Bahriddin Umrzoq. Soliha ayollar  ( 65264 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 B


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:25:58

So‘ng yo‘lga tushdi. Daryoning bir chekkasida u boshqa chekkasida biz ketib borardik. Tun bo‘lgach, ko‘kdan bir dasturxon indi. Unda olti yufqa (patir, qatlama) bilan sirka hamda ko‘katlar bor edi. Joriya: "œMenga va mehmonlarimga ikrom qilgan Allohga hamd bo‘lsin. Har tun menga ikki yufqa tushardi, bu kecha har birimizga ikkitadan yufqa tushdi", dedi. Keyin uch ko‘za suv tushdi, ichdik. Yer yuzidagi suvlarga o‘xshash bir ta’mi va lazzati bor edi. Undan so‘ng o‘sha kecha joriya bizdan ajraldi.

Makkaga kelganimizda tavof asnosida shayx Adiyyga tajalli voqe’ bo‘ldi va o‘zidan ketib yiqildi. Hatto ba’zilar uni o‘lganini ham aytishdi. Nogahon haligi joriyaning Adiyyning boshi tepasida turgan holatda: "œSeni o‘ldirgan seni tiriltirsin!" deganini ko‘rdik. "œAlloh shunday ulug‘dirki, hodisalar faqat Uning xohishi, irodasi bilan qoim, sifatining zuhuri oldida koinot faqat Uning yordami bilan qaror topur. Hatto Uning qudsiyat nurlari aqlning ko‘zini ko‘rmaydigan qilur, Uning go‘zalligining xushbo‘y isi ulug‘ kishilarning zehnini to‘xtatib qo‘yur".

Shundan so‘ng menga tajalli voqe’ bo‘ldi. Ichimda bir ovoz eshitdimki, oxirida menga bunday der edi: "œEy Abdulqodir! Insonlarning manfaati uchun zohiriy tajridni tashla, tavhid va tafridga yopish. O‘zingni xalqing foydalanishiga qo‘yib ber. Bizning xos qullarimiz bor va ularni sening vositang bilan yaqinlik (qurb) sharafiga yetishtirmoq xohlarmiz".

Birdan u joriya aytdiki: "œEy yigit! Bugun nima bo‘ldi, bilmayapsanmi, sening boshing ustida nurdan bir chodir qurilgan, to ko‘klarga qadar farishtalar sening doirangda gir aylanyapti. Barcha avliyoning ko‘zi (nazari) o‘z maqomlarida turib senga qadalgan. Va hammalari ham senga berilgan bu maqomni orzu qilishmoqda"¦" Shundan keyin joriya ketdi, qayta uni ko‘rish menga nasib bo‘lmadi".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:26:27

Isfahonlik ayol
(quddisa sirruho)


Shayx Abdulqodir Giyloniyning (quddisa sirruhu) muridlaridan biri hikoya qiladi: "œBir kun minbar ustida Shayxga istig‘for voqe’ bo‘ldi. Sallasining o‘rami ochilib ketdi. Uning o‘zi bundan bexabar. U yerdagilarning hammasi shayxga ergashib toqiya va sallalarini minbar poyiga otdi. Shayx eski holatiga qaytib ma’ruzasi tugagach, sallasini tuzatdi. Menga parda (o‘ram) va toqiyalarni qayta o‘z egalariga berishimni aytdi. Men xuddi aytganlarini qildim. Minbar poyida bir tulband (yopinchiq) qolgan, egasi ko‘rinmasdi. Shayx uni o‘ziga olib berishimni aytdi, berdim. Uni yelkasiga tashladi va tulband o‘sha lahzada g‘oyib bo‘ldi. Men hayratlar ichida qolgan edim. Shayx minbardan tushgach, menga shunday dedi: "œIsfahonda bizning bir singlimiz bor. Majlisdagilar sallalarini otishgach, u ham tulbandini otdi. Men uni yelkamga qo‘yganimda, singlim Isfahondan qo‘lini uzatib, tulbandni (yoping‘ichini) oldi"".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:26:47

Eronlik ayol
(quddisa sirruho)


Shayx Najibuddin Ali ibn Buzdush aytadiki: "œBir paytlar Gulpayagon shahridan bir ayol Sherozga kelgan edi. Vaqti­vaqti bilan meni ziyorat qilardi. Xabardor (qalb ko‘zi ochiq) bir ayol edi. (U paytlar) qo‘lim bir oz kalta (daromadim oz) va u bu holimni bilardi. Uyimda ikkita ombor bor edi. Agar Alloh oziq-ovqatdan arpa, bug‘doy kabi bir nima bersa, o‘sha omborlarga qo‘yar edim. Hozir esa ular bo‘m-bo‘sh edi. Narsa kelguncha toza-ozodagina tursin deya eshiklarini yopgan edim. U ayol bu omborlarning ichida arpa-bug‘doy bor deb o‘yladi va menga:
— Modomiki qo‘ling kalta — daromading yo‘q, nochor ahvoldasan, unda nega shu omborlardagi narsalardan foydalanmaysan?
— Ular bo‘sh, qup-quruq.
— Unda nega ularni yopib qo‘ygansan?
— Toza tursin deya.

