Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari  ( 286772 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 20 B


Robiya  15 Noyabr 2007, 12:26:16

Ko’chim — eng ko’p ishlatiladigan badiiy vositalar jami bo’lib, adabiyotshunoslik fanida metafora atamasi bilan ham yuritiladi.Ko’chimning majoz, istiora, ramz, timsol singari ko’rinishlari bor.

Kinoya (bir fikrni yashirin ma’noda ifoda etmoq) — bayon ilmida uni "œham haqiqat, ham majoz ma’nosi anglashiladigan so’z" — deb izohlanadi.U inkorning bir ko’rinishi bo’lib, tasvir ob’ekti ustidan kesatish, qochiriq yo’li bilan yashirin kulish,piching.
  Misol:         Menga yolg’iz Omonimni qo’y,
                     Menga o’sha yomonimni qo’y.
                     U kam emas hech bir odamdan,
                    Men ul bilan uzoqman g’amdan      (H.Olimjon) 
Bunda "œOmonim - yomonim" qofiyadosh soz’lar orqali kuchli —o’tkir kinoya usuli qo’llangan.


Litota (tafrit, ifroq) — tasvir ob’ektini ataylab kichraytirib,zaiflashtirib tasvirlash usuli, ya’ni behad kichraytirilgan mubolag’adir.Ijodkor uyg’un narsa yoki hodisaning ahamiyatini ta’kidlab, bo’rttirib ko’rsatish maqsadida boshqa narsa yoki hodisaning uning ulug’vorligi hamda qudratiga nisbatan kichraytirib tasvirlaydi.
  Misol:           Bo’yung sarvu sanubardek,beling qil,
                       Vafo qilg’on kishilarg’a vafo qil.          (Xorazmiy)

                       Bu so’zning mazmuni shu qadar issiq,
                       Quyosh bir kichik sham uning yonida.    (Uyg’un)

Laff va Nashr (yig’ish va yoyish ma’nosini ifodalaydi) — ushbu san’at she’r baytida avval bir necha narsa yoki tushuncha nomini ketma-ket keltirib, keyin ular haqidagi hukmlarni ketma-ket bayon qilishni nazarda tutadi.
  Misol:         Jamoling ravzai bog’i jinondur,
                      Labing sarchashmai fujhi ravondur.
                      Soching sunbul, yuzing sarvu sanubar,
                     Ko’zing nargis,yanog’ing arg’uvondur.
                     Beling,og’zing so’zi har qayda bo’lsa,
                     Xayoli noziku ramze nihondur.
                     Qaysari Rum oy yuzing,mushkin soching xoqoni Chin,
                     Shahi Hindiston menging,sultoni Turkiston ko’zung.
                     Garchi ahuyi Xo’tandur bexato bilmon nedin,
                     Chinu Mochin lolazorinda qilur sayron ko’zung.         (Atoiy)

Mubolag’a (lof urish,bo’rttirish) — tasvirlanayotgan narsa,shaxs va voqea-hodisaning muayyan jihatlarini bo’rttirib, kuchaytirib tasvirlash usuli.Sharq klassik she’riyatida mubolag’a san’atiga she’r ziynati sifatida qaraganlar. "œAhsanahu akzabahu"  —  "œEng yaxshi she’r — eng yolg’on she’r" degan naqlga amal qilganlar.
 Mubolag’a quyidagi turlarga bo’linadi:
 1.Tablig’ — tasavvur qilish mumkinu, amalga oshirish qiyin bo’lgan bo’rttirilgan tasvir usuli.
  Misol:  Ey sabo, holim borib sarvi xirmonimga ayt,
              Yig’larimning shiddatin gulbargi xandonimga ayt.    (A.Navoiy)   

2.Ig’roq — tasavvur qilish qiyin,amada mutlaqo bo’lmaydigan bo’rttirilgan tasvir usuli.
  Misol:  Otlar kishnar,qizlar kuylar, tinmay ishlar dehqonlar,
              Quyosh oltin buloqdir, qaynar,toshar"¦Ko’k tiniq.      (Oybek)
3.G’uluvv — tasavvur qilish juda qiyin bo’lgan,amalda bo’lishi sira mumkin bo’lmagan bo’rttirilgan tasvir usuli.
  Misol:  Orazin yopqach ko’zimdin sochilur har lahza yosh,
              O’ylakim,paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’och quyosh.   (A.Navoiy)

