Ahmadjon Maxdum. Sajdai sahv risolasi  ( 55391 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:04:26

38-masala. Namozxon namozning hamma farzlarini yo farzlaridan birini uxlagan holda bajo keltirsa, namozdan hisoblanmaydi, balki uxlagan holda bajo keltirgan amalni qayta bajaradi. Agar qayta bajarmasa, namozi fosid bo‘ladi.

Ya’ni qiyomni, qiroatni, ruku’ni, sajdani yo oxirgi qa’dani uxlagan holda bajarsa, uyg‘ongandan so‘ng bu amallarni qayta ado etadi va namoz oxirida sujudi sahv qiladi. Masalan, oxirgi qa’dada tashahhud o‘qish miqdoricha yerga yiqilmasdan uxlab qolsa, uyg‘ongach, qa’dani qayta bajaradi, "œAttahiyyot" o‘qiydi va sahvi uchun sajdai sahv qiladi. Agar qa’dani qayta bajarmasa, namozi fosid bo‘ladi.

39-masala.  Namozxon tashahhud o‘qishni unutib, hatto salom berdi, andin so‘ng (tashahhud o‘qimagani) yodiga tushsa, qaytadi, vujuban tashahhud o‘qiydi va sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

Ya’ni (yodiga tushgan joyidan tashahhudga) qaytadi, tashahhud o‘qiydi va o‘ng tomonga bir salom berib, sujudi sahv qiladi, yana tashahhudni, salavot va duoni o‘qib salom beradi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:04:45

40-masala.  Namozxon nafl namozida avvalgi qa’dani sahvan tark qilsa, sahvi uchun namoz oxirida vujuban sajdai sahv qiladi va istehsonan (maqbulligi jihatidan) namozi fosid bo‘lmaydi.
41-masala.  Namozxon avvalgi qa’dada unutgan holda o‘tirmasdan turib ketsa, agar qa’daga yaqinroq bo‘lsa, o‘tiradi va "œAttahiyyot" o‘qiydi, unga sujudi sahv yo‘q. Agar qa’daga yaqinroq bo‘lmasa, qiyomga turib, namozining qolganini tamom qiladi va sujudi sahv unga vojibdir.
42-masala.  Namozxon sahvan oxirgi qa’daga o‘tirmasdan (qiyomga) turib ketsa, qa’da qilmagani yodiga tushsa, modomiki sajda qilmagan bo‘lsa, qa’daga qaytadi va sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.


Agar ul rak’atda sajda qilgan bo‘lsa, peshonasini yerdan ko‘tarishi bilan farz namozi naflga aylanadi. Agar xohlasa, garchi asr yo bomdod namozlarida bo‘lsa ham, yana bir rak’at o‘qiydi va sahvi uchun sajda qiladi va namozni farz tariqasida qayta o‘qiydi. Lekin shom namozida boshqa rak’at o‘qimasdan salom beradi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:05:12

43-masala.  Namozxon oxirgi qa’dadan keyin sahvan joyidan turib ketdi, so‘ng yodiga tushdi, bu holatda agar sajda qilmagan bo‘lsa, qa’daga qaytadi va sajdai sahv qilmasdan salom beradi.

Agar sajda qilgan bo‘lsa, farzi tamom bo‘ladi va yana bir rak’at zam qiladi5. Keyin xatosi uchun sujudi sahv qiladi. Agar ‘asr yo shom yo bomdod namozlari bo‘lsa ham, namozini qayta o‘qimaydi.

TANBEH:  "œDurrul muxtor"ga ko‘ra, ikki holatda ham sajdai sahv qiladi. Birinchi suratda farzning nuqsoni - salomni ta’xir qilgani sababli. Ikkinchi suratda farzning nuqsoni — salomni tark qilgani sababli. Ya’ni oxirgi qa’da farzdir va bu oraga ikki rak’at nafl namozi kirdi, bas, farzga xos bo‘lgan salom favt bo‘ldi.

44-masala.  Namozxon bomdod namozining sunnatida ikki rak’at o‘qib, (qa’daga) o‘tirdi va unutgan holda turdi, bu holatda qaytib (qa’daga) o‘tiradi va sajdai sahv qiladi.