Ayol turib omborlarning eshiklarini ochdi va shunday dedi:
— Bular yopiq bo‘lgani uchun bo‘m-bo‘sh. Agar ochiq tursa, och va ochiq bo‘lgan og‘izday bo‘lishadi. Haq taolo esa u og‘izning rizqini yuboradi. Ehtiyoj oni kelganida, hamma narsaning rizqini yana o‘ziga munosib bir narsadan yetkazadi. Bu omborlarning rizqi ekindir. Qorinlari bo‘sh ekanligi ma’lum bo‘lishi bilan ekin va yemish bilan to‘ladi.

U ayol bu ishni qilgach (ya’ni, bu so‘zlarni aytgach), Haq taolo darhol shu qadar bug‘doy yubordiki, u ombor bo‘lmalarining hammasi to‘ldi. U ayol Alloh taoloning valiylaridan biri edi".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:27:18

Sulayma
(quddisa sirruho)


Xoja Abdulloh as-Samarqandiy hazratlarining nevarasi Xoja Muhammad Qosim hikoya qiladi: "œOnasi bilan birga yetti yoshli bir joriya sotib oldim. Nomi Sulayma edi. Bolaligidan kashf uzra edi (hol sohibi edi). Yetti yil men bilan birga bo‘ldi, bir lahza ham unga g‘aflat kelganini ko‘rmadim, g‘aflat unga tamoman begona edi. Ko‘pincha yig‘lar edi. Odamlar uni devona deb o‘ylashar edi. Menga benihoya vafodor va sodiq edi. Holini mendan yashirmas, men tashqarida kim bilan hamrohlik qilsam, hamsuhbat bo‘lsam, u bularning hammasini birma-bir aytib berardi. Doim mujohada uzra uyg‘oq va hushyor edi. Bir narsani o‘rganishni, bilishni xohlaganimda u uyquga ketganida so‘rar edim. Aniq va lo‘nda qilib dona-dona javob berardi. Shu bilan birga uyqusini buzmas, uxlardi. Uyg‘ongach, mendan uzr so‘rar va:
— Ey sohibim! Mening devonaligimni bilasiz. Aybga buyurmang"¦ — derdi.

Bir kun uni ozod qilgim keldi. Yalvorib yig‘ladi, qabul etmadi.
— Unda seni uylantiray (erga beray), — dedim.
— Lutf va ehsoningni darig‘ tutma, meni pardalama (Rabbim bilan oramizga parda, to‘siq tushirma), — dedi.
— Qanaqasiga bu parda bo‘lsin?

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:27:30

— Alloh xususida mening senga so‘ngsiz muhabbatim (hurmat-ehtiromim) bor (muhabbat filloh). Bu muhabbat mendan bir lahza ham ayrilmas. Siz meni ozod qilgudek bo‘lsangiz, unda siz menga bir begona va nomahram bo‘lursiz. Agar meni boshqasiga nikohlasangiz, unda muhabbatim nomahramga (meni nikohiga olgan kishiga) bo‘lur va Haqdan pardalanurman.

Bir kun hammomdan kelgach, ho‘ng-ho‘ng yig‘ladi.
— Senga nima bo‘ldi?.. Javob ber! — deb uni gapirishga majbur qildim.

Aytdiki:
— Bugun hammomda odam haddan ziyod ko‘p edi. Kimga qaramay, bari Haqni bilishdan mahrum edi. Haqdan ogoh biron kishini ko‘rmadim. Hammalarini qattiq g‘aflatda, murdadil ko‘rdim, shunga yig‘layapman"¦

U o‘n to‘rt yoshda ekan vafot qildi (quddisa sirruho)".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:28:00

Antepli Muborak xola

Bahriddin ibn Safar an-Nuriy aytadi: "œMeni Rum diyorida bir xonadon sohibi oilam bilan birga bir necha hafta mehmon qildi. Ittifoqo, o‘sha kunlari Antep tomonlardan bir keksa onaxon ham mehmon bo‘lib keldi va bir necha kun shu xonadonda qoldi. Men uning yuzini ko‘rolmadim, lekin ovozini bir necha marta eshitdim. Qizig‘i shundaki, bu onaxon kelgach, uylar xushbo‘y, muattar hid bilan to‘ldi, hatto xolo ham. U xotinimga shifo bo‘lsin deb (xotinim bir oz betob edi) suvga dam urib berdi: bu suv mushku anbar hidli, muattar islik bo‘lgan edi, biz bu suvdan qona-qona ichdik va ko‘p hayratlarda qoldik.

