13. Namozga tegishli bo‘lmagan so‘z gapirsa. Qasddan bir kishiga salom bersa yoki salomga alik olsa, beuzr ingrab, kamida ikki harfli ovoz chiqarsa, tovush chiqarib yig‘lasa ham, namoz buziladi, lekin yig‘lashi oxirat tashvishi bilan bo‘lsa, zarari yo‘q. Aksa urib alhamdulillah, degan kishiga javob qaytarsa, imomdan boshqaning qiroatini to‘g‘rilasa, namozdan tashqaridagi kishining qiroatini to‘g‘rilash uchun aytgan kalomini qabul qilib, unga ergashsa ham, namoz buziladi. Yana gapga garchi zikr bilan bo‘lsa ham, javob qaytarsa, namoz botil bo‘ladi. Misol uchun bir kishi mag‘lub bo‘ldi, desa-yu, namozda turgan kishi unga javoban alhamdulillah, desa yoki «Bir musulmon olamdan o‘tibdi», desa, unga javoban «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un», desa ham, namoz buziladi.
Mushafga qarab turib namozda qiroat qilsa, najosat ustiga sajda qilsa, insonlardan so‘raladigan narsani namoz ichida duo qilib so‘rasa ham, namoz buziladi.