4.Ifrat (bulug’, ifrot) — orttirmali, haddan ortiq mubolag’a.
  Misol:  Tikilsam quriydi daryoning gumi,
               Na’ra tortsam qular qo’rg’onning timi.    ("œAlpomish")

               Oh ursa, olamni buzar tovushi,
               To’qson molning terisidan kovushi.        ("œAlpomish")

Mulamma’ — turli tillarda she’r yozish san’ati.
  Misol:  Qochib ketdi machchoyilar askari,
              Borib shulki yurtiga ta’kidlari:
"œSaroyeki,o’ boshadash,zinhor,
             Daronjo marov memuri, ey tabor".          (Muqimiy)

Qayd etilgan


Robiya  15 Noyabr 2007, 12:30:38

Mukarrar — muayyan so’zning muayyan o’rinda takrorlanishi.
  Misol:  Yuzing mushafi sharhi o’lg’ay necha,
               Kitobu kitobu kitobu kitob.                   (K.Xorazmiy)

Mav’iza — nasihat berish,va’zga o’xshash fikrni bayon qilish usuli.
  Misol:  Kimki ming eksa, o’zi ming topar,
              Barcha mayibni saxovat yopar.

             Buxl aziz odamin xor etar,
             El ko’zida it kabi murdor etar.              (K.Xorazmiy)

Oksimoron — ikki qarama-qarshi tushunchalarni ifodalovchi so’zlarni yonma-yon keltirish bilan bo’rttirib tasvirlash usuli.
  Misol:  U yerga yiqiladi
              O’qday uchib borarkan.
              Tog’day og’ir qulaydi
              Qum singari yengil sham.             (H.Olimjon)

Portret — adabiy asarda kishining tashqi qiyofasi,siymosi,kiyim-kechagi,o’zini tutishi va hokazolar tasviri.
  Misol:  "œJodu ko’zi kishiga qattiq qaraganda qoralikdan boshqacha yana bir turlik nur sochar edi.Kipriklari ostida nafis bir surma doirasi bor edi.Qoshi tutash kabi ko’rinsa ham,ko’ndalang yotgan ikki qilich orasini nafis bir quyulib ko'tarilish ajratib turar edi".
                                              (A.Qodiriy  "œMehrobdan chayon", Ra’no portreti) 

Perifraz — majozlarning bir turi,bunda nutqning ifodaliligini oshirish maqsadida narsa, odam, voqea-hodisalar nomi ularning ma’nolarini, xususiyatlarini  ifodalovchi boshqa so’z va iboralar bilan almashtiriladi.Perifraz narsa va hodisalarning asl nomi bilan yonma-yon ishlatiladi.
  Misol:   Quyoshday mehribon
                Vataning — onang.
                Zaminday vazminu,
                Mehnatkash,mushfiq.
               Istagan narsangni tayyorlaguvchi,
               Xalq bor — onang bor.           (G’.G’ulom)

Peyzaj (Fr. Mamlakat,joy) — baddiy asarda aks ettirligan joy va tabiat tasviri bo’lib, u yozuvchining metodi va uslubi bilan bog’liq holda turlicha vazifalarni o’taydi.
  Misol: "œCho’l burgutini izlab Oltiariqdan Yozyovonga otda jo’nadim.Hali quyosh botmagan,uning kechki qizg’ish barglari sarg’aygan o’riklarni, terak uchlarini lovillab yondirayotgandek.Osmon ko’m-ko’k, ufqda xuddi atayin bo’yab qo’ygandek, qip-qizil bulut parchasi sudralib yuribdi"¦"   
                                                              (S.Ahmad  "œCho’l burguti")
Keyingi mavzu:   Badiiy san’at turlari (davomi)

Qayd etilgan


Robiya  22 Noyabr 2007, 14:42:58

Ramz (simvol) — majoz turlaridan biri bo’lib, biror hayotiy voqea yoki tushunchani ifodalash uchun shartli ravishda ko’chma ma’noda qo’llanadigan so’z va birikmalar.Misol: Kabutar — tinchlik ramzi. Sariq gul — ayriliq.