Aytadilarki, bu ayol uch bor og‘ir amaliyot (operatsiya)ni boshidan kechirgan, amaliyot asnosida ham zikrullohdan to‘xtamagan ekan. U bir kunda to‘xtamay, necha yuz minglab lafzi jalol (Alloh) zikrini aytar va deyarli uxlamas ekan.

Bu Muborak xola zamonasining qutbul-aqtobi Mahmud As’ad Jo‘shan ibn Najotiy Chanoqqal’aviy (quddisa sirruhu) hazratlarining muridi edi"¦"

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:28:16

Imom Buxoriyning volidai muhtaramalari
(quddisa sirruho)


Duosi maqbul, obida va soliha ayol bo‘lgan. G‘oyat parhezkor va taqvo sohibasi bo‘lgan va eri kabi aslo harom va shubhali luqma yemaganligi naql qilinadi. Ikki o‘g‘li bilan hajga borgan.

Naql qilinishicha, Imom Buxoriy tug‘ilganida ko‘zlari ojiz bo‘lib tug‘ilgan va onalari bundan ko‘p qayg‘urgan, Haq taologa duolar qilib, yig‘lab-yig‘lab uxlab qolgan. Tushida Ibrohim alayhissalomni ko‘rgan. Ul zot unga bunday deganlar:
— Ey Ummu Muhammad! Qayg‘urmagil, Haq taolo bolaning ko‘zlarini duoing va iltijong sabab qaytarib berdi.

Onaizor quvonib uyg‘ongan va qarasaki, haqiqatan, go‘dakning ko‘zlari ko‘ra boshlabdi. U bu ne’matning shukronasiga Yaratganga ko‘p hamdu sanolar, duolar qilgan. Aytadilarki, duosi maqbullik Imom Buxoriyga volidai muhtaramasidan merosdir. Imom Buxoriy (rahmatullohi alayh) shundoq deganlar: "œMen umrimda Yaratgan Egamga ikki bor duo qildim va duom qabul bo‘lganini ko‘rgach, bu imkoniyatdan faqat bu dunyoda foydalanishdan uyaldim. Musulmon bo‘laturib duosi maqbul insonlardan bo‘lmaslik kishi uchun, albatta, aybdir"¦"

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:28:38

Imom Buxoriy (rahmatullohi alayh) uch yoshda yetim qolgan. Onalari olima va zohida ayol bo‘lgan. Imom Buxoriyga homilador bo‘lgan chog‘larida to ko‘zlari yoriguncha har uch kunda bir marotaba Qur’oni karimni xatm qilganlar, qorii murattaba bo‘lganlar.

Bir rivoyatga ko‘ra sakkiz ming, boshqa bir rivoyatga ko‘ra o‘n uch ming hadisni yod bilganlar.

Imom Buxoriy ilk hadisni onalaridan ta’lim olgan va yodlaganlar.

Imom Buxoriy go‘daklik chog‘larida ko‘zlari ko‘rmay qolganida onalari ul zotni Xudo yo‘liga, din xizmatiga baxshida (nazr) qilganlar va muborak haj safaridan so‘ng Imom Buxoriyni Madinai Munavvarada qoldirganlar va bu bilan o‘z va’dalari — "œnazr qilaman" degan so‘zlariga vafo qilganlar.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:28:47

Qorasoch Ona
(quddisa sirruho)


Piri Turkiston Ahmad Yassaviy (quddisa sirruhu) hazratlarining volidai muhtaramalari. Soliha, obida, orifa ayol bo‘lgan. Muborak qabri Sayramdadir. Xoja Ahmad Yassaviy, ul zotning otasi Ibrohim Ota va qorasoch Ona qabrlari ziyoratidan ko‘p ulug‘ fayzlar, nurlarga ega bo‘linadi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:29:08

Anbar ona
(quddisa sirruho)


Zangi Ota (quddisa sirruhu) hazratlarining zavjai muhtaramasi. "œRashahot" asarida zikr qilinishicha, Zangi ota Anbar Onaning iltimos va so‘rovlarini aslo yerda qoldirmagan. Zangi otaning bir necha muridlari Anbar onaning iltimosi bilan ul zotning qutlug‘ nazariga tushishgan va hol sohibi, sohibi irshod kishilar bo‘lib yetishishgan. Anbar ona soliha, obida, g‘oyat parhezkor va pokiza ayol bo‘lgan. Muborak qabri Zangi ota mozori yaqinidadir. Amir Temur har ikkisining qabri ustida chiroyli maqbara bino qildirgan.

Qayd etilgan