Bahriddin Umrzoq. Soliha ayollar  ( 65278 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:13:27

Ummu Muhammad
(quddisa sirruho)


Shayx Abu Abdulloh ibn Xafifning volidai muhtaramasidir. Obida va qanoatli xonimlardan edi. Abu Abdulloh ibn Xafif bilan dengiz yo‘li bilan hajga borgan. Bu obida ayolning mukoshafa (kashfu karomatlari) va mujohada (riyozatlari) juda ham ko‘p.

Aydilarki, Shayx Abu Abdulloh ibn Xafif ham Ramazon oyining oxirgi o‘n kunida tunlarini ibodat bilan kechirardi. Qadr kechasi kelganida tomga chiqib namoz o‘qir edi. Ana shunday bir kecha uning onasi uy ichida Haq taologa mutavajjih (sidqu ixlos bilan yuzlangan holatda) o‘tirgan edi. Tuyqus qadr kechasining fayz va nuri zohir bo‘la boshladi. Shunda "œMuhammad, bolajonim! Qaerdasan? Sen u yerda izlayotgan narsa bu yerdadir", deya ovoz berdi. Shayx tomdan pastga tushdi va porlab jilvalanayotgan nurlarni ko‘rib, volidasining oyoqlariga o‘zini otib o‘pdi, yig‘lay boshladi.

Shayx (Abu Abdulloh ibn Xafif) keyinchalik shunday degan: "œMen onamning qadru qiymatini ana o‘shanda yana bir karra bilib olganman".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:13:53

Fotima binti Abu Bakr al-Kattoniy
(quddisa sirruho)


Bir kez Samnun Muhib muhabbat haqida gapirayotgan edi. Fotima uning so‘zlarini tinglab o‘tirganlar orasida edi. Toqat keltirolmay jon berdi. U bilan birga yana uch kishi jon taslim qildi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:14:14

Fidda
(rahmatullohi alayho)


Shayx Abu Rabiy Molikiy (rahmatullohi alayh) shunday deb aytgan: "œBir qishloqda soliha bir ayolning holini eshitgan edim. Uni mashhur qilgan karomatini ko‘ray deya ziyoratiga borishga orzumand bo‘ldim. Bu soliha ayolning nomi Fidda (kumush) edi. U yashayotgan qishloqqa kelganimizda uning bir qo‘yi borligini, undan sut va asal sog‘ib olishini aytishdi. (Do‘kondan) ikkita kosa sotib oldik va uning oldiga bordik. Salom bergandan so‘ng: "œSening shu qo‘ying bilan aloqador narsani (ya’ni sut va asal berishini) o‘z ko‘zlarimiz bilan ko‘rishni xohlayapmiz", dedik. Qo‘yini olib keldi. Kosalarga o‘zimiz sog‘ib ichdik. Haqiqatan asal va sut edi. "œBuning sababini aytgin", dedik. Aytdiki: "œBizning bir qo‘yimiz bor edi va faqirona hayot kechirgan kambag‘al bir oila edik. Bir bayram kunida solih zot bo‘lgan erim: "œBu qo‘yni qurbonlik qilamiz", deb qoldi. Men: "œYo‘q, rozi emasman. Chunki biz kambag‘almiz, qurbonlik qilishimiz shart emas. Axir, bu qo‘yga ehtiyojimiz borligini Alloh bilib ko‘rib-turibdi", dedim. O‘sha kuni tasodifan erimni ziyoratiga bir mehmon kelib qoldi. Shunda (noiloj) men erimga: "œMehmonni izzat-ikrom qilishga majburmiz. Mayli, boring, qo‘yni so‘ying. Lekin bolalarimiz ko‘rmaydigan bir yerda so‘ying, ko‘rib qolib yig‘lashmasin yana"¦" dedim. Erim qo‘yni qurbonlik uchun so‘ygani yetaklab, devor ortiga borganida, bir qo‘yning nogahon hovli devoridan otilib ichkariga kirganini ko‘rdim. Men "œqo‘y qochdi, shekilli", deb o‘yladim. Tashqariga chiqdim. Erimni qo‘yning terisini ajratayotganini ko‘rib, hangu mang bo‘lib qoldim. Unga ko‘rganimni aytib berdim. U "œhoynahoy, mehmonni izzatu ikrom qilganimiz uchun ham Xudoim bizga o‘z qo‘yimizdan yaxshiroq qo‘y bilan mukofotladi", dedi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:14:35

Ayol so‘ngra bizga shunday dedi: "œEy o‘g‘lim! Shuni yaxshi bilgilki, bu qo‘y muridlarning qalbida o‘tlaydi: agar ularning qalblari xush va tirik bo‘lsa, buning suti ham xush va sof, mazali bo‘ladi. Agar ularning ko‘ngli buzuq, rasvo bo‘lsa, buning suti ham bemaza, yomon bo‘ladi. Bundan so‘ng sizlar ham qalbingizni xush tuting".

