12-masala. Namozxon ruku’da yo sajdada turgan vaqtida o‘qib turgan namozining biror rak’atida ikkinchi sajdani qilmay qolgani yodiga tushdi, ul (yodiga tushgan) joyidan darhol sajdaga boradi va o‘shal tark etilgan sajdani qazo qiladi.
Bas, "œHidoya"i sharifga ko‘ra, o‘sha ruku’ni qayta bajarishi vojib emas, balki mustahabdur va "œXoniya"ning qavliga ko‘ra, o‘sha ruku’ni qayta bajaradi, illo qayta bajarmasa, namozi fosid bo‘ladi. Bas, "œXoniya"ning qavliga amal qilish lozimdir.
13-masala. Namozxon tashahhud uchun o‘tirgandan so‘ng sahvan sajda qilmasdan "œAttahiyyot"ga o‘tirgani yodiga tushib qoldi, sajdai sahv qilmoq unga vojibdir.
Bilmoq kerakkim, yettinchi masalada o‘tganidek, bu yerda ham rukn miqdori e’tibor qilinadi. Bu suratda agar qa’dai avval bo‘lsa, yodiga tushganidan keyin darhol ikki sajda qiladi, keyin qa’daga o‘tiradi, "œAttahiyyot"ni o‘qib, uchinchi rak’atga turadi va namozning oxirida vujuban sajdai sahv qiladi. Agar oxirgi qa’da bo‘lsa, yodiga tushgandan so‘ng darhol ikki sajda qilib, "œAttahiyyot" o‘qiydi va sahvi uchun luzuman sajdai sahv qiladi. Sajdai sahvdan keyin yana "œAttahiyyot" o‘qiydi, salavot va duo o‘qib, salom beradi.
"œAttahiyyot" miqdoricha o‘tirgach yoki "œAttahiyyot" o‘qigandan keyin sajda qilmagani yodiga tushsa, agar qa’dai avval bo‘lsa, darhol ikki sajda qiladi, qa’da va "œAttahiyyot"ni vujuban qayta bajarib, keyin uchinchi rakatga turadi, namoz oxirida vujuban sajdai sahv qiladi. Agar oxirgi qa’da bo‘lsa, darhol ikki sajda qiladi, keyin qa’da va "œAttahiyyot"ni albatta qayta bajaradi. So‘ng o‘ng tomonga bir salom berib, vujuban sajdai sahv qiladi, "œAttahiyyot", salavot va duoni o‘qib, ikki tomonga salom beradi. Agar qa’dani qayta bajarmasa, o‘n birinchi masalada o‘tganidek, namozi botil bo‘ladi.
14-masala. Namozxon birinchi qa’dada sahvan "œAttahiyyot"ni ikki marta o‘qisa, unga sajdai sahv qilmoq lozimdir.
Oxirgi qa’da buning xilofidadir. Chunki oxirgi qa’dada "œAttahiyyot"ni ikki yoki uch marta o‘qisa ham sajdai sahv lozim bo‘lmaydi.