Ahmadjon Maxdum. Sajdai sahv risolasi  ( 55357 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 8 B


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:45:25

Hoji Ahmadjon Maxdum Hanafiy Naqshbandiy

SAJDAI SAHV RISOLASI

Tarjimon:
Abdulloh Roziq

«Movarounnahr»
2004

Namoz mo‘’minning merojidir. Uni mukammal ado etish bilan banda Haqqa yaqinlashadi. Ammo namozda xato qilishdan hech kim xoli emas  Shu bois mazhabimiz ulamolari sahv (xato, adashish)larni isloh qilish (tuzatish) yo‘llarini ko‘rsatib berganlar.
Ushbu risolada mo‘’tabar fatvo kitoblaridagi sajdai sahvga oid barcha masalalar jamlangan. libi ilmlarga  qo‘llanma sifatida tasnif etilgan mazkur risoladan barcha namozxonlar foydalanadilar, degan umiddamiz. Kitob oxirida esa namoz o‘qish tartibi va odoblari ham ilova qilingan.

Mas’ul muharrir:
Sayfiddin Sayfulloh

Muharrir:
Abdulaziz Muborak

MUNDARIJA

Muborak sarchashma
Mutarjimdan
Muqaddima
Ruknni takrorlash
Ruknni o‘rnidan oldin bajarish
Ruknni kechiktirib ado qilish
Vojibni o‘zgartirish
Vojibni tark qilish
Namoz uslubi
Xotima

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:46:08

MUBORAK SARCHASHMA

Butun maxluqotni yaratgan Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo‘lsin! Maxluqotning eng akrami va ashrafi bo‘lgan Hazrat Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga salotu salomlar bo‘lsin!

Qo‘lingizdagi ushbu risola muallifi, zamonamizning ulug‘ olimlaridan va murshidi komillaridan bo‘lgan Hoji Ahmadjon Maxdum Hanafiy-Naqshbandiy hazratlari 1938 yil Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Zarxona qishlog‘ida tavallud topganlar. Maxdum Hazrat dastlabki ilmu irfon, adabu ma’rifat darsini olim va murshid zot bo‘lgan padari buzrukvorlaridan olganlar. Keyin esa Hazrati Shayx Muhammad Sharif Hisoriy, Hazrati Qoriy Mahmud, Hazrati Muftiy Bobo Muhammad, Hazrati Qozi Abdurashid Farg‘oniy, Hazrati Muhammadjon Mavlaviy Hindistoniy, Hazrati Shayx Maxdumbobo Andoqiy, Hazrati Eshon Abdurrahmonjon, Hazrati Shayx Asadulloh, Hazrati Shayx Ahmad Zulfiqor Naqshbandiy rahmatullohi alayhim ajma’in kabi Movarounnahrning eng ulug‘ allomalari va tariqat peshvolari huzurida ilm va suluk tahsillaridan saboq olib, kamolga erishganlar.

Hazrat hayotlari davomida shariat va tariqat ilmini egallagan ko‘plab shogirdlar yetishtirganlar. Shariat va tariqat ilmi bilan bog‘liq bir qancha asarlar tasnif qilganlar.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:46:30

Biz kitobxonlarga taqdim etayotgan "œSajdai sahv Risolasi" Maxdum Hazratning ko‘p mehnatlari singan, eng e’tiborli va foydali asarlaridan biridir. Shayx Hazrat ham ilmiy salohiyatlari, ham amaliy faoliyatlari bilan xalqimizning ma’naviyatini boyitadigan ibratli va namunali bir hayot tarzini yashab o‘tdilar. Asarlari oradasida musavvada (qoralama) holda va ma’lum bir tartibga keltirilmaganlari ham mavjud. Galdagi vazifa ularni jamlash, tarjima qilish va xalqimizni undan bahramand etishdir.

Shoir Xarobotiy ta’biri bilan aytganda:

Aytayin hamdingni man, Yazdoni pok,
Ichdilar xuni jigar mardoni pok.


Darhaqiqat, Maxdum Hazrat kabi "œxuni jigar ichib" "œmardoni poklardan" bo‘lish sharafi, shunday ulug‘ insonlarning fayzidan bahramand bo‘lib qolish baxti hammaga ham nasib bo‘lavermaydi. Biz, bir qator muxlislar ana shunday baxtga musharraf bo‘lganlardanmiz. Allohga beadad shukr.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:46:49

Mavlono Jaloliddin Rumiy aytadilarki:

Soate budan dar nazdi avliyo,
Behtar az sad sola toat beriyo.