Imom Yofiy (rahmatullohi alayh) aytadiki: «U ayol aytgan muridlardan murod uning eridir. O‘z erining kimligini (naqadar qalbi pokligini) yashirish va muridlarni ham ko‘ngil pokligiga tashviq niyatida umumiy qilib gapirdi. Aslida mana bunday demoqchi bo‘lgan: "œBizning (men va erimning) ko‘nglimiz xush, pok bo‘lsa, yonimizdagi narsa ham xush, ozoda bo‘lur. Sizlar ham yoningizdagilarning xush bo‘lishi uchun qalblaringizni xush tuting".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:15:05

Sirriy Saqatiyning shogirdi bo‘lgan ayol
(quddisa sirruho)


Sirriy Saqatiy hazratlariga murid bo‘lgan bir ayol bor edi. O‘g‘li muallimdan dars olardi. Ustozi bir gal u bolani tegirmonga yubordi, bola suvga tushib cho‘kib ketdi. Muallim Shayx Sirriy Saqatiy hazratga xabar yuborib, ahvolni tushuntirdi. Sirriy hazrat: "œQani, turinglar, birga u bolaning onasi oldiga boramiz", dedi va bordilar. Shayx Sirriy Saqatiy sabr haqida gapirdi, so‘ng rizodan so‘z ochdi. Shunda ayol so‘radi:
— Bu so‘zlar bilan nimaga ishora qilmoqchisiz, ey ustoz!
— Bolang suvga cho‘kib ketibdi.
— Mening bolammi?
— Ha.
— Aslo, Alloh bunday qilmagan!

Shayx Sirriy yana sabr va rizodan gapira boshladi. Ayol:
— Yuringlar men bilan birga, — dedi. Hammalari birga tegirmonga quyiladigan irmoq labiga borishdi.
— Mening bolam bu suvning qaeriga cho‘kib ketdi? — deb so‘radi. Ko‘rsatishdi.
— Muhammad! Bolam"¦ — deb chaqirdi.
— Labbay, onajon!

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:15:29

Ayol ovoz kelgan joyga sho‘ng‘idi va bir pasda o‘g‘lini qo‘lidan tutib olib chiqdi. Hamma hayratdan yoqa ushladi: o‘g‘li o‘lmagan, soppa-sog‘, tirik edi. Ayol bolasini yetaklab uyiga ketdi.

Shayx Sirriy Saqatiy Shayx Junayd huzuriga borib, bu ishning asrorini so‘radi:
— Bu nima hol, qanday qilib? Tushuntirib bering! — dedi.

Junayd hazratlari bunday deb javob berdi:
— Bu ayol Haq taolo unga vojib qilgan hamma narsani o‘z vaqtida, talab qilinginidek bajarar edi. Bunday kishining hukmi shulki, o‘ziga taalluqli har hodisa, albatta, unga bildiriladi. Unga o‘g‘lidan ajralganligi bildirilmaganligi uchun "œo‘g‘ling cho‘kib ketdi" deganni darhol rad qildi va qat’iy: "œAslo, Alloh bunday qilmagan!" dedi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:15:51

Tuhfa
(quddisa sirruho)


Sirriy Saqatiy (quddisa sirruh) hikoya qiladi: "œBir kecha uyqum qochdi, tahajjuddan ham mahrum qoladigan darajada iztirobli va behuzur bo‘ldim. Bomdod namozini o‘qigach, bu iztirob va behuzurligimdan qutilaman degan o‘y bilan tashqariga chiqdim. Aylandim. Ammo hech foyda bermadi. So‘ng dardmandlarni ko‘rib achinar, ibrat olar, shu tariqa tasalli olarman deya ruhiy shifoxonaga bordim. U yerga kirdimu, ichim yorishdi, ko‘nglim tinchlandi, rohat topdim. Nogahon, u yerda benihoya go‘zal, yoshgina joriya (qiz)ni ko‘rib qoldim. Qimmatbaho kiyimlar kiygan. Undan dimog‘imga shirin, ajoyib bir xush bo‘y urildi. Yuzi go‘zal, chehrasi ochiq, chiroyli ko‘rinishi bor edi. Qo‘llari va oyoqlari bog‘langandi. Meni ko‘rib ko‘zlari porlab, sevinchga to‘ldi, bir miqdor she’r o‘qidi. Shifoxona egasidan bu qizning kimligini so‘radim. "œDevona bo‘lib qolgan bir joriya, — dedi u. — Xo‘jayini, zora aqli kelib qolar degan umidda qo‘l-oyog‘iga zanjir taqib, bu yerga olib keldi". Joriya uning so‘zlarini eshitar ekan, bo‘g‘zida tugun bo‘lgan yig‘isini ko‘zlarida yosh bilan aritdi va mana bu baytlarni o‘qiy boshladi:

"œEy, odamlar! Men majnun emasman,
Mastman, ammo qalbim uyg‘oq!
Begunoh bo‘lganim holda qo‘llarimni bog‘ladingiz,
Birdan bir gunohim — bor kuchim bilan Uni sevmoq.
Va bu da’vo yo‘lida xor-zorlikka tayyor bo‘lmoq.
Maftun bo‘lganman men bir sevimli yorning sevgisiga.
Uning eshigidan uzoq rohat-farog‘atli bir yer xohlamasman.
Menga foyda qilar deb o‘ylaganlaringiz zararim, xolos.
Mendan qaytarayotganingiz narsada men uchun najot, hurlik bor.
Oliylar oliysini yaxshi ko‘rsam, yomonmi?!.
Zero, gunohlardan panoh so‘rab Unga sig‘inurman!"

