Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy. Oxirat kuniga tayyorgarlik  ( 100038 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 B


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:17:56


* * *
Abul Fazl roziyallohu anhu aytdilar: «Alloh taolo kitobini o‘nta nom bilan atadi:
Qur’on.
Furqon.
Kitob.
Tanzil.
Hidoyat.
Nur.
Rahmat.
Shifo.
Ruh.
10.   Zikr.

Qur’on, Furqon, Kitob, Tanzil nomlari mashhurdir. Hidoyat, Nur, Rahmat, Shifo nomlari quyidagi oyatda kelgan: «Ey insonlar, sizlarga Parvardigoringiz tomonidan pand-nasihat, dillaringizdagi buzuq e’tiqodlardan iborat narsalarga shifo va iymon keltirgan zotlarga hidoyat va rahmat (ya’ni, Qur’on keldi). Sizlarga Alloh tarafidan Nur - ochiq kitob keldi».
Ruh esa quyidagi oyatda kelgan: «Shunday qilib Biz o‘z amrimiz bilan sizga Ruhni - Qur’onni vahiy qildik».
Zikr esa quyidagi oyatda kelgan: «Sizga esa odamlarga bayon qilib berishingiz uchun bu eslatmani - Qur’onni nozil qildik».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:18:15


*   * *
Ba’zi hakimlar aytishdi: «Tavba qiluvchi oqil o‘n narsaga amal qilmog‘i lozim:
Til bilan istig‘for aytish.
Qalb bilan nadomat chekish.
Badanidan (gunohni) sug‘urib tashlash.
Abadiy o‘sha gunohga qaytmaslikka qasd qilish.
Oxiratga muhabbat qo‘yish.
Dunyoga g‘azab qilish.
Kalomni kamaytirish.
Yemakni ozaytirish.
Ichimlikni kamaytirib, ilm va ibodatga mashg‘ul bo‘lish.
10.   Uyquni ozaytirish».

Alloh taolo Vaz-Zoriyot surasining 17-18-oyatlarida «Ular kechadan ozgina (fursatgina) ko‘z yumar edilar. Va saharlarda ular mag‘firat so‘rar edilar», deb aytgan.

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:18:31


*   * *
Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytdilar: «Yer har kuni o‘nta kalima bilan nido qiladi:
Ey odam bolasi, ustimda harakat qilib yurasan-u, qaytishing mening bag‘rimgadir.
Ustimda gunoh qilib yurasan, ichimda azoblanasan.
Ustimda kulib yurasan, ichimda yig‘laysan.
Ustimda xursand bo‘lasan, ichimda xafa bo‘lasan.
Ustimda mol-dunyo to‘playsan, ichimda nadomat qilasan.
Ustimda harom narsalarni yeysan, ichimda qurtlar seni yeydi.
Ustimda o‘zingni katta olib yurasan, ichimda xor bo‘lasan.
Ustimda shod-xurram yuribsan, ichimda g‘am-g‘ussa ila bo‘lasan.
Ustimda yorug‘lik ila yuribsan, ichimda zulmatda bo‘lasan.
10.   Ustimda jamoat ila yuribsan, ichimda yakka o‘zing bo‘lasan».


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:18:43

*   * *
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimning kulgisi ko‘paysa, o‘nta narsa ila uqubatlanadi:
Qalbi o‘ladi.
Yuzining nuri qochadi.
Shayton undan xursand bo‘ladi.
Rahmon unga g‘azab qiladi.
Qiyomat kuni u muhokama qilinadi.
Qiyomat kuni Rasululloh undan yuz o‘giradilar.
Farishtalar la’natlaydilar.
Yer va osmon ahli undan g‘azablanadi.
Har xil narsalarni unutib yuboradi.
10.   Qiyomat kuni ayblari ochilib sharmanda qilinadi».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:19:42

*   * *
Hasan al-Basriy aytdilar: «Kunlarning birida bir obid yigit bilan Basra bozorida olomon orasida aylanib yurib bir tabibni uchratdik. Tabib xontaxta oldida o‘tirar, huzurida erkaklar, ayollar, yosh bolalar turishardi. Ularning qo‘llarida shisha idish bo‘lib, ichida suv bor edi. Har bir kishi kasaliga qanday shifo topishni so‘rayapti. Shunda haligi yigit tabibga yaqin borib: «Ey tabib! Sizda gunohlarni yuvib, qalb kasaliga shifo beruvchi dori bormi?» dedi. Tabib esa shunday dedi: «Bor, buninguchun quyidagi o‘nta narsani olgin:
Tavoze’ va kambag‘allik daraxtining ildizini olgin.
Uni tavba o‘simligiga aralashtirgin.
Rizo hovonchasiga solgin.
Qanoat arrasiga qo‘ygin.
Taqvo qozoniga tashlagin.
Hayo suvini quygin.
Muhabbat olovi ila qaynatgin.
Shukr qadahiga quygin.
Umid sovutgichi ila sovutgin.
10.   Hamd qoshig‘i ila ichgin.

Albatta ana shularga amal qilsang, har kasallikka va dunyo-oxiratdagi balolarga foyda beradi».


