Bahriddin Umrzoq. Soliha ayollar  ( 65279 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 B


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:29:23

Oti noma’lum bir ayol
(quddisa sirruho)


Hazrati shayx Abu Bakr Abu Varroq Termiziy (quddisa sirruhu) ayturki: "œMakka yo‘lida borardim. Bir xotin yayov hajga ketar edi. Mendan so‘radi:
— Ey yigit! Sen kimsan?
— G‘aribman, — dedim.
— Hijozga ketyapsan, — Alloh sen bilandir. Alloh sen bilan bo‘lgach, g‘arib bo‘lurmisanki, Haq unsiyati (do‘stligi, yaqinligidan) shikoyat qilayapsan? — dedi.

Xotinning bu so‘zidan ko‘p mutaassir bo‘ldim, otimni aytmoqqa toqatim qolmadi. G‘oyibdan bunday bir ovoz eshitdim: "œTila, bizdan ne tilarsen?" "œIlohi, meni miskinlik maqomida qo‘ygaysen, bechoralik va xorlik bergaysankim, mening balo chekmoqqa toqatim yo‘qdir", dedim".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:30:16

Oti noma’lum bir ayol
(quddisa sirruho)


Boyazid Bistomiy (quddisa sirruho) hazratlaridan so‘radilar: "œShayxingiz kim?" Aytdi: "œBir xotindir". "œNe vajh ila? (Qanaqasiga?)" — dedilar. "œBir kuni vajd va tavhid shavqi bilan sahroda ketar edim. Bir xotinga duch keldim. Bir qop uni bor edi. "œShuni eltgin", dedi. Mening kuchim yetmas, deb bir arslonga ishorat qildim, qopni unga yukladim. Ammo karomatim izhoridan qo‘rqib, xotinga dedimki: "œBozorga yetgach, kimni ko‘rdim deysan?" "œZolim va ra’no (o‘ziga bino qo‘ygan) Boyazidni ko‘rdim", degayman". "œNega?" dedim. "œBu arslonni Alloh yuk uchun yaratdimi? Nega unga yuk yuklatursan? Sen istaysanki, shahar xalqi sening arslonga yuk ortganingni ko‘rsinlaru, seni sohibi karomat desinlar, shundaymi? Ey Boyazid! Bu ishing zolimlik va o‘ziga bino qo‘yishlik emasmi?" "œOre, zolimlik va o‘ziga bino qo‘yishlik", deb yig‘ladim. Tavba qildim".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:30:55

Shayx Hotami Asom hazratlarining xotini
(quddisa sirruho)


Hotami Asom hazratlarining xotini soliha va karomati zohir bir ayol edi. Bir kuni Hotam hazratlari g‘azotga ketmoqchi bo‘lib, ayoliga:
— Men to‘rt oylik safarga ketyapman. Shu to‘rt oylik muddatga qancha nafaqa istaysan? — deb so‘radi. Ayol:
— Tirik qolishimga yetgulik nafaqa qoldiring, — dedi. Hotami Asom:
— Tirikliging va o‘liming mening qo‘limda emas, Haq taoloning qo‘lidadir, — dedi. Shunda ayoli:
— Undoq bo‘lsa, mening rizqim ham sizning qo‘lingizda emas, Haq taoloning qo‘lida, — dedi.

Hotami Asom bu so‘zni xush ko‘rdi va ayolini duo qildi.
Qo‘shni xotinlar kelib, "œNega eringdan nafaqa so‘ramading?" dedilar. Ayol javoban:
— Erim ham men kabi rizq yeguvchidir, beruvchi emas, — dedi.

