Noza yozadilar:
Davomi...
...-- Mana bular: 1.Ollohdan menga odam o’g’illarining moliga va avlodiga sherik qilasan, deb tiladim. Bu talabimni qabul qildi: "œUlarga sherik bo’l. mollariga va bolalariga. Ularga va’da ber. Holbuki, shayton ularga eng ko’p g’urur berur"¦" (17:64), dedi Robbim. "œBismilloh" siz so’yilgan hayvonning go’shtini yeyman, foiz va harom aralashgan ovqatlardan yeyman. Shaytondan qochib Allohga sig’inilmagan ("œA’uzu"¦"deyilmagan) molining ham sherigiman.
Jinsiy aloqa vaqtida mendan panoh tilab Ollohga sig’inagan odam bilan birga ayoliga yaqinlik qilaman. Va bu yaqinlikdan, birlashuvdan paydo bo’lgan bola bizga itoat etadigan, so’zimizni bajaradigan bo’ladi.
Kimki hayvonga minar ekan, halol yo’lni emas, aksincha harom yo’lni hohlab minsa, men ham u bilan birga minaman. Bu esa oyati karima bilansobitdir: "œ"¦Ularning ustiga otliq va piyoda (lashkarlaringni) tort, topgan mol-davlat va bola-chaqalarida ularga sherik bo’l (ya’ni, ularni haromdan mol-dunyo va bola-chaq ortirishga unda), ularga (yolg’on) va’dalar qil". Darhaqiqat shayton ularga faqat aldov-yolg’on narsalarnigina va’da qilur" (17:64).
2.Olloh taolodan tiladimki, menga bir uy bersin. Hammomlarni menga uy o’laroq berdi.
3.So’radimki, menga bir masjid bersin. Bozorlarni menga masjid qilib berdi.
4.Menga o’qish uchun kitob berishini istadim, she’rlarni menga o’qish uchun kitob qilib berdi.
5.Xohladimki, menga bir azon bersin. Munojotlar, qo’shiqlar berdi.
6.Tiladimki, menga yotoq do’sti bersin. Mast, sarxushlarni berdi.
7.Istadimki, menga yordamchilar bersin, buning uchun esa qadariyachilarni berdi.
8.Xohladimki, menga birodarlar bersin, mollarini bekorga isrof qiluvchilarni berdi. Yana ma’siyat (gunoh, harom) ishlarga pulini sarflaydiganlarni berdi. Buni esa mana bu oyati jalila isbotlaydi: "œChunki isrof qiluvchilar shaytonlarning birodarlari bo’lgan kimsalardir" (17:27).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buyurdilar:
-Agar so’zlaringni Ollohning kitobidagi oyatlar bilan isbotlamasayding, senga ishonmas edim.
Iblis davom etdi:
-9.Ey Muhammad, Ollohdan tiladimki, men odam bolalarini ko’rayin, ammo ular meni ko’rmasinlar. Bu tilagim ham qabul etildi.
10.So’radimki, odam farzandlarining qon yo’llarini menga yo’l o’laroq ber. Bu istagim ham amalgam oshdi. Shunday qilib men ular orasida pqib turaman, kezaman, qanday istasam shunday aylanib yuraman. Barcha bu istak-xohishlarimni menga berdi va: "œBarchasi berildi senga", dedi Robbim. Va men bu holatlarim bilan faxrlanaman.
Shuni ham qo’shib qo’yayki, men bilan birga bo’lganlar sen bilan birga bo’lganlardan ko’pdir. Mena shunday, odam farzandlarining aksari qismi qiyomatgacha men bilan birga bo’ladilar.