Radd ul — matla’ — g’azaldagi matla’a birinchi misrasining maqta’dagi ikkinchi misrada takrorlanishi, ya’ni bu san’at g’azalning birinchi misrasini uning oxirida takrorlanishini nazarda tutadi/

Ruju’ — she’riyatda shoirning oldingi misra yoki baytda ifodalangan fikri, qo’llagan badiiy tasvir vositalaridan qaytgandek bo’lib, keyingi misra yoki baytda unga qaraganda kuchliroq ifoda, she’riy san’atni keltirish yoki oldingi fikrni aniqlashtirish,to’ldirish usuli.Ruju’ mohiyati o’z-o’zini inkor etib, fikrni kuchaytirishdir.
Misol:   O’n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o’lsa,uldurur
             Husn shohi,ul balolarkim,ko’zu qoshindadur   (A.Navoiy)


Qayd etilgan


Robiya  22 Noyabr 2007, 14:44:18

Saj’ — gapdagi ayrim bo’laklarning vazn yoki qofiyada moslashishi, nasriy asarlardagi qofiya hisoblanadi.Misol: har kim maydonga ot soladi, Otini o’zdirgan odam oladi.har kimning ko’ngli o’zidan qoladi. ("œAlpomish" dostoni)
  Saj’ san’ati ishlatilgan nasr — nasri musajja’, nazm esa — nazmi musajja’ deb yuritiladi.Saj’ san’ati o’z tuzilishiga ko’ra uch xil bo’ladi:
1.Saj’i mutavoziy (to’liq saj’).Bunda sajlanuvchi so’z yoki birikma ham vaznda, ham raviyda bir-biriga mos keladi.Masalan: Esa, jallodlar so’yib qo’ymasin, tezroq borib qo’lidan olinglar,zindonga solinglar.("œRavshan" dostonidan)
2.Saj’i mutarraf (qofiyali saj’).Bunda sajlanuvchi so’z yoki birikma raviyda bir-biriga mos bo’lib, vaznda teng bo’lmaydi.Masalan: Zoti bemadoro, dimog’i po’lod va ko’ngli xoro (A.Navoiy)
3.Saj’i Mutavozin (vazndosh saj’).Bunda sajlanuvchi so’z yoki birikma vaznda bir-biriga teng bo’lib, raviyda bir-biriga mos kelmaydi.Masalan: Avbosh va arsol musulmonlaridin alarg’a ne maosh va ne hisol (A.Navoiy "œMahbub ul - qulub"dan)

Sarkazm — achchiq zaharxanda, istehzoli ta’na, pichingdan iborat tasvir usuli.
Misol:  Do’ppi qo’lida,kayfi tarallo,takasaltang,
            Doim ko’chada safsata, yallo takasaltang.   (Uyg’un)

Qayd etilgan


Robiya  22 Noyabr 2007, 14:45:35

Sifatlash (epitet) — narsa, voqea-hodisa,tushuncha va kishilarning belgi-xislatlarini aniqlovchi, izohlovchi,tavsiflovchi so’z.
Misol:     Kumush qishdan,zumrad bahordan,
               Qolishmaydi kuzning ziynati.   (Uyg’un)

Tadrij — voqea-hodisa yoxud vaziyatni asta-sekinlik bilan darajama-daraja rivjlanish jarayonida ko’rsatish san’ati.
Misol:  A.Navoiy "œYorsiz", "œKecha kelgumdur"¦" kabi g’azallari

Talmeh (arabcha chaqmoq chaqilish) — she’rda o’tmishdagi mashhur zotlarga, mashhur qissa,mashhur bayt yoki mashhur maqolga ishora qilish, mashhur tarixiy yoki adabiy qahramonlar nomini keltirish usuli.
Misol:   Hoki taning barbod o’lur oxir jahonda necha yil,
             Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina    (Ogahiy)

Ta’did (ta’zil, shumur, siyoqat — ul a’dod, e’dod, te’dod) — fikriy rivoj, ketma-ketlik,tadrijiylikni anglatadi.U grammatik qurilmalarning bir xil shaklidan ketma-ket foydalanish orqali ham yuzaga chiqishi mumkin.
Misol:   Oti Farrux,o’zi farxunda axtar,
             Aning hukminda ul iqlimu kishvar.    ("œGul va Navro’z")

Qayd etilgan


Robiya  28 Noyabr 2007, 18:41:23

Tajnis (jinos) — she’r baytida ma’no jihatidan har xil, ammo shakli bir xil yoki shaklan bir-biriga yaqin ikki so’zni keltirib, ular vositasida muayyan fikr, lavha yoki timsolni ta’sirchan ifodalash san’ati.
  Misol:     Ulkim ko’ngul oldi zulfi xoli,
                 Ko’ngludin emas xayoli xoli.       (Lutfiy)

 Birinchi qatorda "œxoli" so’zi "œyuzidagi xol" ma’nosida, ikkinchi qatorda "œalohida emas" ma’nosida kelgan.