Hotami Asom hazratlari g‘azotda bir kofir bilan urushar ekan, kofir Hotami Asomni yerga yotqizib, pichoq urmoqchi bo‘lib turganida, Hotami Asom o‘z xotinining o‘q otib, kofirni o‘ldirganini ko‘rdi. Va shu zahoti ayoli ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:31:22

Oti noma’lum boshqa bir ayol
(quddisa sirruho)


Ma’rifat ilmida sulton qutbul-zamon Shayx Zunnun Misriy (quddisa sirruhu) suv bo‘yida tahorat olar ekan, narigi tarafdagi bir ko‘shkning derazasidan qarab turgan — ajib liboslar kiygan go‘zal bir ayolga ko‘zi tushdi.

"œKimsan?" degan edi, uning so‘zidan taajjublangan go‘zal: "œEy Zunnun! Seni uzoqdan ko‘rib, eslik olim degan edim. Yaqinga kelib menga qarading, gap-so‘zlaringni eshitdim. Dali (devona), johil bir kishi ekansan. Haqni bilmas ekansan!" dedi. Zunnun: "œTo‘g‘risini aytsam, bu so‘zlaringni tushunmadim", dedi. Ayol: "œDali bo‘lmasa eding, yerga tahoratsiz oyoq bosmas eding; olim bo‘lsang eding, nomahram yuziga boqmas eding; agar orif bo‘lsang eding, ko‘zing boshqa yoqda bo‘lmas edi"¦" dedi va ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:31:33

Makkalik kelinchak
(quddisa sirruho)


Shayx Muhammad Zohid Qo‘tqu (quddisa sirruhu) aytadiki: Makkai Mukarramada eshitganim va o‘qiganim bir hodisani qisqacha naql qilay: "œHijratning 200 yilida Xuroson taraflarga kelgan bir mujohidlar qo‘shinidan — nomini unutdim — bir yosh ayolning eri ham shahid bo‘lgan. Bu xabarni eshitib ayol ko‘p qayg‘urgan. Bir kecha u tushida erini shahid birodarlari bilan birga nihoyatda go‘zal bir chamanzor yerda ovqatlanayotgan holda ko‘rgan. Eri ham xotinini ko‘rib, uni dasturxon qoshiga chaqirgan. Ayol borib noz-ne’mat to‘la dasturxondagi ovqatdan bir luqma olib yegan va shu asnoda uyg‘ongan. Shundan so‘ng bu ayol o‘ttiz yil yashagan, ammo dunyo noz-ne’mat, ovqatlaridan aslo totmagan. Uning bu holiga ishonmagan va hayratlangan ba’zi ulug‘lar ayolni qamab qo‘yib, qo‘riqchi tayin qilganlar. Oylarcha kuzatishlardan shu narsa ma’lum bo‘lganki, ayol yemasa-ichmasa ham, sihat-salomatligiga, kuch-quvvatiga zarracha zarar kelmagan".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:32:01

Istanbullik ayol
(quddisa sirruho)


Shayx Mahmud As’ad Jo‘shon ibn Najotiy Chanoqqal’aviy "œMuvaffaqiyatning yo‘li va shartlari" asarida yozadi:

"œAlloh taolo rahmat qilsin, qabrida nur ichida yotsin, otamning do‘sti, soqoli oppoq, yuz yoshdan o‘tgan Muhammad Amaki degan muborak bir odam bo‘lar edi. Vatan urushi qatnashchisi, ko‘ksida qahramonlik nishoni, qo‘lidan tasbehi tushmas, duoli, boshi xam, kamtar-kamsuqum, go‘zal axloqli, ishni saranjom sarishta, durust qiladigan shirin so‘zli, haqiqiy bir mo‘min edi. Madinai Munavvarada menga shu odam haqida quyidagilarni aytib berishdi:

Xotini og‘ir betob bo‘lib, vafot oni yaqinlashar ekan o‘z eridan:
— Hazrat, mendan rozi bo‘ling! — deb rozi-rizolik so‘rab yalinibdi.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:32:12

Muhammad Amaki ham:
— Xotinjon! Oltmish yillik turmushimizda sen meni hech xafa qilmading, gapimni yerda qoldirmading, bordi-yu biron-bir haqim bo‘lganida ham sendan roziman"¦ — debdi.