Ya’ni bir soat valiylar huzurida bo‘lish, yuz yil riyosiz o‘tkazgan toat va ibodatdan afzalroqdir. Shuning uchun bo‘lsa kerak, yoshligimizda ustozimiz marhum Sayyid Jalolxon hazratlari valiy zotlarning qadriga hayotligida yetish, bundan g‘aflatda qolmaslikni ta’kidlar, quyidagi baytni eslatib turardilar:

Har namoziki, qazo bo‘lsa o‘qursan keynidan,
Mardi Haqni suhbatin topgin qazo bo‘lmay turib.


Maxdum Hazrat ba’zi bir xayrli yumushlar va do‘stlar ziyorati uchun Surxondaryodan Toshkentga tez-tez safar qilardilar. Xoksor, ko‘p dilkash inson edilar. Shariat ilmidan va tariqatning nozik masalalaridan chiroyli suhbat qilardilar. Xatmi xojagon, zikrlar, duolar bu suhbatlarning ziynati edi. Huzurlaridan fayzga to‘lib, ko‘nglimiz nurlanib uyimizga qaytardik. Yonlarida doimo Qur’oni karim, "œDaloili xayrot" va sunnatga muvofiq zaruriy ashyolar olib yurardilar. Ular ichida o‘zlari yozib, nashrga tayyorlab yurgan forscha "œRisolai sujudi sahv"lari ham bo‘lardi. Bir necha bor uchrashganimizda u kishi risolani menga uzatib, o‘qittirgan, ma’nosi chiqmay qolgan iboralarni o‘zlari sharhlab, davradoshlarni fiqh ilmidan, namozdagi nozik masalalardan bahramand etgan edilar.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:47:04

Allohning taqdiri ekan, Maxdum hazrat 1999 yil 2-avgust, seshanba kuni tong payti zikru ibodat va vazifalardan forig‘ bo‘lgan holda omonatlarini Haqqa topshirdilar. Allohning yo‘lida, musofirchilikda, toat va ibodat ichida oxiratga safar qildilar.

Nasiba ekan, dushanba oqshom hazratning ziyoratlariga borib, so‘ngi bor muborak diydorlarini ko‘rib, g‘animat suhbatlaridan bahramand bo‘lganmiz. O‘sha oqshom juda fayzli, ilmu ma’rifatga boy go‘zal bir suhbat bo‘ldi. Odatdagidek, suhbat oxirrog‘ida nashrga tayyor bo‘lgan "œRisolai sujudi sahv" tasniflarini menga uzatib, undan parchalar o‘qib va tarjima qilib berishimni so‘radilar. Asl matnni qanday o‘qiganim va qanday tarjima qilganimga diqqat qilib, ba’zi o‘rinlarni to‘g‘rilab, sharhlab bordilar.

Mutolaa tugagach, Maxdum hazrat chuqur nafas olib: "œBilmadim, yaxshi niyat bilan, Allohning roziligi uchun shu kitobchani yozib tamomladim, zora mardumga foydasi tegsa", dedilar. U kishidagi bu kamtarlik, bu samimiyatdan ko‘nglimiz to‘lqinlanib ketdi. Men Shayx hazratlariga qarab: "œHazrat, xalqimiz uchun, tolibi ilmlar uchun nihoyatda foydali va ayni paytda zarur risola yozibsiz, biz shunday bir asarga muhtoj edik. Inshoalloh, bu xizmatingiz evaziga ulug‘ ajru savobga ega bo‘lasiz", dedim. Shunda Hazrat hamon menga qarab: "œUnday bo‘lsa, qani, bir duo qiling", dedilar. Men bu iltifotni g‘animat bilib, darhol duoga qo‘l ochdim: "œShu risola xalqimizga foydali, sizga esa qiyomatga qadar sadaqai joriya bo‘lsin", deb duo qildim. Shayx hazratning shu tobda yuraklari to‘lib turgan ekan, ko‘zlaridan yosh chiqib ketdi...

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:47:16

Alloh o‘z Kalomi majidida: "œMenga duo qilinglar, duolaringizni ijobat qilaman" deb va’da bergan* . Ilohi, Yaratgan Egam duolarimizni ijobat qilgan bo‘lg‘ay!

Shu suhbatda Maxdum hazrat menga qarab: "œShu risolani siz o‘zbekchaga tarjima qilib, arab yozuvida chop eting", deya iltifot qildilar. Bilsam, bu vasiyat ekan...

Suhbat asnosida asarning keng ommaga mo‘l kirill imlosida chop etish yanada foydaliroq ekanligi haqida ham gaplashdik va bunga u kishining roziliklarini oldik.