Tajziya (bo’lak-bo’lak qilmoq) — bayt misralarining har birini iki bo’lakka ajratib,misralardagi birinchi bo’laklarni ham, ikinchi bo’laklarni ham o’zaro qofiyalash san’ati.
  Misol:      Qaro zulfing firoqida parishon ro’zg’orim bor,
                   Yuzungdin ishtiyoqida ne sabru ne qarorim bor.    (Bobur)

Tazmin — "œbir narsani ikkinchi narsa orasiga qo’ymoq" ma’nosini ifodalab, she’rga o’zga shoir (ko’pincha ustozlar) she’ridan bir misra yoki bir bayt olib, o’sha vazn, o’sha qofiya va radifda mazmunga muvofiq she’r bitish san’ati.
  Misol: Ogahiy "œBo’lmasa,bo’lmasun netay" , Mashrab "œSensan sevarim"¦"

Qayd etilgan


Robiya  28 Noyabr 2007, 18:43:13

Tanosib — she’r baytlarida bir-biriga bog’liq va bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so’zlarni qo’llash san’ati.
  Misol:    Zulfing cheriki jamol mulkin
                Oldi ko’zung ittifoqi birla.       (Atoiy)

Tajohuli orif (bilib turib bilmaslikka olish) — shoirning baytda aks ettirilayotgan biron obrazli iborani aniq aytmasdan o’zini bilib bilmaslikka olgandek ko’rsatishini nazarda tutadi.
  Misol:     Jonbaxsh la’ling ustida ul xoli hindularmudur,
                  Yo chashmai hayvon uza zog’i siyahmo’larmudur.     (K.Xorazmiy)

                Nahot shuncha ma’sum,shuncha pok,
                Sevishmoqda alam bor shuncha?            (Zulfiya)

Tamsil (misol keltirish) — bunda fikrni isbotlash uchun bironta misol keltiriladi.Ba’zan maqol ham keltirilishi mumkin.
  Misol:       Orazin yopqach ko’zumdin,sochilur har lahza yosh,
                    O’ylakim paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’och quyosh        (A.Navoiy)

Takrir (takrorlash) — she’rda u yoki bu so’zni takror qo’llash san’ati.
  Misol:      Qaysi gulning men kibi bir andalibi zori bor,
                   Qaysi bulbulning seningdek bir guli bahori bor.      (Munis)

Tasdir — she’r baytidagi birinchi so’zni bayt oxirida takrorlash san’ati.
  Misol:      Men bu yuz mushtoqidurmen, bog’i bo’stonkim bo’lur,
                  Bo’lmasin nasrinu lola, arg’uvon sensiz menga.            (Atoiy)

Qayd etilgan


Robiya  28 Noyabr 2007, 18:44:55

Tarse’ (ziynatlash,bezash, ipga marjon tizish) — she’rda birinchi mesra so’zlari bilan ikinchi misra so’zlarining bir-biriga ohangdosh,vazifadosh,qofiyadosh bo’lib kelish usuli.
  Misol:       Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi
                   Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi.          (Bobur)

                 Qamar yuzingdin bo’lur munavvar,
                 Shakar so’zingdin kelur mukarrar.            (S.Saroyi)