Agar bu holat shomning yo peshinning ikki rak’at sunnatida bo‘lsa, ixtiyorlidir, ya’ni xohlasa qaytib o‘tirsin, xohlamasa qaytmasin, bu ikki holatda ham sujudi sahv qilmoq vojibdir. Xuftan namozini sunnatida (qa’dada tashahhud o‘qib, keyin) unutgan holda uchinchi rak’atga turib ketsa, agar qaytib qa’daga o‘tirsa, sujudi sahv vojibdir va agar qaytmasa, sujudi sahv vojib emas. Chunki xuftan namozining sunnatini ikki rak’at o‘qilishi mashru’ (shar’an joiz) bo‘lganidek, to‘rt rak’at o‘qilishi ham mashru’dir.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:05:33

45-masala.  Namozxonning ikki rak’at nafl namozida sahv voqe’ bo‘lib, salom berib, sujudi sahv qildi va namozdan chiqish uchun salom berishdan oldin shu tahrima bilan yana ikki rak’at nafl o‘qishlikni xohlasa, bu ravo emas.

Bordiyu, agar u yana ikki rak’at namoz o‘qisa ham, tahrimaning boqiy turgani uchun sahihdir. Lekin oxirgi qa’dadan so‘ng o‘ng tomonga bir salom berib, namoz o‘rtasida qilgan sujudi sahvni qayta bajaradi. Yana "œAttahiyyot", salavot va duo o‘qib, salom beradi.

46-masala.  Musofir namozxonda sahv voqe’ bo‘ldi (ya’ni musofirga ikki rak’at o‘qimoq farzdir va shu ikki rak’atda sahv voqe’ bo‘ldi) va sujudi sahv qildi. Undan keyin qalbida iqomatni (o‘n besh kun yo undan ko‘proq vaqt turishni) niyat qildi, unga yana ikki rak’at namoz o‘qish sahihdir.

Ya’ni yarim oy yo undan ziyoda turishni niyat qilgandan so‘ng, yana ikki rak’at o‘qiydi va namozning oxirida sajdai sahvni qayta bajaradi. Chunki namozni o‘rtasida qilgan sajdai sahvi botil bo‘ldi. Agar ul musofir yana ikki rak’at o‘qimasa, namozi botil bo‘ladi. Quyiroqda, inshoAlloh, buning tafsiloti keladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:05:47

IZOH: Musofir turgan joy vatani iqomat deyiladi. Musofir vatani iqomatda muqim bo‘lmog‘i uchun bir joyda yarim oy yo undan ziyoda turishi shartdir. Bas, agar musofir ikki joyda, masalan, Makka va Mino kabi boshqa-boshqa manzillarda o‘n besh kecha kunduz yo undan ko‘p (ya’ni Makkada o‘n kun, Minoda besh kun) turishni niyat qilsa, muqim bo‘lmaydi.

Bilmoq kerakkim, bir kishi uch kunlik yo‘ldan kamroq masofani qasd qilib safarga chiqsa, u musofir emas, namozni qasr o‘qimaydi. Agar o‘rta yurish bilan uch kecha kunduzlik yo‘lni yo undan ziyoda masofani qasd qilib, qishloq yoki shahardagi uylardan ayrilib chiqsa, u kishi musofir bo‘ladi va to‘rt rak’atlik farz namozlarini ikki rak’at o‘qiydi. Magar bir shahar yoki bir qishloqda o‘n besh kecha kunduz yo undan ko‘proq vaqt turishni niyat qilgan bo‘lsa, u muqim bo‘ladi va namozlarni to‘rt rak’at o‘qiydi. Agar o‘n to‘rt kecha kunduz yo undan kamroq vaqt turishni niyat qilgan bo‘lsa u muqim bo‘lmaydi, u musofirdir va namozlarni ikki rak’at o‘qiydi.

Agar falon shahar yo qishloqda yarim oy2, ya’ni o‘n besh kecha-kunduz yo undan ko‘p turaman deb qasd qilib chiqsa, shu shart bilanki, o‘shal shaharda3 yo qishloqda yarim oy tursa, bas, o‘sha shahar yo qishloqqa borguncha, yo‘lda to‘rt rak’at farzni1 ikki rak’at o‘qiydi va u manzilga yetgandan so‘ng, to u yerdan chiqib ketguncha, to‘rt rak’at o‘qiydi. Chunki o‘n besh kecha kunduz yoki undan ko‘p turishni niyat qilgani uchun, vatani iqomatga yetganidan so‘ng, u muqim bo‘ladi. Va u manzildan chiqqanidan to vatani asliysiga yetgunicha, yo‘lda ham to‘rt rak’atlik farzni ikki rak’at o‘qiydi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:06:06

Agar falon joyda o‘n to‘rt kun yo undan kamroq turaman2 deb qasd qilib chiqsa, bas, o‘sha joyga borguncha, o‘sha joyda ham va qaytishda, to vatani asliysiga kelgunicha namozlarini qasr qilib o‘qiydi va vatani asliysiga kirgandan keyin to‘rt rak’at o‘qiydi.

