O'zbek xalq maqollari  ( 336015 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 59 B


Munira xonim  17 Iyul 2006, 13:21:38

Beli og'riganni non yeyishini ko'r.
******************************
Birovning qo'li bilan tikon yulish oson.
******************************
Dili pokning ishi pok,
Dili pokning yo'li pok.
******************************
Kishining zari kishini buzar,
Zarni ko'rgan zanjirni buzar.
******************************

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:25:28

Asad kirsa ,suv oqarar.

* * *

Asad ,ekinlarni yasat.

* * *

Aziz momo olti kun,
Qahri kelsa -etti kun.

* * *

Aziz momo olti kun,
Qaltirasi-qatti kun.
Sakransa -sakkiz kun,
To'qransa -to'qqiz kun,
O'qransa - o'n kun.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:25:36

Asadda oralab ye,
Sumbulada saralab.

* * *

Ayamajuz olti kun,
Olti oy qishdan qattiq kun.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:25:44

Aqrab kelar hayqirab,
Bola chaqasin chaqirib.

* * *

Aqrab keldi baqirib,
Sovuqlarni chaqirib.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:25:50

Bedana tezotar bo'lsa,
O'z boshini o'zi er.

* * *

Bedananing "vit" degani -qochgani.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:25:56

Bo'ri bo'ronda quturar.

* * *

Zag'izg'on sog'ligidan o'lmas, suqligidan o'lar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:26:02

Zag'izg'on chaqib to'q bo'lmas.

* * *

Zag'cha sigirdan qo'rqmas.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:26:08

Itda jiyan yo'q
Baqada - qayin.

* * *

Itdan suyak ortmas,
Mushukdan - bez.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:26:15

Ot - yigitning yo'ldoshi.

* * *

Ot - yigitning qanoti.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:26:21

Toy otga etkazar,
Ot - murodga.

* * *

Toy otga ergashadi,
Qo'y - serkaga.

Qayd etilgan