Bahriddin Umrzoq. Soliha ayollar  ( 65295 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 10 B


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:05:26

Robiya Adaviyya
(quddisa sirruho)


Basralidir. Sufyoni Savriy uning ziyoratiga borar va ba’zi masalalarni undan so‘rar edi. Duosini esa ko‘p g‘animat deb bilar va rag‘bat ko‘rsatar edi.

Bir kuni Sufyoni Savriy odatdagidek Robiyani ziyoratiga kelib, uning huzurida qo‘llarini duo uchun ko‘tarib: "œYo Rabb! Sendan salomat (lik) tilayman" deb duo qildi. Buni eshitgan Robiya yig‘ladi.

Sufyoni Savriy:
— Seni nima yig‘latdi? — deb so‘radi.
— Meni sen yig‘latayapsan.
— Qanaqasiga?
— Bilmaysanmi, axir, dunyoda salomatlik dunyoni tark qilish bilangina bo‘lur. Sen esa, ey Sufyon, dunyoga berilibsan.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:05:44

*  *  *

Robiya Adaviyyaning so‘zlaridan:

"œHamma narsaning mevasi bor. Ma’rifatning mevasi esa Alloh taologa tavajjuhdir."

"œAllohga istig‘forimdagi kamchiligimdan tavba qilurman."

Bir kuni undan so‘radilarki:
— Haq taoloning yaqinligiga vasila bo‘lgan eng ustun narsa nima?
U shunday deb javob berdi:
— Bandaning dunyoda va oxiratda Undan boshqasini do‘st tutmaganligini bilmog‘idir.

Bir kuni Sufyoni Savriy uning huzurida: "œOh, naqadar mahzunman", deganida, Robiya:
— Yolg‘on gapirma! Agar sen haqiqatan mahzun bo‘lganingda edi, hayotdan hech bir lazzat olmas eding, — deb javob bergan.
Robiya: "œMendagi g‘am dardli va g‘ussali bo‘lganim uchun emas, balki dardsiz va g‘ussasiz  bo‘lganim uchundir", derdi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:06:11

Lubobatul Mutaabbida
(quddisa sirruho)


Quddusi sharifdan edi. "œHaq taoloning meni (o‘zidan) boshqasi bilan mashg‘ul ko‘rmog‘idan uyalaman", derdi. Bir kishi undan:
— Hajga ketyapman, u yerga borganimda qandoq duo qilay? — deb so‘radi.
— Allohdan sendan xushnud bo‘lmog‘ini, seni xushnud kishilarning maqomiga yetkazmog‘ini va do‘stlari orasida majhul holga keltirmog‘ini tilagin, — deb javob berdi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:06:30

Maryamul Basriyya
(quddisa sirruho)


Basralik, Robiya Adaviyya bilan suhbatlashgan, uning xizmatida bo‘lgan edi. Robiyaning vafotidan so‘ng bir muddat yashagan, ko‘pincha muhabbat haqida gapirar va shu mavzudagi so‘zlarni eshitganida o‘zini yo‘qotar, behush bo‘lar edi. Maryam Basriyya muhabbat bahs qilinayotgan bir majlisga kirib kelganida o‘t pufagi yorilib jon bergani naql qilingan.

U: "œOsmonda sizlarning rizq­ro‘zlaringiz va sizlarga va’da qilingan narsa (jannat) bordir" (Vazzoriyot, 22), oyatini eshitganimdan buyon rizq uchun aslo g‘am yemadim, uning talabiga hech bir mashaqqat, qiyinchilikka ham tushmadim" degan ekan.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:06:54

Rayhonai Voliha
(quddisa sirruho)


Robiyya Adaviyyaning qarindoshi edi. Uning suhbatidan bahramand bo‘lgan. Rayhona qirq yil boshini xam tutgan — ko‘kka qaramagan. Kunduzlari ovqat yemas, kechalari esa uxlamasdi. Unga: "œNafsingga ko‘p aziyat beryapsan" deyishganda, u: "œHecham undoq emas. Men kecha uyqusini kunduzga ko‘chirdim, kunduzgi yeyish-ichishni esa kechaga, mana shu xolos", deb javob bergan.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:07:07

Uqayratul Obida
(quddisa sirruho)