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:20:03


* * *
Bir podshoh besh nafar ulamo va hakimni jamlab, ularga bittadan hikmatli so‘z aytishni buyurdi. Olimlarning har biri ikkitadan hikmat aytib, ularni o‘ntaga yetkazishdi:
1.   «Xoliqdan xavf qilish omonlikdir, Undan omonda bo‘lish
kufrlikdir. Maxluqdan omonda bo‘lish ozodlikdir, undan xavfda bo‘lish
qullikdir».
2.   «Allohdan umid qilish boylikdir, bunda kambag‘allik ham zarar
keltira olmaydi. Undan noumid bo‘lish esa kambag‘allikdir, bunda
boylik ham foyda keltira olmaydi».
«Qalb boyligi ila cho‘ntak kambag‘alligi zarar keltira olmaydi, qalb kambag‘alligi ila cho‘ntak boyligi foyda keltira olmaydi».
«Qalb boyligi saxiylik ila faqat boylikni ziyoda qiladi, qalb kambag‘alligi cho‘ntak boy bo‘lishiga qaramasdan faqat kambag‘allikni ziyoda qiladi».
5.   «Yaxshilikning ozginasini olishlik yomonlikning ko‘pini tark
qilishdan yaxshiroqdir. Yomonlikning ko‘pginasini tark qilishlik
yaxshilikning ozini olishdan yaxshiroqdir».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:20:16

*   * *
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ummatimdan o‘n toifa kishi borki, ular jannatga kirishmaydi. Faqat tavba qilganlarigina bundan mustasnodirlar:
Amirlar orasida yuruvchi kishi.
Qabrlarni kavlab, undagi boyliklarni o‘g‘irlovchi kishi.
Ko‘p chaqimchilik qilib yuruvchi kishi.
Uyida yosh qizlarni fahsh niyatida to‘plovchi (qo‘shmachi).
Ahli-ayolidan qizg‘anmaydigan dayus.
Nog‘ora chaluvchi.
Tor chaluvchi.
Uzrni qabul qilmaydigan va gunohni tark etmaydigan kishi.
9.   Zinokor va yo‘l o‘rtasida o‘tirib olib insonlarni g‘iybat qiluvchi
kishi.
10.   Ota-onaga oq bo‘luvchi kishi».


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:20:59

*   * *
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «O’n nafar kishi borki, Alloh taolo ularning namozlarini qabul qilmaydi:
Namozni qiroatsiz yakka o‘quvchi.
Zakotni ado etmaydigan kishi.
Imomni agar qavmi karih ko‘rsa.
Hojasidan qochib ketgan qul.
Doimiy aroq ichuvchi kishi.
Bir ayolning eri undan g‘azablangan bo‘lsa.
Ro‘molsiz namoz o‘quvchi hur ayol.
Sudxo‘r.
Zolim imom.
10.   Bir kishining namozi fahsh va munkar ishlardan qaytarmasdan,
faqat Allohdan uzoqlashishini ziyoda qilsa».

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:21:11

* * *
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Masjidga kiruvchi kishi o‘nta xislatga amal qilmog‘i lozimdir:
1.   Oyoq kiyimini yechib, o‘ng oyoq bilan kirish.
Kirayotganida «Bismillohi va salomun hala Rasululloh va hala malaikatillahi, allohumma iftah lana abvaba rohmatika innaka antal vahhob», deb aytish. (Ya’ni: «Allohning ismi bilan boshlayman. Allohning rasuli va farishtalariga salomlar bo‘lsin. Allohim rahmat eshiklarini ochgin. Albatta Sen berguvchi Zotsan».)
Masjid ahliga salom berish. Agar hech kim bo‘lmasa, «Assalomu halayna va hala ibadillahis solihiyn», deb aytish. (Ya’ni: «Bizga va Allohning solih bandalariga salomlar bo‘lsin».)
«Ashhadu anla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadur rasululloh», deb aytish. (Ya’ni: «Allohdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad Uning rasulidir».)
Namoz o‘quvchining oldidan o‘tmaslik.
Dunyo amalini qilmaslik.
Dunyo so‘zini so‘zlamaslik.
Ikki rakat namoz o‘qimaguncha masjiddan chiqib ketmaslik.
Tahorat bilan kirish.
10. Turayotganida «Subhanakallohumma va bihamdika ashhadu anla ilaha illa anta astag‘firuka va atuvbu ilayka», deb aytish. (Ya’ni: «Allohim, Senga hamd aytish ila Seni poklab yod eturman. Sendan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik beraman. Senga istig‘for aytib, Senga tavba qilaman».)


Qayd etilgan


mutaallimah  05 Noyabr 2007, 02:29:35

*   * *
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Namoz dinning ustunidir. Unda o‘nta xislat bor:
Yuzni ziynatlaydi.
Qalbni nurlantiradi.
Badanni rohatlantiradi.
Qabrda yo‘ldosh bo‘ladi.
Rahmat tushiradi.
Osmonning kalitini qo‘lga kiritadi.
Tarozini og‘irlashtiradi.
Rabbini rozi etadi.
Jannatning qiymatini qo‘lga kiritadi.
10.   Do‘zaxdan hijob bo‘ladi.
Kim namozni qoim qilsa, dinni qoim qilibdi. Kim namozni tark qilsa, dinni buzibdi

Qayd etilgan