Ahmadjon Maxdum. Sajdai sahv risolasi  ( 55401 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:00:54

20-masala. Namozxon farz namozining oxirgi ikki rak’atida sahvan jahriy qiroat qilsa yoki oxirgi ikki rak’atda biror surani jahran qiroat qilsa, sajdai sahv qilmoq unga vojibdir.

Bu yerda ham namoz joiz bo‘ladigan qiroat miqdori e’tibor qilingandir.

21-masala. Namozxon ruku’da yoki sujudda yoki avvalgi qa’dada sahvan biror oyatni qiroat qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

22-masala. Namozxon avvalgi qa’dada yoki oxirgi qa’dada sahvan avval biror oyatni qiroat qilib, keyin "œAttahiyyot"ni o‘qisa, sajdai sahv qilmoq unga vojibdir.


Agar oxirgi qa’dada avval "œAttahiyyot"ni o‘qib, undan so‘ng unutgan holda biror oyatni o‘qisa, ul namozxon uchun sujudi sahv yo‘q.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:01:31

23-masala. Namozxon ruku’da yo sujudda "œAttahiyyot"ni o‘qisa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

24-masala. Imom jahriy namozda namoz joiz bo‘ladigan miqdordagi qiroatdan keyin sahvan past qiroat qilsa yoki maxfiy namozda namoz joiz bo‘ladigan miqdordagi qiroatdan keyin sahvan baland qiroat qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

25-masala. Namozxon namoz oxiridagi salomni unutdi.


Uni Qur’ondan o‘qiladigan vazifasi bor edi, Qur’on o‘qishni boshladi yo jim bo‘lib qoldi, keyin salom bermagani yodiga tushdi. Sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

26-masala. Namozxon salomdan boshqa bir lafz bilan5  namozdan chiqsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:01:44

VOJIBNI TARK QILISH

27-masala. Namozxon "œFotiha"ning ko‘proq qismini sahvan tark qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.


Lekin "œMujtabo" kitobining qavliga ko‘ra, "œFotiha"dan bir oyatni tark qilsa ham sujudi sahv qilmoq vojibdir va shu qavl avloroq ("œMujtabo" sohibining qavliga ko‘ra, "œFotiha"ni to‘liq o‘qish vojibdur). Bas, "œFotiha"dan bir oyatni tark qilish bilan ham, albatta, sujudi sahv qilmoq kerak.

28-masala. Namozxon sahvan sura zam qilishni tark qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

Ya’ni "œKavsar" surasiga o‘xshash bir qisqa surani zam qilishni tark qilsa yoki "œFotiha" bilan birga bir qisqa oyatni qiroat qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir. Chunki "œFotiha" bilan birga Kalomullohdan uch qisqa oyat yoki "œOyatul kursi"ga o‘xshash bir uzun oyatni qiroat qilmoq, bil ijmo’, namozning vojiblaridandur.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:01:58

29-masala.  Namozxon sahvan tartib rioyasini tark qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

Chunki qiyom, qiroat va ruku’ va sujud orasidagi tartibga rioya qilish vojibdir.

Ey tolibi diniy va birodari joniy! Bilki, qiyom, ruku’, sujud va oxirgi qa’da orasidagi tartibga rioya qilish sohibi "œRaddul muhtor" alayhirrahmah nazdida farzdir va sohibi "œNiqoya" nazdida vojibdir. Bas, bu masalada xilof samarasi shuki, namozxonning biror rak’atda ruku’ni sahvan tark qilgani oxirgi qa’dadan so‘ng yodiga tushsa, o‘sha ruku’ni keyingi sajdalari bilan qazo qiladi. Ya’ni tikka turib ruku’ni va sajdalarni qayta bajaradi.

Agar oxirgi qa’dadin keyin qiyom yo qiroatni tark qilgani yodiga tushsa, bu suratda turib, bir rak’at namozni o‘qib oladi. Ammo sohibi "œNiqoya" nazdida o‘sha tark etilgan ruknning o‘zini qayta bajaradi, xalos. Mazkur suratlarda, o‘n birinchi masalada o‘tganidek, oxirgi qa’dadan keyin qilgan sahvi uchun luzuman sajdai sahv qiladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:02:28

30-masala. Namozxon qa’dai avvalni tark qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

Ya’ni "œZohiri rivoyat"ga binoan farz, vojib va sunnat namozlarida qa’dai avvalda sahvan bir tashahhud miqdori o‘tirishni tark qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojib bo‘ladi.