Endi o‘n to‘rt kun yo undan kamroq turishni niyat qilib chiqqan va ko‘zlagan manziliga yetib borgan kishi to‘rt rak’atlik farzni ikki rak’at o‘qib turgan ediki, shu ikki rak’atda sahv voqe’ bo‘ldi, "œAttahiyyot"ni o‘qib, o‘ng tarafga salom berdi va sajdai sahv qildi. Namozdan chiqish uchun salom berishdan oldin bu yerda o‘n besh kecha-kunduz yo undan ziyodaroq turaman deb niyat qildi3. Endi bu odam muqimga aylandi va unga namozni to‘rt rak’at o‘qish farz bo‘ldi. Bas, joyidan turib, yana ikki rak’at namoz o‘qiydi va, yuqorida o‘tganidek, avval qilgan sajdai sahvni qayta bajaradi. Ya’ni ikki rak’at o‘qiganidan keyin "œAttahiyyot"ni o‘qib, o‘ng tarafga salom beradi va sahvi uchun ikki sajda qilib, yana "œAttahiyyot", salavot va duo o‘qib, salom beradi.

Savol: Bu tahrir (ya’ni yuqoridagi masala) sahv voqe’ bo‘lgan suratda, ammo sahv voqe’ bo‘lmagan suratda u to‘rt rak’atlik farz namozni ikki rak’at o‘qib, salom berishdan oldin ul joyda o‘n besh kecha-kunduz yo ko‘proq turishni niyat qilsa, buning hukmi qanday bo‘ladi?
Javob: U kishiga ham to‘rt rak’at o‘qish farz bo‘ladi. Joyidan turib, yana ikki rak’at o‘qiydi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:06:43

Savol: Agar u kishi salom berib, namozdan forig‘ bo‘lgandan keyin o‘n besh kecha-kunduz turishni niyat qilsa, buning hukmi qanday?
Javob: Uning zimmasida i’oda yo‘q, ya’ni namozni qayta o‘qimaydi, uning namozi benuqsondir. Ammo bu suratda qasr o‘qigan to‘rt rak’atlik namozning vaqti chiqmagan bo‘lsa, alohida tahrima bilan o‘sha farzni to‘rt rak’at qilib o‘qishi ehtiyot va afzaldur.1
Yana bilmoq kerakki, musofir kishi bir joyda bugun yo ertaga ketaman deb, o‘n besh kun yo undan ziyoda turishni niyat qilmasa, u kishi necha yil tursa ham to‘rt rak’atlik farz namozni ikki rak’at o‘qiydi. Zero, "œHidoyai sharif"da kelibdurki: "œIbni Umar raziyallohu anhu olti oy Ozarbayjonda turdilar va namozni qasr o‘qidilar". Shunga o‘xshagan amal hazrati Payg‘ambarning (u zotga salotu salomlar bo‘lsin) bir guruh sahobalaridan ham naql qilingan.

Savol: Bir joyda o‘n besh kun yo ziyoda turishni niyat qilgan, namozlarini to‘rt rak’at o‘qib turgan musofir kishining ishi tamom bo‘lib, namozdan tashqari yo namoz ichida o‘n besh kundan oldin vataniga qaytishni niyat qilsa, ul kishi musofir bo‘ladimi, yo‘qmi?
Javob: Ul kishi safarni niyat qilishi bilan darhol musofir bo‘lmaydi va namozni to‘rt rak’at o‘qiydi. Qachonki, u uch kunlik yo undan ziyodaroq yo‘lni qasd qilib, iqomat mavzesidagi uylardan o‘z vataniga yo boshqa tomonga qarab yo‘lga chiqsa, u holda musofir bo‘ladi va to‘rt rak’at farzni ikki rak’at qilib o‘qiydi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:07:16

Savol: Bir kishi o‘z vatanidan o‘n to‘rt kun yo undan kamroq bir joyda turishni niyat qilib yo‘lga chiqdi. Yo‘lda ketayotib yigirma kun yo undan ziyodaroq vaqt turishni niyat qilsa, uning hukmi qanday bo‘ladi?
Javob: Ul kishi yo‘lda namozlarini ikki rak’at o‘qiydi va o‘z vatani iqomatiga kirgandan so‘ng to‘rt rak’at qilib o‘qiydi. Zero, u kishi vatani iqomatda yigirma kun yo undan ziyoda turishni niyat qildi.

