Bahriddin Umrzoq. Soliha ayollar  ( 65239 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 10 B


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:01:27

7. Alisher Navoiyning "œNasoimul muhabbat" asari. Unda Abdurahmon Jomiy tilga olgan ayol valiylargina zikr qilingan.

8. Xoji Muhammad Zihniyning "œMashohirun niso" nomli asari. Unda mashhur ayol so‘fiylarning hol va hayotlaridan so‘z yuritiladi, zuhd, ibodat va tasavvufiy hayotga ishtiyoqmand ayol avliyolar haqida to‘g‘ri, batafsil va ajoyib ma’lumotlar bayon qilinadi.

9. Umar Rizoning "œA’lamun niso" (I-V) nomli asari. Unda Hoji Muhammad Zihniy hazratning asarini boyitgan holda, sharh va ilovalar bilan muhim ma’lumotlar berishga harakat qilingan.

Tasavvufiy manbalar mutolaasi chog‘ida hozirgacha yig‘ib kelayotganim ayol avliyolarning hol va hayotlari haqida ma’lumotlarning bir qismini siz aziz o‘quvchilar e’tiboriga havola qilmoqqa jazm etdim. Kelgusida to‘liq va batafsil "œAyol avliyolar" tazkira kitobini tayyorlash orzu-havasida Yaratuvchimizning rahmat-mag‘firati ilinjida kattayu kichik kitobxonlarimiz duolaridan umid qilib, "œSoliha ayollar" kitobi chop qilinmoqda. Tavfiq Allohdandir.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:01:56

Sahoba ayollar

Agar anbiyo va sahobalar hamda ahli bayt zikrini qilar bo‘lsak, har birlari uchun bir kitob bitmoq lozimdir. Tabarrukan Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi va sallam) ahli baytlaridan boshlarmiz...

Har kimki Payg‘ambarimiz hazratlariga iymon keltirsayu, ul zotning ahli baytiga va avlodlariga iqrori yo‘q esa, ul kishi Muhammad Mustafo (sallallohu alayhi va sallam) hazratlaridan yiroqdir.

Ahli baytni sevgani uchun Imom Shofe’iy (raziyallohu anhu) hazratlarini "œrofiziy" dedilar va zindonga tashladilar. Va ul zot shul ma’noda lutf etganki: "œChin haqiqatni yaxshi bilki, dunyo va oxiratning podshohi faxrul mursaliyn janobimiz Muhammad Mustafo (sallallohu alayhi va sallam), ul zotning ahli baytlari va barcha ashobi kiromidir. Payg‘ambar (sallallohu alayhi va sallam) yoronini ul zotning o‘rinlarida ko‘rgaysan va ashoblari bilan ahli baytlarini ul zotning maqomida bilgaysan, barchalariga jonu dildan muhabbat qo‘ygaysan, toki iymoning durust bo‘lib, sunniylar (ahli sunnat val jamoat aqidasi va mazhabi mansublari)dan bo‘lgaysan".

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:02:08

Imom A’zam Abu Hanifadan so‘radilar: "œPayg‘ambar (sallallohu alayhi va sallam) hazratlarining yoronlaridan va ahli baytidan qay birisi yuksak?" Aytdilarki: "œUlug‘lardan Abu Bakr Siddiq va Umarul Foruq, yigitlardan hazrati Usmon va hazrati Ali, ayollardan Oisha va qizlardan Fotima, raziyallohu anhum ajma’iyn".

Hazrati Rasululloh janobimiz (sallallohu alayhi va sallam) bir kecha Bishr Hofiy hazratning tushiga kirib, bunday dedilar: "œEy Bishr! Haq taolo muqarrab bandalari orasida seni nechun aziz tutganini bilasanmi?" "œBilmasmen, yo Rasululloh", dedi Bishr. Rasuli Akram janobimiz: "œSunnatlarimga rioya etding, qarindoshlaringga nasihat qilding, ahli baytimni sevding, ana shuning uchun", dedilar.

Biz ham bu cheksiz, go‘zal lutfi ilohiydan umid qilgan holda, mahbubi azal va abad Hazrati Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi va sallam) ahli baytlari va ayollar zikrini boshlaymiz. Haq taolo lutfi inoyatini, tavfiqini rafiq qilsin!..

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:02:36

Hazrati Xadicha
(raziyallohu anho)


Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi va sallam)  hazratlarining ilk zavjai muhtaramalari. Tadbirkor, aqlli, pokiza, diyonatli ayol bo‘lgan. Ayollardan eng birinchi bo‘lib, Rasulullohning (sallallohu alayhi va sallam) payg‘ambarliklarini tasdiq qilgan va darhol iymon keltirgan zoti muhtaramadir. Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi va sallam) og‘ir damlarida o‘zlariga ko‘rsatgan hamdardligi, cheksiz mehru vafosi, dinu diyonati uchun hazrati Xadichadan (r.a.) rozi bo‘lganlar va vafotidan keyin ham eslab, davomli duoi xayr bilan ruhi poklarni shod qilib turganlar.