31-masala. Namozxon ikki qa’dada sahvan tashahhudlarni o‘qishni tark qilsa, sujudi sahv unga vojibdir.

Ya’ni avvalgi qa’da yo oxirgi qa’dada sahvan "œAttahiyyot" o‘qishni tark qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

32-masala. Namozxon sahvan tashahhuddan andak qismini tark qilsa, "œZohiri rivoyat"ga ko‘ra, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

Shuningdek, asahh qavlga ko‘ra, hamma qa’dada, ya’ni har marta o‘tirib tashahhud o‘qiganda, agar "œAttahiyyot"dan andak qismi tark bo‘lsa, sujudi sahv qilmoq vojibdir. Masalan, masbuq (jamoat namozining avvalidan kechikkan kishi) to‘rtinchi rak’atga yetib oldi. "œAttahiyyot"ni imom bilan birga o‘qiydi, qa’dai avvalda ham, oxirgi qa’dada ham "œAttahiyyot"ni o‘qiydi. Agar unga sujudi sahv voqe’ bo‘lsa, yana "œAttahiyyot"ni o‘qiydi. Bas, mana shu to‘rt marta "œAttahiyyot"dan andak qismi tark bo‘lsa, sujudi sahv qilmoq vojibdir.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:02:57

33-masala.  Namozxon vitr namozida "œQunut" duosini sahvan tark qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

FOYDA.
  Agar ruku’da "œQunut" duosini o‘qimaganligi yodiga tushsa, bas, albatta, "œQunut" duosi uchun ruku’dan qaytmasligi sahihdur. Agar qaytib "œQunut" duosini o‘qisa, ruku’si matruk (tark qilingan) bo‘lmaydi, lekin sujudi sahv qiladi. Ya’ni ruku’dan qiroat uchun qaytganida, ul ruku’si matruk va fosid bo‘lar edi. Yuqorida o‘tganidek, agar "œQunut"ni o‘qisa va ruku’ni qayta bajarmasa, bu suratda ruku’ matruk va fosid bo‘lmaydi.

34-masala.  Namozxon ikki iyd (hayit) namozi takbirlarini sahvan tark qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

Shuningdek, ikki iyd takbirlarining bittasi tark bo‘lsa ham, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir. Bu tahrir (ya’ni yuqorida o‘tgan masalalar) ikki iyd takbirlarining har biri mustaqil vojib ekanini anglatadi.

Bilmoq kerakkim, sujudi sahv iyd va jum’a namozlarida, besh vaqtlik farz va nafl namozlarda barobardir. Ikki iyd va jum’a namozida agar ko‘p odam yig‘ilgan bo‘lsa, keyingi ulamolar nazdida, fitnani daft etish uchun sujudi sahv qilmaslik ixtiyor qilingandir. Agar ikki iyd va jum’a namozlarida ko‘p odam yig‘ilgan bo‘lmasa, jamoatning kamligi uchun albatta, sujudi sahv lozimdir.

Agar jum’a va ikki iyd namozidan boshqa namozlarda ham ko‘p odam yig‘ilgan bo‘lsa, zohir qavlga ko‘ra, sajdai sahv qilinmaydi, xususan, bizning zamonamizda. Balki sujudi sahvni tark etish avlodir, toki odamlar fitnaga qolmasinlar.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:03:11

35-masala. Namozxon uch va to‘rt rak’atlik farz namozlarning avvalgi ikki rakatlarini qiroat uchun tayin qilmasa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

Ya’ni uch va to‘rt rak’atlik farz namozlarining avvalgi ikki rak’atida qiroat qilish vojib edi. Bas, kimki uch va to‘rt rak’atlik farz namozining avvalgi ikki rak’atida yo bu ikki rak’atning birida sahvan qiroatni tark qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

Bilmoq kerakki, mazkur suratda avvalgi ikki rak’atning birida sahvan qiroatni tark etgan bo‘lsa, keyingi ikki rak’atning bir rak’atida, albatta, qiroat qilmoq farz bo‘ladi. Agar avvalgi ikki rak’atda qiroatni tark etgan bo‘lsa, keyingi ikki rak’atda, albatta, qiroat qilmoq farz bo‘ladi. Chunonchi, ikki rak’at (bomdod, jum’a va safardagi) farz namozining ikki rak’atida ham qiroat farz bo‘lgani kabi.

