Haj va umra ibodatlari (Haj va umra qiluvchilar uchun duolar kitobi)  ( 100175 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:21:19

Men sendan gunohkor bandalaringning eng badbaxti qilmasligingni so‘rayman. Ey olamlarning Rabbisi, Mavloyim, Sendan umidvorlarning ichidagi noumid bo‘lishlikdan, rahmatingdan orzumandlar ichidagi mahrumlardan bo‘lib qolishlikdan, bu ulug‘ mavze’dan qaytayotganlarning ziyonkorrog‘i bo‘lib qolishlikdan, panoh so‘rayman. Allohim, O‘zing o‘rgatganingdek duo qildim, menga bildirganing bu rajodan meni mahrum qilmagin. Ey toat manfaat bermaydigan, ma’siyat zarar bermaydigan Zot. Mening yaxshi ko‘rgan narsamdan menga ato etganing ashyolarni Sen yaxshi ko‘rgan narsalar yo‘lida men uchun yordamchi qilgin va uni men uchun yaxshilik qilgin. Men uchun toatingni va u bilan amal qilishlikni xuddi amallarining savobini ko‘rgan avliyolaringga uni sevdirganingdek sevdirgin. Allohim, meni Islomga hidoyat qilganingdek, uni mendan to Sening huzuringga u bilan borgunimcha yechib olmagin.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:21:25

Allohim, menga iymonni sevdirgin va qalbimda uni ziynatlagin. Menga kufrni, fisqni, ma’siyatni yomon ko‘rdirgin va meni to‘g‘ri yo‘lda yuruvchilardan qilgin. Allohim, kelajagimizni xayriyat bilan tamomlagin. Va fazling bilan orzularimizni haqiqat qilgin. Va rizoingga yetishish uchun yo‘limizni oson qilgin, hamma holatlarda ham amallarimizni chiroyli qilgin. Ey cho‘kayotganlarni qutqaruvchi, ey halok bo‘layotganlarga najot beruvchi, ey har bir sirning shohidi, ey barcha shikoyatlar yetib boruvchi, ey ehsoni qadim bo‘lgan zot, ey yaxshiligi doimiy bo‘lgan zot, ey hech bir narsa usiz behojat bo‘lmagan, har bir narsaga zarur bo‘lgan zot. Ey har bir narsaning rizqi Uning zimmasida bo‘lgan, har bir narsaning qaytish joyi Unga bo‘lgan zot. Senga soillar (so‘rovchilar)ning qo‘llari ko‘tarilgan, obidlarning bo‘yinlari Senga cho‘zilgandir. Bizlarni himoyangda, sahiyligingda, panohingda, to‘sig‘ingda, omonligingda, soyangda qilishligingni so‘raymiz, Allohim. Sen bilan sinovning qiyinchiligidan, badbaxtlik ostida qolishdan, dushmanlarning ichiqoraligidan, bola, mol va ahlu ayol masalasida yomon o‘zgarish va yomon ko‘rinishdan panohlanamiz.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:21:37

Allohim, bizning bu maqomimizda mag‘firat qilinmagan gunohimizni, xal bo‘lmagan g‘amimizni, qaytib kelmagan g‘oibimizni, yechilmagan tashvishimizni, ado etilmagan qarzimizni, tor-mor qilinmagan dushmanimizni, isloh qilinmagan fasodimizni, ofiyat berilmagan kasalligimizni, to‘ldirilmagan kamchiligimizni, dinu dunyo hojatlaridan Seni rozi qiladigan, bizlarni isloh qiladigan hojatlarimizning ravo etilmaganini qoldirmagin. Zero, sen to‘g‘ri yo‘lga boshlaysan, singanni davolaysan, faqirni boy qilasan.

Allohim, Senga yo‘liqmay bizning ilojimiz yo‘q, huzuringda uzrimizni maqbul, gunohimizni mag‘fur, ilmimizni mavfur (to‘ldirilgan), sa’yimizni mashkur qilgin. Mening foniy yuzim Sening Boqiy, Qayyum, izzat va qudrat egasi bo‘lgan Vajhingdan mudom ajr istagan holatda turibdi.

Allohim, agar menga yordam bersang, hech kim meni Sendan man qila olmaydi. Agar Sen meni (biron narsadan) mahrum qilsang, menga hech kim (uni) bera olmaydi. Meni shukrim ozligi uchun mahrum qilmagin. Sabrim ozligi uchun xorlamagin.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:21:49

Allohim, o‘limni biz intizor bo‘layotgan g‘oiblarning eng yaxshisi qilgin, qabrni ta’mir qilayotgan uylarimizning yaxshisi qilgin. Undan keyingi narsalarni biz uchun undan ko‘ra yaxshiroq qilgin. Rabbim, meni, ota-onamni, bolalarimni, og‘a-inilarimni, ahli baytimni, zurriyotimni, mo‘minu mo‘minalarni, muslimu muslimalarni, ulardan tiriklaru o‘liklarini mag‘firat qilgin.

