-yu suv ko‘rmasa, g‘usl vojib bo‘lmaydi. Lekin tush ko‘rmasa ham, uyg‘onganda kiyim yoki badanida maziy yo maniy asoratini, ya’ni namni topsa, g‘usl qiladi. Hadisi sharifda: "œAl mou bil moi", ya’ni g‘usl suvni ko‘rishdandir, deb marhamat qilingan.
Vadiy ham shiralik bo‘lib, ba’zan peshobdan keyin keladi. Tahoratni ketkizadi, ammo g‘uslni vojib qilmaydi.
ESLATMA: mujomaatdan so‘ng, g‘usldan oldin biroz uxlamoq yo sayr qilmoq yoki peshob qilish zarur. Agar mazkur uch amaldan birortasini qilmasdan darhol g‘usl qilsa va g‘usldan so‘ng qolgan maniy kelsa, qaytadan g‘usl qilish vojib bo‘ladi. Ammo mazkur harakatlardan birortasini bajargandan so‘ng g‘usl qilsa-yu keyin qolgan maniy kelsa, buni maziyga haml qilib, qaytadan g‘usl qilmaydi. Bu hukmlar erkak va ayollar uchun barobar.
4-5. Hayzdan va nifosdan poklanish uchun g‘usl qilish vojib bo‘ladi.