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:16:15

Uning bu so‘zlari menga qattiq ta’sir qildi, yuragim to‘lib, yig‘lab yubordim.

Joriya qiz ko‘z yoshlarimni ko‘rib:
— Ey Sirriy! — dedi. — Sen eshitganlaring bois ko‘z yoshlaringni to‘xtata olmading. Bordi-yu, buni (ya’ni, haqqa oshiqlik dardini) chini bilan anglab yetsang, unda holing nima bo‘lur?!

So‘ng u bir muddat o‘zini yo‘qotdi. O‘ziga kelgach, unga dedimki:
— Ey joriya!..
— Nima deysan? Gapir"¦
— Meni qaerdan bilasan?
— Uni (Haqni) taniganimdan buyon johillik menga begona.
— Muhabbat haqida so‘ylading, eshitdim. Kim ekan u sevgiling?
— Lutf qilib O‘zini bizga tanitgan, hadyalar ehson qilgan, qalblarga yaqin bo‘lgan va duo qilgan kishining duosini ijobat qilguvchi Zot.
— Seni bu yerga kim qamab qo‘ydi?
— Ey Sirriy! Buning uchun hasadchilar bir-biriga yordam qilishdi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:16:43

Shundan so‘ng qiz shunaqangi na’ra tortdiki, men uning joni chiqib ketdi, hayot shami so‘ndi, deb gumon qildim. Bir payt o‘ziga kelib, sohib bo‘lib turgan holiga munosib bir necha bayt o‘qidi. Shifoxona egasidan uning qo‘l-oyoqlarini banddan xalos qilishini so‘radim. U rozi bo‘ldi. Men joriya qizga yuzlanib:
— Qaerga xohlasang, borgil, — dedim. U:
— Qandoq keta olurman, ey Sirriy? Qalbim sevgilisi meni o‘z qullaridan biriga qul qilib bergan. Agar xo‘jayinim rozi bo‘lsa, ketaman, aks holda, sabr qilurman.
— Bu joriya, Allohga qasamki, mendan aqlliroqdir, — dedim.

Shu choq uning xo‘jayini kirib keldi. Qo‘riqchidan Tuhfa (joriya qiz)ning qaerdaligini so‘radi. Qo‘riqchi: "œIchkarida, uning oldida Sirriy bor", dedi. Xo‘jayin bundan xursand bo‘lib, oldimga keldi, mendan hol-xotir so‘radi, hurmat-ehtirom ko‘rsatdi. Men:

— Shu joriyaga hurmat ko‘rsatsang, bu menga bo‘lgan ehtiromingdan ko‘ra ulug‘roq bo‘lur. Nega buni bog‘lab, bu yerga keltirding?" — dedim.
— Bunga sabab ko‘p, — dedi u. — Aqlini yo‘qotib qo‘ygan. Yemaydi, ichmaydi, uxlamaydi, bizga ham uyqu bermaydi. Ko‘p o‘y-fikrga toladi, ko‘p yig‘laydi. Holbuki, u mening birdan bir mulkim, xolos"¦ Butun mol-mulkimni sotib, yigirma ming dirhamga sotib olganman. San’atkorlikda tengi yo‘q edi, san’atidan foyda ko‘raman deb umid qilgan edim.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:17:33

— Qo‘lidan nima ish keladi?
— Mutriba (qo‘shiqchi va sozanda)dir.
— Qachondan buyon qiz bu dard bilan bemor.
— Bir yildan beri.
— Undan oldin qandoq edi?
— Udni qo‘liga olib chalar va mana bu baytlarni kuylar edi:

"œQasamki, doimo ahdimga sodiq qoldim,
To‘xtatilganimda ham parvo qilmadim.
Qalbim bus-butun vajd bilan to‘liq,
Qanday bo‘lsin zavqim, tasallim, sukunatim?
Ey, men uchun o‘zidan boshqa Mavlo bo‘lmagan!
Ko‘ryapmanki, meni odamlar orasiga qul qilib qo‘yding".


Bir kuni bu baytlarni aytib bo‘lgach, turib udini mayda-mayda qildi va yig‘lay boshladi. Biz uni birortasiga oshiq bo‘lib qolibdi, deb aybladik. Ammo keyin bilsak, undoq emas ekan.

Qayd etilgan