Allohim, Sendan qalbimni boshqaradigan iymonni, menga faqatgina Sen taqdir qilib yozganing yetishligini bildirib, qozoingga rozi qiladigan haqiqiy ishonchni so‘rayman. Meni dunyoda iffat va qanoat bilan, dinda toat bilan qo‘llagin. Tilimni yolg‘ondan, qalbimni nifoqdan, amalimni riyodan, ko‘zimni xiyonatdan poklagin. Zero Sen xiyonatkor ko‘zni, ko‘ngillar maxfiy qilgan narsalarni bilasan.

Allohim, dunyodagi g‘aribligimda, o‘lim paytidagi halokatimda, qabrdagi yolg‘izligimda va Sening oldingda turganimda menga rahm qilgin. Ey Allohim, Sen salomsan va salom Sendandir. Ey ulug‘ va hurmatli zot, Sen barakotlisan.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:22:02

Allohim, Maliksan, Sendan boshqa hech iloh yo‘q va men Sening bandangman, men nafsimga zulm qildim, gunohimni e’tirof etdim. Bas, gunohimni mag‘firat qil. Zero Sendan boshqasi gunohlarni mag‘firat etolmaydi, Meni xulqlaring yaxshisiga Sendan boshqa hech kim hidoyat qilolmaydi. Mendan xulqlarning yomonini burib yuborgin, zero uning yomonini Sendan boshqa hech kim bura olmaydi. Labbay Allohim, amringga hozirman. Jamiki yaxshilik Sening qo‘lingda, Senga tavba qilaman. Allohim, agar hayot men uchun yaxshi bo‘ladigan bo‘lsa, meni tirik qoldirgin. Agar o‘lim men uchun yaxshiligini bilsang, vafot ettirgin. Ishlarimning to‘g‘rirog‘iga hidoyat qilgin. Nafsimning yomonligidan meni qutqargin.

Allohim, har bir ishda oqibatlarimizni xayrli qilgin. Dunyo sharmandaligidan va oxirat azobidan panoh bergin. Va dunyodagi g‘aribligimda, o‘lim payti vafotimda, qabrdagi yakkaligimda va huzuringda turganimda rahm qilgin.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:22:15

Allohim, men Sendan toyyib, Tohir, Muborak va Sen uchun sevimli bo‘lgan, qaysiki agar u bilan duo qilinsa ijobat qiladiganing, agar u bilan rahm so‘ralsa, rahm qiladiganing, agar u bilan faraj (qiyinchilikdan chiqish yo‘li) so‘ralsa uni ato qiladiganing isming bilan kufrdan, faqirlikdan, kasalliklar va g‘arazlardan va boshqa bemorliklar va og‘riqlardan panoh berishingni so‘rayman.

Va Sendan yaxshilikning ochuvchilarini, xatm qiluvchilarini, jam’ qiluvchilarini, avvaliyu oxirini, zohiriyu botinini va oliy darajalarni so‘rayman.

Allohim, men Sendan yaqin faraj (chiqish yo‘lini)ni, aziz nusratni (yordamni), chiroyli sabrni, ochiq-ravshan fathni, manfaatli ko‘p ilmni, balosiz, ofiyatdagi, muborak, keng rizqni so‘rayman. Va Sendan har balolardan omonlikni va ofiyatning hammasini va uning shukrini so‘rayman.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:22:25

Allohim, O‘z qo‘rqinchingdan men va ma’siyating o‘rtasini to‘sadigan darajadagisini, toatingdan meni jannatingga yetkazadigan darajadagisini, ishonchdan menga dunyo musibatlarini yengil qiladigan miqdordagisini taqsim qilishingni so‘rayman.

Allohim, qulog‘im, ko‘zim va dinim bilan meni foydalantirgin, uni mendan voris qilgin. Menga zulm qilganga nisbatan mening qasosimni qoim qilgin. Menga dushmanlik qilganga qarshi mening uchun yordam bergin. Dunyoni g‘amlarimning kattasi, ilmimning chegarasi va qaytish o‘rnimni insonlarning huzuriga qilib qo‘ymagin.

Allohim, men Sendan Karim Vajhing bilan, Aziym Sultonliging bilan haqiqiy tavbani, xolis qaytishlikni, komil yuzlanishlikni, g‘olib muhabbatni, Senga shavqni, huzuringdagi narsaga rag‘batni, tezkor bo‘lgan farajni (chiqish yo‘li), keng rizqni, zikring bilan nam bo‘lgan tilni, shukring bilan ne’matlangan qalbni va toatingga yengil, muloyim bo‘lgan badanni so‘rayman.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:22:35

Bizlarga ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan, bashariyat qo‘ngliga kelmagan narsani ato qilgin.

