Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (1-jild)  ( 863745 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 123 124 125 126 127 128 B


Munira xonim  12 Oktyabr 2006, 11:16:08

23-bob. Ramazonning ikkinchi o'n kinligida e'tikof o'tirmoq haqida.

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va' sallam har Ramazonda o‘n kun e’tikofga o‘tirar erdilar. Vafot qiladirgan yillari ersa, yigirma kun e’tikof qildilar»,- deydilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Oktyabr 2006, 11:17:14

24-bob. E'tikofda o'tirgan kishi e'tikofni to'htatmoqchi bo'lsa...

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirg‘ayman, deb odamlarga aytdilar» ,— deydilar.
O’shanda Oisha ham e’tikofga o‘tirmakka Janobdan ruxsat so‘radilar, ul kishi ijozat berdilar. Hafsa Oishaga: ' «Menga ham ruxsat so‘rab beringiz»,- dedilar. Oisha ul kishiga ruxsat so‘rab berdilar. Buni ko‘rgan Zaynab ham o‘zlariga masjiddan e’tikof uchun joy tayyorladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiganlaridan so‘ng, e’tikofda o‘tiradirgan joylariga qaytganlarida, ul yerdagi e’tikofga tayyorlab qo‘yilgan joylarni ko‘rib: «Bu nesidir?»-dedilar. «Oisha, Hafsa va Zaynabning joylari»,- deb aytishdi. Janob Rasululloh: «Yaxshi ish qilishmabdir, men e’tikofimni to‘xtatg‘aymen»,- deb ro‘zalarini buzdilar. Keyin, Shavvol oyida o‘n kun e’tikof qildilar».

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Oktyabr 2006, 11:18:33

25-bob. E'tikofda o'tirgan kishi yuvdirmoq uchun boshini darchadan chiqaradir.

Oisha raziyallohu anho: Janob Rasulullohning muborak boshlarini, e’tikofda bo‘lganlarida hayz ko‘rganligimga qaramay, yuvib-tarab qo‘yardim»,- deydilar. Janob Rasululloh masjidda turib, darchadan boshlarini chiqarar erdilar. Oisha onamiz hujralarida turib, muborak boshlarini yuvib-tarab qo‘yardilar

Qayd etilgan



AbdulAziz  07 Iyun 2009, 01:24:13

Al-Jome' as-sahih. 1-jild



Muallif: Imom al-Buxoriy
Hajmi: 1,13 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan