«Allohumma inna nas`aluka ya g‘ofuuru ya rohiymu an taftaha li`ad’iyatina abvabal ijabati, ya man iza sa`alahul muztorru ajabahu, ya man yaquulu lishshay`i kun fayakuunu. Allohumma inna ji`naka bijam’in mutashaffi’iyna ilayka fiy g‘ufronika zunuubana, fala taruddana xo`ibiyna, va`atina afzola ma tu`tiy ‘ibadakas solihiyna va la tasrifna min hazal mash’aril ‘aziymi illa faa`iziyna g‘oyro xozaya vala nadimiyna vala zoolliyna vala muzilliyna, ya arhamarrohimiyna, Allohumma vaffiqna lilhudaa va’simna min asbabil jahli varrodaa vasallimna min aafatin nufuusi fa`innaha sharrul ‘adva, vaj’alna mimman aqbalta ‘alayhi fa`a’rozo ‘amman sivaka vaxuz bi`aydiyna ilayka, varham tazorru’ana bayna yadayka, ilaahana qovvimna iza i’vajajna, vaa’inna iza istaqomna, vakun lana vala takun ‘alayna va`ahyina fiddunya mu`miniyna to`i’iyna vatavaffana muslimiyna ta`ibiyna, vaj’alna ‘indas su`aali taa`ibiyna, vaj’alna mimman ya`xuzuuna kitabahum biyamiynihim, vaj’alna yavmal faza’il `akbari minal aaminiyna, vamatti’na Allohumma binnazori ila vajhikal kariymi birohmatika ya arhamar rohimiyn».
Allohim, biz Sendan — ey G‘ofur, Rahiym, duolarimiz uchun ijobat eshiklaringni umid qilib huzuringga kelganmiz, bizlarni noumid qaytarmagin. Solih bandalaringga beriladigan narsalarning afzalini bizlarga bergin. Bizni bu mash’arul aziymdan faqatgina foyda ko‘ruvchilar, najot topuvchilardan qilib qaytargin, sharmanda bo‘lgan, nadomat qiluvchi, adashgan va adashtiruvchilardan qilib emas, ey rahm qiluvchilarning rahmlirog‘i!
Allohim, bizlarni hidoyatga muvaffaq qilgin, jahl va halokat sabablaridan poklagin. Nafs ofatlaridan salomat qilgin, zero, u dushmanlarning yomonrog‘idir. Bizlarni o‘zingga yuzlanib, Sendan boshqasidan yuz o‘girgan kishilardan qilgin. O‘zingni huzuringga qarata qo‘llarimizdan tutgin va oldingdagi tazarrularimizga rahm qilgin. Ilohimiz, agar to‘g‘ri yo‘ldan og‘sak, bizlarni to‘g‘rilab qo‘ygin, agar to‘g‘ri yo‘ldan ketsak, bizlarni qo‘llagin. Bizlarning tarafimizda bo‘lgin, ziddimizda bo‘lmagin. Bizlarni dunyoda mo‘min, ko‘ngillilardan qilib tiriltirgin va musulmon, tavba qiluvchilardan qilib vafot ettirgin. Bizlarni savol paytida tavba qiluvchilardan etgin. Kitobini o‘ng tarafdan oladiganlardan qilgin. Katta qo‘rqinch kunida bizlarni omon bo‘luvchilardan qilgin.
Allohim, O‘zingning Karim Vajhingga nazar qilishlik bilan manfaatlantirgin, Sening rahmatingdan umidvormiz, ey rahm qiluvchilarning rahmlirog‘i!