O'zbek xalq maqollari  ( 336841 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 59 B


Nodi  18 Iyul 2006, 04:29:59

Ming Makka ziyoratidan,
Bir ko'ngil imorat yaxshi.

* * *

Ming shirin nasihatdan bitta o'rnak yaxshi.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:30:05

Mingni chala bilgandan,
Birni to'la bilgan yaxshi.

* * *

Mingtaning tusini bilguncha,
Bittaning ismini bil.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:30:11

Mol oyog'in mol topar.

* * *

Mol egasiga o'xshamasa, harom o'lar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:30:18

Nasiya ema go'shtni ,
Teshib chiqar to'shtni.

* * *

Nasiya yemang etni,
Qizartirar betni.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:30:25

Nasiya mol emas,
Bergan musulmon emas.

* * *

Nasiya nonning ham kuyugi bo'lar, ham kesagi.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:30:34

Nasiya qaymoqdan naqd qatiq yaxshi.

* * *

Nasiya quyruqdan naqd o'pka yaxshi.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:30:41

Nasiyaga devona fotiha bermaydi.

* * *

Nasiyaga maymun o'ynamas.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:30:47

Nasiyadan ungani - tegirmondan chiqqani.

* * *

Nasiyani o'g'ri chiqargan.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:30:54

Nasiyaning o'n so'midan,
Naqdning bir so'mi yaxshi.

* * *

Olisdagi otdan yaqindagi eshak afzal.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:31:00

Olisdan arbalagandan ko'ra,
Yaqindan to'rvalagan yaxshi.

* * *

Olisning oti o'zguncha,
Yaqinning toyi o'zsin.

Qayd etilgan