Tashbeh (o’xshatish) — biror obraz yoki voqeani boshqa biror narsa yoki voqeaga qiyoslash orqali o’xshatishdan iborat.Bunda so’zlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisalar,xususiyatlar o’rtasida mavjud bo’lgan o’xshashlik, sifat, belgidagi umumiylik qiyoslanadi, o’zaro solishtiriladi,tasvirlanayotgan narsa-hodisaning ayrim xususiyati yorqin, chuqurroq va ta’sirliroq ochib beriladi.To’liq o’xshatishda 4 element bo’ladi:
1)o’xshagan narsa  (mushabbahun — bihi )
2)o’xshatilgan narsa   (mushabbah)
3)o’xshash sifat    (vajhi shabah)
4)o’xshatish qo’shimchasi      (odati tashbeh)
   Bunda — dek, - day kabi qo’shimchalar , misli, go’yo,kabi, yang’lig’ so’zlari ishlatiladi.Masalan:       Til arslon turur, eshikda yatur,
                                       Aya evlug’, arsik bashingni yeyur.     (Yu.X.Hojib)
     Tashbehning turlari:
    1.Tashbehi sareh (tashbehi mutlaq, ochiq o’xshatish)
      Shahar chu do’zax kabi zindon edi,
      Tashqari bir ravzai rizvon edi.      ("œYusuf va Zulayho")
2.Tashbehi mashrut (shartli o’xshatish)
      Kimning himmati bo’lmasa, u o’lug,
      Ekagun ajunda bu bo’lmas ulug’.        (Yu.X.Hojib)
3.Tashbehi tafzil (chekinish yo’lib bilan o’xshatish)
     Sadoqatli xizmatkor bag’ir kabidir,
     Bag’irdan ham yaqinroq yurak qonidekdir.     (Yu.X.Hojib)
4.Tashbehi aks — bunda o’xshagan va o’xshatilgan narsa bir marta o’z holicha, ikkinchi marta bir-birlarining o’rni almashgan holda keladi.
5.Tashbehi muzmar (yashirin o’xshatish)     
      Jahon shoirlari,ey gulshani bog’,
      Kimi bulbuldurur so’zda, kimi zog’.     (S.Saroyi)
6.Tashbehi tavsiya (barobar o’xshatish) — bunda shoir iki predmet bir narsaga o’xshatiladi.

Qayd etilgan


Robiya  28 Noyabr 2007, 18:48:31

Tazod (zid qo’yish,qarshilantirish) — baytda man’o jihatidan o’zaro zid, qarama-qarshi bo’lgan so’zlarni qo’llab, ta’sirchan badiiy timsolar, lavhal;ar yaratish san’ati.
  Misol:         Podshoh yo’qlatsalar nogoh, gado deb axtaring,
                     Tutmang hargiz nomini, baxti qaro deb axtaring.     (Muqimiy)
 
                   
                   Bugun ey do’stlar,farzandi jonimni sog’indim,
                  Gado bo’lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog’indim. (Uvaysiy)   

Tardi aks (teskari qilib takrorlash) — she’rning birinchi misrasida keltirilgan iki so’z yoki so’z birikmalarini keyingi misrada o’rnini almashtirib qaytarishdan iborat bo’l;gan she’riy san’atdir.
  Misol:     Erursen shoh — agar ogohsen, sen,
                 Agar ogohsen, sen — shohsen sen.         (A.Navoiy)

Ta’rix — bunda biror tarixiy shaxsning tug’ilgan yoki vafot etgan sanasi, biror muhtasham binoning qurilgan yili, biror mashhur kitob yozilgan payti yoki davri ochiq emas, bal;ki arab alifbosining maxsus harflari vositasida ifodalandiAalisher Navoiy vafoti  musibati bilan amondoshlari tomonidan yozilgan ta ‘rix quyuidagicha   
          Besh harf dediyu bo’ldi taslim,
          "œAlif", "œbe", "œto", "œso" , "œjim"
 Bunda Alif — 1, be — 2 , to — 400, so — 500, jim — 3  ni ifodalaydi.Bu raqamlarni bir-biriga qo’shsak, 906 hijriy yil paydo bo’ladi.906- yilni milodiyga aylantirsak, 1501 yil kelib chiqadi.

Tasbe — bunda baytdagi birinchi misra oxiridagi so’z ikkinchi misra boshida takrorlanadi.  Misol:         Kuchum yetguncha ko’p qildim, vafolar,
                                          Vafoli qulni asrar podsholar.                      (Xorazmiy)

Hasbu hol — yozuvchi yoki shoirning o’z ahvolini bayon qilishi, o’z turmushining qandayligidan hisob berish.Misol:  Mujrim Obid "œArzi ahvol"¦"

Husni ta’lil (chiroyli dalillash) — adabiy asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biror sabab ko’rsatish, she’rda biror voqeani unga dahli bo’lmagan hodisa bilan izohlash san’ati.
   Misol:         Garchi shuncha mag’rur tursa ham,
                       Piyolaga egilar choynak.
                       Shunday ekan,manmanlik nechun,
                      Kibru havo nimaga kerak?     (E.Vohidov)

Harf san’ati (Kitobat) — badiiy tasvirda arab alifbosidagi harflardan hoydalanish san’ati.