Basralik edi. Muozai Adaviyya bilan suhbatlashgan. Shu qadar yig‘lar ediki, umrining oxirida ko‘zi ojiz bo‘ldi. Bir kishi unga: "œKo‘rmaslik naqadar yomon!" deganida, u shunday deb javob qaytardi: "œAlloh taolo bilan o‘rtamda parda bo‘lmog‘i  undan ham yomon. Qalbimning ko‘r bo‘lib, buyruqlaridagi murodini tushunmasligi esa, yomondan yomon".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:07:37

Sha’vona
(quddisa sirruho)


Eronlik edi. Eyla (viloyati)da yashar, chiroyli ovoz va xush nag‘malar bilan va’z qilar, she’rlar o‘qir edi.Obid, zohid va ko‘ngil sohibi bo‘lgan odamlar uni tinglagani kelishardi. Sha’vona Allohdan haqiqiy qo‘rqadigan, o‘zi yig‘laydigan va boshqalarni ham yig‘latadigan mujohada qobiliyatiga ega ayol edi. Unga: "œShunchalik ko‘p yig‘laysanki, ko‘r bo‘lib qolishingdan qo‘rqamiz" deyishganida, u bunday degan:
— U yoqda jahannam azobida ko‘r bo‘lguncha, bu yoqda ko‘p yig‘lashlikdan ko‘r bo‘lsam, men uchun yaxshiroqdir.

Bir gal u:
— Sevgilisi visoliga yetishishlikdan mahrum qolib, muttasil uni ko‘rmoq umidida bo‘lgan ko‘zga yig‘idan boshqa narsa yarashmaydi, — degan edi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:07:52

Naql qilinishicha, u shunday bir g‘am-g‘ussaga g‘arq bo‘lganki, hatto namoz va ibodatlarni ado qilolmay qolgan. Bir kuni uyquda ekanida birov kelib unga quyidagi she’rni o‘qibdi:

Madad qil marsiyang­la ko‘z yoshingga,
Ki, shifo bo‘lur huzun ahlining ohi.
Izlab (diydorin) g‘ayrat qil namozu ro‘zaga,
Mana shudir toat ahlining rohi.


Shundan keyin u qayta toatga qaytdi. Bu baytlarni tarannum qilib ham o‘zi yig‘lar, ham yonidagi boshqa ayollarni yig‘latardi.

Aytishlaricha, qariganida Fuzayl ibn Iyoz uning huzuriga kelib, duo qilishini so‘ragan, Sha’vona shunda:
— Ey Fuzayl! Men duo qiladigan bo‘lsam, Haq taolo bilan o‘rtangda bu duoning qabul bo‘lishi uchun vasila bo‘ladigan (duo qabul bo‘lishiga arzigulik) bir nima (yaxshi bir ish, amaling) bormi? — degan.

Fuzayl ibn Iyoz bu so‘zlarni eshitib bir na’ra otib, hushdan ketib yerga yiqilgan.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:08:21

Kurdiyya
(quddisa sirruho)


Basrali va ahvazlik edi. Sha’vonaga xizmat qilgan.
 
Shunday naql qilinadi: "œSha’vonaning xizmatida edim, bir kecha uxlab qolibman. Oyog‘i bilan tepib, aytdi: "œTurgil, ey Kurdiyya! Uyqu joyi bu yer emas, qabrdir".

Undan so‘radilar:
— Sha’vonaning suhbatlarida qanday barakotlar topding?
— Uning suhbatlaridan bahramand bo‘lganim ondin e’tiboran dunyoni aslo do‘st tutmadim, rizq uchun aslo qayg‘urmadim, talab xususida dunyo ahlidan hech kimsani nazarimda ulug‘ ko‘rmadim, musulmonlardan hech birini xor ko‘rmadim.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:08:34

Hafsa binti Siyrin
(quddisa sirruho)


Ulamoyi kiromdan Muhammad ibn Siyrinning singlisidir. Zuhd va taqvoda akasiga o‘xshardi. Ajoyib va g‘aroyib hol, karomatlarga sohib edi.

Aytadilarki, bir kecha uyida bir mash’ala yoqdi, turib namoz o‘qidi. Bir payt mash’ala so‘ndi (o‘chib qoldi), ammo uy ichi tonggacha yorug‘ bo‘lib turdi.

Qayd etilgan