Agar shom namozida oxirgi qa’dadan keyin sahvan avvalgi ikki rak’atda qiroatni tark qilgani va qa’dai avvaldan keyin faqat bir rak’atda qiroat qilgani yodiga tushsa, yana bir rak’at qiroat qilib o‘qiydi va sahvi (xatosi) uchun luzuman sajdai sahv qiladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:03:33

Savol: Namozxon xuftan namozining avvalgi ikki rak’atida sahvan zammi surani tark etsa, nima qiladi?

Javob: Oxirgi ikki rak’atda vujuban "œFotiha" va surani jahr qilib o‘qiydi. Ya’ni imom xufton namozining avvalgi ikki rak’atida "œAlhamdu"ni o‘qidi va sahvan sura zam qilmadi. Oxirgi ikki rak’atda "œAlhamdu" va zammi surani jahr qilib o‘qishi vojib bo‘ladi va sujudi sahv qilmoq unga vojibdir. Shuningdek, imom xuftan namozida avvalgi ikki rak’atining birida zammi surani tark qilsa, uchinchi yo to‘rtinchi rak’atda zammi surani "œFotiha" bilan jahriy o‘qiydi.

Agar imom shom namozining bir rak’atida surani sahvan tark qilsa, uchinchi rak’atda qiroat qiladi. Agar imom shom namozining avvalgi ikki rak’atida barobar zammi surani tark qilsa, uchinchi rak’atda "œFotiha" va zammi surani o‘qiydi va boshqa bir rak’atning qiroati favt bo‘ladi. Va vujuban sajdai sahv qilmoq bilan namozi durust bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:03:43

Peshin va asr namozi kabi maxfiy o‘qiladigan to‘rt rak’atlik namozlar ham shunga o‘xshashdir. Alhosil, agar imom maxfiy o‘qiladigan namozlarning avvalgi ikki yoki bir rak’atida surani tark qilgan bo‘lsa, oxirgi ikki rak’atlarida yoki oxirgi bir rak’atida surani "œFotiha"ga zam qilib maxfiy o‘qiydi va sujudi sahv unga vojib bo‘ladi.

Bomdod ham shom namoziga o‘xshashdir. Ya’ni bomdod namozining birinchi rak’atida surani sahvan tark etib sajdaga borgan bo‘lsa, endi bomdodning ikkinchi rak’atida zammi surani qazo qilib bo‘lmaydi, bu holatda vujuban sajdai sahv bilan namozi durust bo‘ladi.

Bilmoq kerakkim, (bu masalalarda) yolg‘iz namoz o‘quvchi ham imomga o‘xshashdir. Ya’ni yolg‘iz namoz o‘quvchi kishi xufton namozining avvalgi ikki rak’atida sahvan zammi sura o‘qishni tark etgan bo‘lsa, oxirgi ikki rak’atda "œAlhamdu"ga sura zam qilishi vojibdir. Lekin jahriy o‘qishda yolg‘iz namoz o‘quvchi kishi ixtiyorlidir. Yolg‘iz namoz o‘quvchi kishi uchun qolgan boshqa namozlar ham shunga o‘xshashdir.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2007, 07:04:04

36-masala.  Namozxon sahvan ta’dili arkonni tark qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

Ya’ni ruku’da yo sujudda, shuningdek, qavmada (ruku’dan qiyomga qaytganda) yo jalsada (ikki sajda o‘rtasida o‘tirganda) bir tasbeh (subhona rabbiyal azim deyish miqdoricha) orom olishni sahvan tark qilsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir. Chunonchi, ruku’da "œSubhona" dedi-yu "œRobbiyal ‘azim" demasdan ko‘tarildi yoki qavmada va jalsada "œSubhona" deyish miqdorida turib sajdaga borsa, sujudi sahv qilmoq vojibdir.

37-masala. Namozxon qiroatdan keyingi, "œQunut" duosidan oldingi takbirni sahvan tark etsa, sujudi sahv qilmoq unga vojibdir.

Chunki bu takbir ikki iyd takbirlari maqomidadur.

Qayd etilgan