Ona ham duo qilishga haqliroq. Chunki Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "œOnaning duosi tez ijobat bo‘ladi", dedilar. Ashobi kirom so‘radilar: "œNima uchun shunday, yo Rasulalloh?" Rasuli akram: "œChunki ona otaga nisbatan mehribonroqdir. Rahmli va mehribonning duosi bekor ketmaydi", deb javob berdilar.
Ota-ona farzandlarini aslo duoibad qilmasin, qarg‘amasin. Chunki ularning xayrli duolari kabi, qarg‘ishlari ham tez ijobat bo‘ladi. Agar shunday bo‘lib qolsa, Alloh asrasinki, farzand badxulq, badkirdor bo‘ladi. O‘z navbatida, farzandlar ham ota-onalarining ranjishlariga, noroziliklariga, qarg‘ishlariga sabab bo‘ladigan amal va harakatlardan astoydil tiyilishlari lozim.
Rivoyat qilishlaricha, bir kishi Abdulloh ibni Muborak huzurlariga kelib, o‘g‘lining beodob va badkirdorligidan shikoyat qildi. Abdulloh ibni Muborak so‘radilar: "œUni duoibad qilganmiding?" U kishi tasdiqlab, bosh silkidi. Shunda hazrat: "œSen o‘zing uni buzib qo‘yibsan", deb u kishini malomat qildilar. Otaning nasihat, ta’limu tarbiyasi farzandga ta’sir qilmoq uchun, avvalo, o‘zi ham solih bo‘lmog‘i lozim.