Eng oily maqsad Iymondir.
Bu mehmonlarning mehmoni. Hayotning tugaganini e’lon qiluvchi farishta"¦nomi qo’rqinchli bo’lsa-da,Allohning amrini bajaruvchi bir farishta"¦Noiloj boshimni ko’tarib, "œmarhamat, kelin" deyman. Meni Allohga yetishtiruvchi so’nggi hamlani kutaman. Endi juda yaxshi bilamnki,, insonning eng katta vazifasi, eng buyuk maqsadi, eng katta da’vosi iymonli bo’lishdir. Chunki so’nggi damda, bizga qo’l keluvchi iymondir. Hamma narsa jim bo’lib, faqat iymon suhbatlashadigan so’nggi daqiqa. U paytda insonga hech narsa yordamlashmaydi. Ne do’st, na o’rtoq, na go’zallik, na boylik"¦Hayot tushunchasini ko’proq tushunib boryapman. Hayotning yagona ma’nosi bor, iymonni qo’lga kiritish yoki boy berish"¦Hamma hisob kitoblar shu asosda"¦Yordam ber,Yo Rabbim! Mendek bir hayotini razil yo’llarda o’tkazgan ojiza qulingga yordam ber. Yuzim yo’q, uyatliman, hijolatdaman, iztirobdaman. So’nggi kunlarimni, so’nggi daqiqalarimni o’tkazyapman. Sendan boshqa yoronim, do’stim va suyanuvchim yo’q. Yana Senga hamdlar bo’lsin, shukrlar bo’lsin. Shularni ham bilmay, bundan ham chuqurroq botqoqlikda umrim tugasa nima bo’lardi? Abadiy jahannmda qolardimku"¦Onamga,dadamga, akamga yetisha olmasdim"¦Allohim!Bu dahshatni o’ylash ham kishini hayajonga soladi. Hurmatli Xojam, sizga yozish yozmaslik xususida ikkilanganim bir voqeani boshdan kechirdim. Assistentning qistovi bilan yozishga qaror qildim. Qur’onni o’rgana boshlaganimga sakkiz kun bo’ldi. Endi o’zim o’qiy olaman. Asosan shomdan keyin va bomdod namozidan oldin o’qiyapman. Qur’onning ham, Javshanning ham ma’nolarini bilmaganim uchun ularning har bir harfi mo’jizadek tuyular, dilimga rohat baxsh etardi. Qanchalik yengil tortganimni, rohatlanganimni aytib berolmayman. Ishinishingizni xohlayman, "œQur’on" yoki "œJavshan" o’qiy boshlasam, og’ir qayg’ularim, iztiroblarim go’yoki beiz yo’qolardi. O’qishni to’xtatsam yana boshlanardi. Bu Qur’onning mo’jizasi, Javshanning karomati ekanligi aniq"¦