Umumiy bo'lim > Islomiy kitoblar

Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (1-jild)

<< < (255/255)

Munira xonim:
23-bob. Ramazonning ikkinchi o'n kinligida e'tikof o'tirmoq haqida.

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va' sallam har Ramazonda o‘n kun e’tikofga o‘tirar erdilar. Vafot qiladirgan yillari ersa, yigirma kun e’tikof qildilar»,- deydilar.

Munira xonim:
24-bob. E'tikofda o'tirgan kishi e'tikofni to'htatmoqchi bo'lsa...

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirg‘ayman, deb odamlarga aytdilar» ,— deydilar.
O’shanda Oisha ham e’tikofga o‘tirmakka Janobdan ruxsat so‘radilar, ul kishi ijozat berdilar. Hafsa Oishaga: ' «Menga ham ruxsat so‘rab beringiz»,- dedilar. Oisha ul kishiga ruxsat so‘rab berdilar. Buni ko‘rgan Zaynab ham o‘zlariga masjiddan e’tikof uchun joy tayyorladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiganlaridan so‘ng, e’tikofda o‘tiradirgan joylariga qaytganlarida, ul yerdagi e’tikofga tayyorlab qo‘yilgan joylarni ko‘rib: «Bu nesidir?»-dedilar. «Oisha, Hafsa va Zaynabning joylari»,- deb aytishdi. Janob Rasululloh: «Yaxshi ish qilishmabdir, men e’tikofimni to‘xtatg‘aymen»,- deb ro‘zalarini buzdilar. Keyin, Shavvol oyida o‘n kun e’tikof qildilar».

Munira xonim:
25-bob. E'tikofda o'tirgan kishi yuvdirmoq uchun boshini darchadan chiqaradir.

Oisha raziyallohu anho: Janob Rasulullohning muborak boshlarini, e’tikofda bo‘lganlarida hayz ko‘rganligimga qaramay, yuvib-tarab qo‘yardim»,- deydilar. Janob Rasululloh masjidda turib, darchadan boshlarini chiqarar erdilar. Oisha onamiz hujralarida turib, muborak boshlarini yuvib-tarab qo‘yardilar

Doniyor:
MUNDARIJA

Muqaddima
Iymon kitobi
Ilm kitobi
Tahorat kitobi
G'usl kitobi
Hayz kitobi
Tayammum kitobi
Namoz kitobi
Namoz vaqtlari haqida kitob
Azon kitobi
Jum'a kitobi
Ikki hayit haqida kitob
Vitr haqida hadislar
Alloh taolodan yomg'ir so'rash
Kun tutilishi haqida kitob
Qur'on tilovat qilinganda sajda qilmoq
Namozni qasr o'qish
Kechasi Tahajjud o'qish
Nafl namozlari
Makka va Madinada o'qilgan namozning fazilatlari
Namozda qilinadigan harakatlar
Janoza va o'lim
Zakot berishning vojibligi
Haj kitobi
Umra haqida
Muhsar va ovdan tegadigan ulush haqida
Haj vaqtidagi ov haqida
Madina fazilatlari haqida kitob
Ro'za kitobi
Tarovih kitobi
Laylatul qadrning fazilati
E'tikof haqida

AbdulAziz:
Al-Jome' as-sahih. 1-jild



Muallif: Imom al-Buxoriy
Hajmi: 1,13 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Navigation

[0] Message Index

[*] Previous page

Go to full version