Oisha (raziyallohu anho) rivoyat qiladilar: "œMen Janob Rasulullohni Xadichadan rashk qilganchalik hech bir ayoldan rashk qilmaganman, chunki ul zot Xadichani ko‘p eslab, ko‘p maqtar edilar".

Jannatda Xadicha uchun shakarqamishdan qasr bunyod qilib qo‘yilganini uning o‘ziga bashorat qilmoqni Alloh taolo janob Rasulullohga vahiy qilgan edi (Imom Buxoriy rivoyati).

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:03:03

Fotimai Zahro
(raziyallohu anho)


Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoning (sallallohu alayhi va sallam) suyukli qizlari. Jannat mujdasi berilgan ayollardan. Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi va sallam) hazratlari: "œFotima jannat ayollarining malikasidir", deb bashorat qilganlar. Sabr-bardoshli, mehnatkash, kamtar, kamsuqum, obida, soliha va orifa ayol bo‘lgan.

Misvar ibn Mahrama rivoyat qiladi: "œJanob Rasululloh minbarda turib: "œHishom ibn Mug‘ira qabilasi ahli o‘z qizini Ali ibn Abu Tolibga bermoqchi bo‘lib, mendan izn so‘radi. Men ruxsat bermayman, keyin ham, undan keyin ham ruxsat bermayman, faqat Ali Ibn Abu Tolib qizimni taloq qilib, ularning qiziga uylanishni istasagina ruxsat beraman! Chunki qizim mening bir bo‘lagimdir, uni shubhaga solgan narsa meni ham shubhaga soladi va unga aziyat yetkazgan narsa menga ham aziyat yetkazadi!" dedilar" (Imom Buxoriy rivoyati).

Hazrati Fotimaning toat ibodatlariga — namoz va ro‘zalariga aslo nuqson yetmagan, ibodatlarni o‘z vaqtida chiroyli ado qilgan. Hazrati Fotimaning holi hayoti qiyomatgacha muslima ayollar uchun o‘rnak va ibratdir.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:03:14

Ali (ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu) rivoyat qiladilar: "œFotima yorg‘uchoq qo‘llarini qavartirib, azob berayotganidan shikoyat qilib hamda o‘ziga bir xizmatkor so‘rash maqsadida Nabiy (sallallohu alayhi va sallam) huzurlariga kelib edi, ul zotni topmadi. Keyin shu haqda Oishaga tayinlab aytdi. Oisha janob Rasululloh kelganlarida Fotimaning iltimoslarini yetkazdi. Janob Rasululloh uyimizga keldilar, biz uxlab yotgan edik. Men o‘rnimdan turmoqchi bo‘lib edim: "œQimirlama!" dedilar. So‘ng ikkalamizning o‘rtamizga (ko‘rpaning etak tomonidan) kirib o‘tirdilar, hatto men ko‘kraklarimga tegib turgan oyoqlarining sovuqqotib ketganini his qildim. Keyin bizga: "œBir xizmatkorga ega bo‘lmog‘ingizdan ko‘ra yaxshiroq amalni sizlarga o‘rgataymi? O‘ringa yotganingizda 33 marta "œAllohu akbar", 33 marta "œSubhanalloh" va 33 marta "œAlhamdulillah" deb aytinglar, bu sizlar uchun bir xizmatkorga ega bo‘lmog‘ingizan ko‘ra yaxshiroqdir!" dedilar".

Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi va sallam) hazratlarining kasal onlarida hazrati Fotima otalarining yonlarida yig‘lab o‘tirardi. Shunda Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi va sallam) qizlarining qulog‘iga ikkita so‘z aytganlar. Birinchisida hazrati Fotimaning yig‘isi ortgan, ikkinchisini eshitib esa yig‘idan to‘xtab, sevingan. Bir oz vaqt o‘tib buning boisi so‘ralganda, hazrati Fotima bunday javob bergan:

— Birinchi safar qulog‘imga "œQizim, men bugun aniq vafot qilaman", dedilar. Yig‘i va huzunim ortdi. So‘ng ikkinchi safar aytdilarki: "œKo‘p qayg‘urma! Mana shu hozir bo‘lib turganlar ichida eng birinchi bo‘lib menga sen yetishursan". Buni eshitib ko‘nglim taskin topdi, sevindim.

Hazrati Fotimaning vafoti Payg‘ambarimiz (sallallohu alayhi va sallam) vafotlaridan olti oy so‘ng voqe’ bo‘ldi. Raziyallohu anho.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:03:44

Hazrati Oishai siddiqa
(raziyallohu anho)


Payg‘ambarimiz Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) hazratlarining zavjai mutahharalari. Abu Bakr Siddiqning (r.a.) o‘rtancha qizlari.

Hazrati Hishom otalaridan naql qiladilarki: "œRasululloh (sallallohu alayhi va sallam) Oishaga (raziyallohu anho) olti yashar qizchalik paytida uylanib, to‘qqiz yoshga yetganida qo‘shilganlar. U janob Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) bilan birga to‘qqiz yil yashagan" (Imom Buxoriy rivoyati).

Hazrati Oisha (r.a.) Abu Hurayradan (r.a.) keyin eng ko‘p hadis rivoyat qilgan roviydir. Shu bilan birga, Madinai Munavvaraning eng ma’lum va mashhur yetti faqihidan biri bo‘lgan.

Oisha onamiz (r.a.) bunday deydi: "œRasululloh (sallallohu alayhi va sallam) vafot etmaslaridan oldin betob bo‘lgan kezlarida ikki "œQul a’uzu"ni o‘qib, o‘zlariga o‘zlari dam solar edilar. Dardlari og‘irlashib, hollari qolmagach, ul zotga men o‘zim dam solar edim. Shunda barakali bo‘lsin uchun (ikkala qo‘llariga - kaftlariga dam solib,) o‘z qo‘llari bilan o‘zlarini silar edim" (Imom Buxoriy rivoyati).

Hazrati Oisha (r.a.) Qur’oni karimdagi bir necha oyati karimaning nozil bo‘lishiga bevosita sababchi bo‘lgan. O‘zlari tayyorlab, doimiy o‘qib yurgan Mushafi shariflari hozirgacha saqlangan. Raziyallohu anho.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:04:02

Ummu Zufar
(raziyallohu anho)


Ato ibn Abu Raboh rivoyat qiladilar: Ibn Abbos (r.a.): "œSenga bir jannati ayolni ko‘rsataymi?" dedi. Men: "œHa", dedim. Ibn Abbos: "œMana shu qora tanli ayol", dedi. O‘sha xotin Rasulullohning (sallallohu alayhi va sallam) huzurlariga borib: "œMen (ichda yel to‘plangani bois) goho xushimdan ketib, goho o‘zimga kelib turaman. Alloh taologa iltijo aylab, meni duo qiling, dardimga shifo bersin!" dedi. Janob Rasululloh: "œIstasang, sabr-toqat qilgin, jannatga kirursan, istasang, duo aylay, Alloh taolo senga shifo  ato etgay", deb javob qildilar. Ayol: "œYaxshisi, sabr qilganim afzal, duo qiling, dardimdan forig‘ bo‘lmay!" deb aytdi. Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) duo qildilar.

Ato ibn Abu Raboh Ibn Yazidga bunday deydi: "œMen Ummu Zufarni ko‘rganman, u novcha, qora tanli ayol bo‘lib, o‘shanda Ka’baning devoriga suyanib turgan edi" (Imom Buxoriy rivoyati).

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:04:44

Ayol avliyolar

Er so‘fiylarning martabalariga erishgan soliha, obida, orifa ayollar

"œFutuhot" asarining muallifi Ibn Arabiy (q.s.) bu asarining yetmish uchinchi bobida so‘fiy zotlardan bir qismining hol tarjimalarini zikr qilgach, quyidagi satrlarni yozgan: "œBiz "œrijol" nomi bilan zikr qilgan bu kishilarning hammasi ham "œer so‘fiylar" emas, balkim bir qismi "œayol sufiyalar"dir. Ammo er so‘fiylar ko‘pchilikni tashkil qiladi". (Shuning uchun er (rijol, mard) atamasi ko‘proq qo‘llaniladi.)

Bu toifaning biridan so‘radilar:
— Abdol necha kishi?
— Qirq nafsdir.
— Nimaga qirq er demayapsiz?
— Chunki oralarida xonim, ayol valiylar ham bor, shuning uchun.

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 06:04:59

"œTabaqotus-so‘fiyya" muallifi shayx Abu Abdurrahmon as-Sulamiy orifa va obida ayollar haqida alohida bir asar yozib, ayollar sufiya ahvollaridan ko‘p so‘z yuritgan hamda ularning bu hollarini sharhlagan.

So‘fiy zotlardan biri shunday deydi:

Aytganimdek bo‘lsa agar ayollar,
Rijolga fazilatda nima shubha bor?
Muzzakkarlik emas oy uchun hech iftixor,
Muannaslik bois quyoshga hech kelmas or.


(Arabchada oy er (muzakkar) jinsiga oid, quyosh esa ayol (muannas) jinsiga oiddir.)

Qayd etilgan