Ilm va ziyo > She'riyat

Hazil she'rlar

(1/4) > >>

shoir:
TURG‘UNBOY

Ish axtarib Turg‘unboy
Necha kunki sarsondir.
Omadining teskari
Yurishidan hayrondir.

Yo‘qsa, bajo qilingan
Barcha tartib-qoida!
Hujjatlari bir talay,
Propiska joyida.

Qayga borsa keling, deb
Xushnud qarshi olishar.
Lekin suhbat so‘ngida
O’ylanishib qolishar.

- Afsus, afsus, - deyishar,.
Tag‘in bir oz kutgaysiz,
Va’da bergan bo‘lsak gar
Bizni ma’zur tutgaysiz.

Ish axtarib Turg‘unboy
Necha kunki sarsondir.
Omadining teskari
Yurishidan hayrondir.

Turg‘unboyga shum taqdir
Sira shafqat qilmaydi.
Pora beray, der, ammo
Usulini bilmaydi.

Tik turgancha boshliqqa
Shikoyatin so‘zladi.
Ko‘rgan-kechirgan barcha
Hikoyatin so‘zladi.

Dedi: - Aybim nimadir,
Bilolmayin hayronman.
Shu mushkulning chorasin
Qilolmayin hayronman.

Boshliq uzoq o‘yladi,
Hujjatlarni varaqlab.
So‘ng xazina topganday
So‘z boshladi charaqlab:

- Hujjatlar-ku joyida,
Tuppa-tuzuk jismingiz.
Faqat bir gap: bizlarga
To‘g‘ri kelmas ismingiz.

Afsus, qayta qurishning
O’tmabsiz yo‘llarini.
Turg‘un ismi eslatar
Turg‘unlik yillarini.

Turg‘unboyning nogahon
Yorishdi o‘ksuk dili.
- Bor-yo‘q aybim shumi, - deb,
Kalomga keldi tili.

Dedi: - Nainki ismim,
Olamdan ham tonurman.
Ismim Turg‘unboy emas,
Mayli, Urg‘unboy bo‘lsin.

Urg‘unboyga munosib
Vazifani topdilar.
Turg‘unlikning yana bir
Sahifasin yopdilar.

Majlislarda endi u
Fursat poylab turadi.
Ur, desa bas, Urg‘unboy
Duch kelganni uradi.
1987

Abdulla Oripov

shoir:
SHOIR
(Hazil)

E’lon ossang agar biror shaharda,
Esi butun odam kerak deb shu on.
Taloto‘p bo‘lgandek ro‘zi mahsharda,
Yopirilib kelardi odamlar g‘ujg‘on.

E’lon ossang agar shaharda shu kun,
Jununvash, devona kimsaga doir.
Tarqab ketar edi qolganlar, butun,
Faqat qolar edi "œU men", - deb, shoir!..
1989

Abdulla Oripov

Hadija:
 :bs1:

 :as:

ADMIN VA BURGA HAQIDA BALLADA

Yaqin o'tgan zamonda, allaqaysi tomonda,
Odam bilmas bu zamin yashar ekan sisadmin.
Eski kompi yonida o'ltirarkan erta kech,
Viruslar-u yuzerlar tich qo'ymaslar uni hech.
Xatto ba'zi vaqtlar ovqat yemas, ichmas choy,
Bosh qashlashga yo'q fursat, tanlamaydi uyqu joy.
Shunday kunlar birida ko'z qizargan, qorin och
Bosh qashladi sisadmin:
(Po'stak bo'lib ketgan soch).
Monitorda hayoli, bir qo'l sichqon qidirar,
Birida boshdan tolgan kichik burga pitirar.
Sisadminga burgani chaqqani qildi alam,
Jon qayg'usi ostida tilga kirdi burga ham

- Ey odamzod bolasi! Tingla burga nolasin!
O'ldirmagin oshnajon, bolam yetim qolmasin!
Quloq solgin bir nafas, ko'p sirlarni bilaman,
Qo'yib yubor sochingga, ho'p yahshilik qilaman:"

Bunda xayron sisadmin, yelkasini uchirar
Spikerlar ovozin goh ko'tarib tushirar.
Esi og'ib sisadmin virtual deb o'ylaydi,
Monitorga anqayib o'z-o'ziga so'ylaydi:
- Ont ichaman, Windowda bunday xato bo'lmagan,
Hattoki Bill Geyts ham bunday burga ko'rmagan.
Kasperskiy viruslari ichida yo'q bundog'i,
Internetda ko'p ishlab aqldan ozdim chog'i...

O'ylanadi sisadmin, tinmay boshin qashlaydi
Kelolmay bir qarorga burga ko'nglin g'ashlaydi.
Ohir dedi, "Chidolmasman burgalar ko'z yoshiga,
Boshqa halal berma," - deb qo'yib qo'ydi boshiga:

Kun o'tqazib sisadmin kelar ishxonasiga,
Ko'rib eski kompini urar peshonasiga.
- Eh, axmoqman, o'zi men, omad kelsa bilmabman!
Hech bo'lmasa yangi komp talab qilib olmapman!
O'sha tilla burgani mendan jonga qarzi bor,
Qolaversa issiq joy, oshu-nonga qarzi bor.