Qati’ — she’riy nutqni kesish usuli hisoblanadi.
  Misol:        Bir o’lka bor dunyoda biroq
                     Bitilmagan dostondir bori.
                    Faqat ojiz qalamim manim
                   O’zbekiston Vatanim manim.         (A.Oripov)




Qayd etilgan


Robiya  05 Dekabr 2007, 14:47:51

Qaytarish san’ati (radd — ul ajuz il-as-sadr yoki radd — ul ajuz min —as sadr) — baytdagi mazkur o’rinlardan biridagi so’zning yana boshqa bir o’rinda takrorlanishiga asoslanadigan san’at.Uning quyidagi turlari bor:
1.Radd — us —sadr ilal —ibtido (bayt boshidagi so’zning ikkinchi misra boshida kelishi):
              Husnni to huvaydo qildi xoliq,
              Husn birla vafo bo’lmas muvofiq.      (Xorazmiy)

2.radd — ul — aruz ilal — ibtido (birinchi misra oxiridagi so’zning keyingi misra boshida kelishi):             
             Ne ravo bo’lg’ay bukim, mehrob ichinda o’lturub,
             O’lturadur men duochini ko’zung boqib turib.        (Xorazmiy)

3.Radd — ul — aruz ilal — ajuz (birinchi misra oxiridagi so’zning bayt oxirida kelishi):
             Kitobat boshladim anjoma yetgay,
             "œMuhabbatnoma" Misru Shoma yetgay.       (Xorazmiy)

4.Radus — sadr ilal — hashv (bayt boshidagi so’zning misra o’rtasida kelishi):             Gunah qildimki, hajringda tirildim,
                  Vale mendin gunah, sendin karamdur.         (Atoiy)

5.Radd — us — sadr ilal — ajuz  (sadrning ajuzda takrorlanishi):   
        Uqush bo’lsa asg’i edi — o’q o’qush,
           Qamug’ edg’ulik ulg’u — ul bu uqush.      (Yu.X.Hojib)

6.Raddul — hashv ilal ibtido (birinchi misra hashvidagi so’zning ibtido sifatida takror kelishi):
          Qali edguka bo’lsa, esiz eshi,
          Esiz baldi qilqi ul esiz tushi.        (Yu.X.Hojib)

7.Radd — ul hashv ilal hashv (birinchi misra o’rtasidagi so’zning keyingi misra ichida qaytarilishi):       
         Ul sanamkim suv yaqosinda paridek o’ltirur,
         G’oyati nozukligindin suv bila yutsa bo’lur.          (Atoiy)

8.Radd — ul hashv ilal ajuz (misra ichidagi so’zning keyingi misra oxirida kelishi):          Ula nang kishika yetur ham ichur,
             Seni nang kechurgay, ani sen kechur.             

9.Radd — ul aruz ilal hashv (birinchi misra oxiridagi so’zning keyingi misra ichida ham kelishi):       
          Nektu ter eshitkil kur erdamlug’ er,
          Bu erdam bila er tilak arzu yer.              (Yu.X.Hojib)

10.Radd — us sadr ilal aruz (bayt boshidagi so’zning birinchi misra oxirida kelishi):          Jamolingtek kishining yo’q jamoli,
              Dareg’o, bo’lmasa erdi zavoli              (Xorazmiy)

11.Radd — ul ibtido ilal hashv (ikkinchi misra boshidagi so’zning shu misra o’rtasida kelishi):         
         Bo’yung sarvu sanubartek, beling qil,
         Vafo qilg’on kishilarga vafo qil.              (Xorazmiy)

12.Radd — ul ibtido ilal ajuz (ikkinchi misra boshidagi so’zning bayt oxirida kelishi):         Bu dunya ishi ko’r o’yun — ul o’yun,
         O’yunqa qatilma nerak bu o’yun.             (Yu.X.Hojib)

   Qaytarish san’atida quyidagilarni bilish lozim: Sadr — birinchi misraning boshlanishi, aruz — birinchi misraning oxiri, ibtido — ikkinchi misraning boshlanishi, ajuz (zarb) — ikinchi misraning oxiri, hashv — misralarning o’rta qismi.Buni quyidagicha ko’rsatish mumkin:

SADR             HASHV         ARUZ
IBTIDO               HASHV         AJUZ (yoki zarb)

5- Mavzu:    Badiiy ijod usullari va badiiy asar tuzilishi

Qayd etilgan