Keyin u shunday dedi:
— Vallohi, men hayronman. Habibim Fotiha surasini mening xizmatimga berib qo‘ygan. Shunga qaramay qasamki, Fotiha surasini meni sevgilimdan aslo to‘sgani, uzoqlashtirgani, menga parda bo‘lgani yo‘q.
Shuningdek, Ibn Arabiy hazratlari yozadi: "œBiz uning huzurida o‘tirgan edik. Keksa bir ayol keldi. Bir shaharning nomini aytib, erining bir ayolga uylanish uchun u yerga ketganini aytdi. Ibn Arabiy u ayoldan:
— Siz eringizning ortga qaytishini xohlaysizmi? — deb so‘radi.
— Ha, shuni xohlayman.
Men Fotima ayaga yuzlanib:
— Onajon, bu ayolning nima deganini eshitdingizmi? — dedim.
— Sen nimani xohlaysan? — dedi.
— Ayolning ehtiyoji ravo bo‘lsa, erining qaytarilishini xohlayman, — dedim.
— Juda yaxshi, darrov Fotihani yuboray va bu ayolning erini keltirishni unga buyurayin.
Fotihani o‘qiy boshladi. Men ham u bilan birga o‘qidim va bildimki, o‘qigani Fotihadan moddiy bir surat bino etdi va "œEy, Fotihatul-kitob!.. Falon shaharga borib bu ayolning erini olib kel va uni keltirmaguncha qaytma!" deya yubordi.
Fotihani yuborgan vaqt bilan ayolning eri kelgan vaqt orasida u qadar bir masofani bosib o‘tish mumkin bo‘lgan bir zamon o‘tmadi.