Allohim, bizlar Sendan boshqaga faqir bo‘lishlikdan, Sendan boshqaga xor bo‘lishlikdan, Sendan boshqadan qo‘rqishlikdan panoh so‘raymiz. Va bo‘hton so‘zlashdan, fujurga botishlikdan, Sen bilan mag‘rurlanib qolishdan Sendan panoh so‘raymiz. Va dushmanning ichqoraligidan, bedavo kasallikdan, umidning so‘nishidan, ne’matning zavol bo‘lishidan va to‘satdan keluvchi intiqomdan Sen bilan panohlanaman. Ey talab etuvchilar uchun eshigini ochuvchi, rag‘bat qiluvchilar uchun boyligini zohir qiluvchi, tili qosirlarning tilini yechib yuboruvchi, solih bandalaringga ilhom etgan narsalaringni bizlarga ham ilhom qilgin. Va g‘ofillarning uyqusidan bizlarni uyg‘otgin. Sen ne’mat beruvchilarning qaramlirog‘i va yordam beruvchilarning Azizrog‘isan.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:22:44

Allohim, ayblarimizni faqat mehribonliging yaxshiligigina berkitadi va gunohlarimizni faqat ehsoning va afving kengligigina mag‘firat qiladi. Bizlarni yaxshilarning yo‘llariga yo‘llagin va to‘g‘ri yo‘lda yurishimizni bizga ilhom qilgin. Rizvoningda hissamizni katta qilgin, bizlarni gunohimiz sababli mahrum qilma, ayblarimiz sababli bizlarni quvmagin, yaxshiligingdan bizlarni uzib qo‘ymagin, zikringni bizlarga unuttirib qo‘ymagin, bizlardan satringni (ayblarimiz ustidagi pardangni) olib tashlamagin, qilib qo‘ygan gunohlarimizni mag‘firat qilgin, shukring va toatingdagi bizning kamchiligimizni afv etgin. Sening yo‘lingda yurishlikni bizlarga bardavom qilgin. Sening yo‘lingga hidoyatlanishimiz uchun nurni ato etgin. Munojoting halovati bilan rizqlantirgin. Va O‘zing rozi bo‘ladigan yo‘lga bizlarni yo‘llagin. Xizmating va toatingdan uzoqlashtiradigan har bir narsani bizdan uzgin. Tubanliklarimizdan va g‘aflatlarimizdan qutqargin. Bizga to‘g‘ri yo‘lda yurishimizni ilhom qilgin. Sen haqingdagi qasdimizni tahqiq topdirgin va dunyoyu oxiratimizda (ayblarimizni) to‘sgin. Bizlarni muttaqiylarning guruhidan qilib tiriltirgin. Solih bandalaring bilan bizlarni birga qilgan.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:22:54

Allohim, bizlarni abror imomlardan qilgin. Bizlarni ular bilan birga dorul-qarorda (jannat) yashattirgin, fojir, muxoliflardan qilmagin. Bizlarni Senga chiroyli yuzlanishlikka, Seni tinglashga, xizmatingga shoshishlikga, Sen bilan muomalada chiroyli odobga, amringga taslim bo‘lishlikka, Sening rozi bo‘lishlikka, sinovingga sabr, ne’matlaringga shukr qilishlikka muvaffaq etgin. Bizlarni badbaxtlik holatlaridan asragin. Taqvodorlarning amallariga bizlarni muvaffaq qilgin. Ey suyanib, tayaniladigan zot, O‘zingga ro‘baro‘ bo‘linadigan kun uchun hozirlanish bilan bizlarni rizqlantirgin.

Allohim, bizlarni najot topganlar dasturiga yo‘llagin. Iymon, ishonch libosi bilan kiyintirgin. O‘zing tarafingdan ochiq-ravshan tavfiq bilan xoslagin. Haq so‘zga muvaffaq qilib, unga ergashishlikni nasib qilgin. Bizlarni botildan xalos qilib, unga ergashishlikdan asragin. Bizlarni qo‘llaguvchi bo‘lgin. Bizning zararimizga fojirni qo‘llovchi bo‘lmagin. Farovon hayotni nasib qilgin. Dushman va hasadgo‘ylar ichqoraligidan asragin.Bizlarni manfaatli ilm, qabul etilgan amal, zakiy fahm, sof tab’ va har bir kasallikdan davo bilan rizqlantirgin.

Qayd etilgan