Ammo niyat boshqa, taqdir boshqa ekan.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:47:29

Risolani dastavval hoji Mirzo Kenjabek o‘zbekchaga o‘girdi. Qo‘lingizdagi risolani esa Maxdum hazratning ham kuyovlari, ham peshqadam shogirdlaridan bo‘lgan hoji Abdulloh Roziq tarjima qildi. Tarjimon kaminadan hazratning risolalariga mas’ul muharrir bo‘lishni so‘raganida quvonib ketdim. Zimmamdagi ma’naviy mas’uliyatdan qisman bo‘lsa ham xalos bo‘lish imkoni edi bu. Shuning uchun ham tarjimaning mukammal bo‘lishiga qo‘limdan kelgancha hissa qo‘shdim. Risolaning kirill va arabiy matnlarini, fiqhiy masalalarning qiyosiy-nazariy jihatlarini aqlim yetgancha ko‘rib chiqdim, ba’zi o‘rinlarni tuzatdim.

Tarjima jarayonida mutarjim bilan yelkama-elka ishlagan shoir Abdulaziz Muborak ukamizning zahmatli mehnatlari alohida tahsinga sazovor.

Qo‘lingizdagi risolaning yutuq va kamchiliklari haqida olimlar o‘z munosabatlarini bildiradilar, degan umiddamiz. Lekin uning ba’zi bir xususiyatlarini eslatib o‘tishga to‘g‘ri keladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:47:41

1. Risola o‘zbek tilining eski lahjasida ham, sof zamonaviy tilimizda ham emas, turli qatlamlardagi kishilar tushunadigan lisoniy uslubda o‘zbekchaga o‘girilgan.

2. Savodxonlikni oshirish, qiyoslab o‘qish hamda risola muallifining vasiyatiga binoan arabiy imlodagi matnni ham ilova qildik. Ammo kirill alifbosidagi matnda snoskalar (matn ostidagi manba ko‘rsatkichlari va izohlar)ning berilganligi bilan kifoyalanib, arabiy imlodagi matnda snoskalar berishni lozim topmadik.

3. Ayrim o‘rinlarda tarjimonning izohlari qavs ichida berildi.

4. Tarjimada imkon qadar asl matnning shakl va mazmuni saqlab qolindi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:47:58

Beayb Parvardigor! Tarjima jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar uchun kitobxonlardan oldindan uzr so‘raymiz. Samimiy bildirilgan tanqidiy mulohazalar keyingi nashrlarda inobatga olinadi.

Inshoalloh, xalqimiz ushbu risoladan bahramand bo‘lib, eng ulug‘ ibodat-namozlarini mukammal ado etadilar va duolarida Shayx hazratni ham eslab turadilar, deb umid qilamiz.

Hidoyat va tavfiq Allohdandir! Unga ibodat qilamiz va Undan madad tilab qolamiz!

Sayfiddin Sayfulloh

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 06:48:26

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan

Butun olamni yaratib, Bani Odamni mukarram qilgan, ilm ahlining darajotini baland etgan Allohga bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.

Ummatlariga ilmni meros qoldirgan payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga mukammal salotu salomlar bo‘lsin.

Muhtaram  birodar!
Ma’lumingiz bo‘lsinkim, ushbu risola Alloh taoloning eng ulug‘ ibodatlaridan biri — namoz va uning sahvlari haqidadir. Ulug‘ ustozimiz hazrati shayxul akbar, murshidi komil, faqihi davr Hoji Ahmadjon Maxdum Hanafiy-Naqshbandiy alayhi rahmatul Hodiy saodatli hayotlarining oxirlarida Alloh taolo rizoligi uchun, mo‘’tabar fatvo kitoblardan dalillar keltirib, namozning barcha sahvlarini ellik besh masala ichida jamlab, uni "œRisolai sujudi sahv" deb nomladilar. Hazrati ustozi muazzam alayhi rahmatul atam, serfayz hayotlarini Alloh jalla va alo yo‘liga bag‘ishlab, faqat tahsili ulum, tadrisu ta’lim, riyozatu ibodat, taqvo-yu fatvo va tasnifi kutub ila o‘tkazdilar. Ulamoi izom o‘rtalarida ilmi qol va ilmi holda ma’rufi zamon edilar. Hazrati ustozi muazzam alayhir rahmatul Boriy ta’rif-tavsifga muhtoj bo‘lmasalar-da, bandai haqir va zalil u zoti sharif bilan bo‘lgan bir voqeiy holatni bayon qilay.

Qayd etilgan