Bosh qashlaydi sisadmin, izlar tilla burgani,
Topsa tilab tilagin davru-davron surgani.
Bosh dabdala bo'lgan chog' tirnoqlarning kuchiga
Burga kelib qo'nadi qoq burunning uchiga:
Deydi: "Ey olampanoh! Keching zarra qonimni,
Menga bergansiz panox, asragansiz jonimni.
Ne sabab bosh qashlaysiz? Menning dilim g'ashlaysiz?
Tilang tilagingizni! Ne savdolar boshlaysiz?!"

Admin deydi xo'rsinib: "Burga, tushun holimni,
O'zing menga yordam qil istasang kamolimni.
Kompyuter eskirgan, xuddi siniq arava,
Xotirasi yo'q hisob, ichi chigal kalava.
Vinchesterni ichiga in qurgan bad sektorlar
Viruslarni domiga tushib qo'lgan vektorlar.
Windowsni o'ylama, ishlar faqat MS-DOS,
Har bitta bayt hisobda. Ishonmaysan aytsam, do'st.
Hullas, menga Burgajon, bitta yordam berasan,
Menga atab super zo'r kompyuter terasan!
Yo'q deyishga shoshilma, sexrlisan, bilaman,
Yordam qilsang bir umr senga qulluq qilaman!"

Burga deydi: "Mayli siz aytganizcha bo'ladi
Tashvish qilmang, sovg'amdan xo'p ko'nglingiz to'ladi".
Shunday deb bir sakradi Burga burun ustida,
Birdan shovqin boshlandi Sisadminning ostida.
Kayfi o'char sisadmin, atrof tuman chang-to'zon,
Toza havo buzilgan, ko'z ochirmaydi bo'ron.
Bir oz o'tib sisadmin asta kelar o'ziga,
Bo'ron tingach, qarasa... Ishonmaydi ko'ziga:

Qarshisida yaltirab turar super terminal
To'rtta CPU! Cheksiz RAM! Xammasi original!
Og'zi ochiq sisadmin, hol qolmagan turgani
Yodga kelmas "Yo Rahmon", unutvorgan burgani.
Shundan buyon sisadmin ishlab sira tolmaydi
Qo'llar ikki sichqonda boshin qashlay olmaydi.
Kun o'tdimi yoki tun farq qilmaydi sisadmin,
Unut bo'lgan bu hayot, unut bo'lgan bu zamin.

Shunday kunlar birida kelib fikr boshiga
Urib qoldi sisadmin yag'ir peshonasiga:
- O'zi yaxshi bolamanu, aqlim oqsab qoladi
Ahir qaysi sisadmin mendek maosh oladi,
Erta-yu kech yuzerlar tegib ketar jonimga
Xar tomondan vuruslar tashna qilar qonimga.
Bir tomonda eski modem, tezlik sira oshmaydi
Ahir bunday internetda kimda sabr toshmaydi?

Bosh qashlaydi sisadmin izlar tilla burgani
Topsa tilab tilagin davru-davron surgani.
Bosh dabdala bo'lgan chog' tirnoqlarning kuchiga
Burga kelib qo'nadi qoq burunning uchiga:
Deydi "Ne gap? Ey do'stim, nega boshing qashlaysan?
Nega holing parishon, mening dilim g'ashlaysan?!

Admin deydi xo'rsinib: "Burga tushun holimni
O'zing menga yordam qil istasang kamolimni".

Shunday deya sisadmin dardin to'kib soladi
Burga esa tilagini inobatga oladi.
Burga sakrab joyidan ko'tarilar chang to'zon
Bo'lgan o'zgarishlarni bizga aytmoqqa oson.

Sisadminning bitta ham tarmog'ida yuzer yo'q,
Antivirus kerak emas viruslardan ko'ngli to'q.
Bill Geytsning o'zi unga dastur yozib beradi,
O'sha Linus Torvalds drayverlar teradi.
Hatto mashhur IBM unga qaram ishlaydi
Dam olganda virtual Alyaskada qishlaydi.
Bir yonda 3D qizlar puldan gullar dastalar
Yonida virtual Bax unga qo'shiq bastalar.
Xullas kalom ishlar besh, davron surar sisadmin
Xatto uning nomiga o'tkazildi bu Zamin.
Shunday... Qaxramonimiz, ishlamaydi, tolmaydi,
Qo'llar botgan oltinga, boshin qashlay olmaydi.

Bir kuni kayf holiga fikr kelib boshiga
Urib qoldi sisadmin yana peshonasiga.
Endi boshi qashlamas. Chaqiradi burgani
Ko'tarilgan burnida yana uni ko'rgani.