Savol: Musofir kishi biror sabab bilan safar yo‘lidan qaytdi, buning hukmi qanday?
Javob: Agar to‘liq uch kecha kunduz yo‘l yurgan bo‘lsa, to vataniga yetguncha namozini ikki rak’at qilib o‘qiydi va agar uch kecha kunduzdan kamroq yo‘l yurgan bo‘lsa, yo‘ldan qaytishi bilanoq to‘rt rak’at qilib o‘qiydi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:07:38

Savol: Muqim namozxon uch rak’atlik yo to‘rt rak’atlik farz namozni ikki rak’at o‘qib sahvan salom berdi va sajdai sahv qildi, buning hukmi nima bo‘ladi?
Javob: U (qirq oltinchi masalada o‘tgan) musofirga o‘xshashdir. Esiga kelgandan so‘ng, o‘rnidan turib qolgan namozini to‘liq o‘qiydi va avval bajo keltirgan sajdai sahvni yana qayta bajaradi, agar namozining qolganini o‘qimasa, namozi botil bo‘ladi.

47-Masala.  Zimmasida sajdai sahv bo‘lgan namozxon oxirgi qa’dadan keyin namozni tugatish niyati bilan salom bersa, modomiki, Qibladan qaytmagan yo namozni fosid qiladigan amal qilmagan bo‘lsa, sahvi uchun sajdai sahv qiladi.

Agar salom bergan vaqtda sajdai tilovat yoki oxirgi qa’dadagi “Attahiyyot”ni o‘qish yodida bo‘lsa, bu ikki amal undan soqit bo‘ladi. Zero, uning zimmasida namoz ruknlaridan birortasi qolmadi. Balki namozi noqis holda joiz bo‘lgandir. Bas, u namozni qayta o‘qishi lozimdir. Chunonchi, bu kitobning birinchi tanbehida o‘tdi. Agar salom bergan vaqtida faqat sajdai sulbiya (namozni asliy sajdasi) yodida bo‘lsa, yo sajdai sulbiya va sahviyaning har ikkisi yodida bo‘lsa, namozi fosid bo‘ladi.

Agar zimmasida sajdai sahviyya va sajdai tilovat yo sajdai sulbiya bo‘lib turib, unutgan holda salom bersa, salom bergan vaqtda faqat sajdai sahviya yodida bo‘lsa, salom bergandan keyin sajdai tilovat va sajdai sulbiya yodiga tushsa, namozi fosid bo‘lmaydi. Bas, bu suratda avval sajdai tilovat va sajdai sulbiyani tartib bilan bajo keltiradi va sahvi uchun sajdai sahv qiladi, modomiki, u hali masjid ichida turgan bo‘lsa1. Chunonchi, bu o‘n birinchi masalada o‘tdi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:08:09

Savol:  Namozxon qa’dai avvalda salom berib qo‘ydi. Buning hukmi qanday bo‘ladi?
Javob: Agar uch rak’atlik yo to‘rt rak’atlik farz namozlarda ikki rak’at o‘qib, namoz tamom bo‘ldi degan gumon bilan namozdan chiqish uchun salom bersa, undan keyin bilsaki, namozi tamom bo‘lmagan ekan. Bu suratda darhol namozining qolganini o‘qiydi va namoz oxirida luzuman sajdai sahv qiladi.
(Namozxon) bir insonga qasdan yo sahvan salom bersa, agarchi ul kishi alaykum demasa; yo bu namozxon namozini taroveh yo jum’a yo bomdod namozlaridan biridir, deb gumon qilsa yoki u kishi musofirman deb gumon qilsa, yo janozadan boshqa namozlarda qiyomda turgan holida namozim tamom bo‘ldi deb salom bersa, vaholanki, uning namozi hali tugamagan bo‘lsa, bu suratlarning hammasida namozi fosid bo‘ladi. Chunki u namozni ikki rak’at ustida tugatishni qasd qilgandir. Bas, namozini qaytadan o‘qiydi.

48-Masala. Zimmasida sajdai sahv vojib bo‘lgan namozxon agar sujudi sahv yoki namozni tugatish niyatida salom berib, keyin sajdai sahv qilsa, bas, u namozdadir. Agar sajdai sahv qilmasa, bas, u nomozda emas.

Ya’ni bir kishi salomdan keyin unga iqtido qilsa, u sajdai sahvni bajo keltirsa, iqtido qiluvchining iqtidosi sahihdir. Agar u sajdai sahv qilmasa, bas, iqtido qiluvchining iqtidosi sahih emas.

Qayd etilgan