Oltmish yil birga yashab bir-birlariga ozor bermagan, urishmagan, bir-birining hurmat-izzatini o‘rniga qo‘yaolgan bu muborak oilani bir ko‘z oldingizga keltiring.

Muhammad Amaki o‘z qarindoshlariga shunday degan: "œAyolim, rahmatli, mehru vafoli, sadoqatli bir xotin edi"¦ Vafotidan keyin ham ikki yil sahar chog‘i tushimga kirib, meni namozga uyg‘otdi"¦"

Ko‘p qiziq va ibratli boshqa bir ajib voqea esa quyidagichadir:

Muhammad Amaki ayoli vafot etganidan keyin yana bir marta hajga kelgan. Ehromini o‘rab, Ka’bai Musharrafani tavof qilayotganida, oldiga ayoli kelgan va ikkovi gaplasha-gaplasha Ka’batullohni tavof qilishgan. Tavofdan so‘ng Muhammad Amaki ko‘nglida o‘z-o‘ziga:
"œE-e! — debdi. — Axir, xotinim vafot qilgandi-ku!.." O‘girilib qarasa, xotini yo‘q, g‘oyib bo‘libdi".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:32:43

Volidai Xoja Alouddin G‘ijduvoniy
(alayhirrohma)


Xoja Ubaydulloh Ahror aytur edikim, hazrati Xoja Alouddin G‘ijduvoniy (alayhirrohma) aytdi:

"œMen o‘n olti yoshda edim, Amir Kalon Voshiyning mulozamatlariga bordim. Ul zot meni zikri xufya (qalb zikri)ga mashg‘ul etdi va ko‘b mubolag‘a qildikim, bu zikr usulini shundoq pinhon saqlagilki, ahlu ayol, yaqinlaring, suhbatdoshlaring bilmasinlar. Bordi-yu xabardor bo‘lsalar ham, sen bildirmay yana bu qalb zikrida davom qil". Necha vaqtlar bu tariqa mashg‘ul bo‘ldim va azim riyozatim bor edi. Chekkan riyozatlarim yuzimdin ma’lum edi. Bir kun onam menga aytdiki: "œSen bemorsanu mendan buni yashiryapsan. Yuzingdan ko‘rinib turibdi". Men: "œBemor emasman", dedim. Onam aytdi: "œEy bolam, agar darding nimaligini aytmasang, bergan sutimga rozi emasman". Noiloj qissamni sharh etib aytdim, vazifam zikri qalbiyni ham ma’lum qildim. Onam darhol bu zikr va tariqatga moyillik bildirdilar va nafyi isbot zikri*ga mashg‘ul bo‘ldilar. Men bu voqeadan hayratlarda qoldim va "œajabo, to‘g‘ri qildimmi aytib yoki noto‘g‘ri qildimmi?" deya iztirob chekib, Xoja Amir Kalonning yonlariga bordim. Onam bilan bo‘lgan voqeani bayon qildim. Amir Kalon hazrat aytdilarki: "œBiz sizning onangizga ijozat berdik, bu tariqqa mashg‘ul bo‘laversinlar".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:32:53

Necha vaqtlar onam bu tariq bilan mashg‘ul bo‘ldi.

Bir kun ukam sahroga ketgan edi, onam meni chaqirib, buyurdilarki: "œQozonni pokiza yuv va suv to‘ldirib, isitgil".

Aytganlarini qildim. Shundan so‘ng onam u suv bilan tahorat qilib, ikki rak’at namoz o‘qidilar. Keyin meni yonlariga ulturg‘izub aytdilar:

"œO‘g‘lim, tariqqa (qalbiy zikrga) mashg‘ul bo‘lgil".

Aytganlarini qildim. O‘zlari ham zikrga mashg‘ul bo‘ldilar. Va bir soatdan so‘ng jon taslim qildilar"¦"

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:36:24


Qayd etilgan