Burga kelar bag'ri hun, holi qurigan butun,
(toza joyda yashashdan ne foyda burga uchun?!)
Iltimosni unutgan, sisadmin do'q qiladi
Burnidagi burgani oyog'idan iladi:
-Endi burga, oshnajon, xamma ishni bilasan
Bugun bitta maslahatli vazifani qilasan.
Yalinmoqlik burgaga obro'yimga xos emas,
Yana bundan tashqari turqimiz ham mos emas.
Xatto chidab kelganmiz, yashasang ham boshimda,
Endi qo'lni qovushtirib turgin mening qoshimda.
"Vinchestering" eskirgan, hotirangga ishonch yo'q,
"Birdan o'lib qolsa" deb bo'lolmaydi ko'nglim to'q.
Xullas, Burga, oshnajon, sirni menga aytasan!
Shunda yana boshimga eson omon qaytasan.

Burga deydi: Ey gumroh, ko'ngling neni istaydi?
Rost. Orzuga ayb yo'q! Faqat kulgim qistaydi.
Mayli deydi, sen aytgan xar ish bo'lsin iloyim,
Faqat, shoxni gadodan qarz qilmasin Hudoyim.

Shunday deya sakradi Burga admin qo'lida
Faqat qoldi chang-to'zon uning ketgan yo'lida.
Tuman tushib olamga, ko'kni bulut qopladi,
Bo'ron bo'lib, yog'ib do'l, xammayoqni bopladi.
Ko'z ocholmas sisadmin ko'zga xas-cho'p tiqilgan
Quyun ilib oyog'in, bir chekkada yiqilgan.

Ko'kda chaqmoq tinadi... Bulut chetga qochadi...
Quyosh bilan sisadmin asta ko'zin ochadi...

Atrof jim-jit, sokinlik... Zulmatga botgan zamin...
Eski kompi yonida o'tiribdi kal admin...

Ayo do'stlar kulmangiz, Sisadminning holiga
Toki tushib qolmaylik biz uning axvoliga!
Manbaa: www.osiyo.uz
P.S bu faqatgina hazilomus she'r, har bir narsadan bir hikmat olamiz deb umid qilaman, InshaAlloh :)...

UzMuslim:
DO'STLAR SEROB BO'LIB QOLADI
DOMLALARHAM QO'LING OLADI
QALBDA QUVONCH YOG'DU SOLADI
STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA

DASTURXONDA NOZ NEMAT BISYOR
LAGANLARDA ISSIQ PALOV BOR
HAMMOLLIKNI QIB QOLASAN OR
STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA

O'TGAN KUNLAR UNUT BO'LADI
QIYINCHILIK YODI SO'NADI
MUHABBATDAN QIZLAR O'LADI
STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA

SHIMING SILLIQ KUYLAGING SILLIQ
ETIBORLAR SENGADIR ILIQ
CHIQIB QOLAR ORTIQCHA QILIQ
STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA

ISMING QISQA AYTMAYDI BIROV
SENGGA YORDAM BERMAGAN TUNOV
BIRODARDIR UNUTILIB YOV
STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA

TELEFONNI JIRING JIRINGI
YOQIB QOLAR QIZLAR XIRINGI
CHANG BOSADI HAR KITOBINGNI
STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA

DARSINGNI BIROV QILADI
SO'ZLARINGNI DONO BILADI
HAMMA AYTGAN SO'ZING ILADI
STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA

DUSHMANLARING DOSTLARDEK SAF SAF
XARAJATDAN DO'STIM YO'QDIR NAF
QO'YGIN PULING ERTAGA ASRAB
STIPENDIYA OLGAN KUNINGDA

UzMuslim:
UZUN KUYLAK TEZDA YO'QOLAR
KALTA KOFTA O'RNINI OLAR
YUPKALARHAM TIZZADAN TEPA
QOLIBSIZLAR TEZ O'ZGARIPA

MEN DEGANI MANGGA AYLANDI
MODNI BOLMOQ UCHUN SHAYLANDI
OYNA UZRA O'ZGA BOQIBDI
SIZGA SHAHAR JUDA YOQIBDI

BITSA SHERLAR SIZNI AXTARIB
ATAYSIZLAR UNI DEB XARIP
OSHIQLARGA BERARSIZ BUYRUQ
ASLIDASIZ SHUNCHAKI QURUQ

QOSH KO'ZLARNI BO'YABSIZ BIRAM
KESIB SOCHGA BERIBSIZ STAM
QANI SUMBUL SOCHU OYDAY YUZ
SO'ZIZDAHAM QOLMABDIKU TUZ

OCHIQ OYOQ TUFLILAR BALAND
BOSHQALARNI QILMAYIN PISAND
QANI O'TLI NIGOH SO'Z ILIQ
UNDAN KO'RA BO'LDIZ BEQILIQ

HOL SO'RAMAY OTA ONADAN
HOL SO'RAYSIZ G'IRT BEGONADAN
UY ISHLARI BO'LADI UNUT
TILIZ BIYRON QILMAYIN SUKUT

SHU AHVOLMI BU QANDAYIN HOL
SIZDA BITTA ILTIMOSIM BOR
QO'YING SHAHAR KO'RMANG QIZLARJON
YO'QOLARKAN QALBIZDA VIJDON

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version