O'zbek xalq maqollari  ( 336934 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 59 B


Nodi  18 Iyul 2006, 04:31:07

Olmadan - olma, dovchadan - dovcha.

* * *

Olmaning tagida olma yotar,
Dovchaning tagida dovcha.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:31:13

Olov degan bilan o'g'iz kuymas.

* * *

Orqadagi gap -oxurdagi yem.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:31:20

Pishmagan oshdan hom oshqovoq yaxshi.

* * *

Uzoqning bug'doyidan,
Yaqinning somoni yaxshi.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:31:27

Uzoqning qozisi bo'lguncha,
Yaqinning tozisi bo'l.

* * *

Uzoqqa tuzoq qo'yma.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:31:33

Falon yerda oltin bor,
Borsang, paqir topilmas.

* * *

Chiqmagan bug'doyga o'tmagan o'roq.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:31:39

Chiqmagan terakka kelmagan laylak in qurar.

* * *

Yashirin narsa yetmish yilda topilar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:31:45

O'zganing mis qozonidan,
O'zingning qora qozoning yaxshi.

* * *

O'zganing otidan,
O'zingning eshaging yaxshi.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:31:52

Qorasi ko'ringanidan qoldim dema,
Qo'lingga tegmaganni oldim dema.

* * *

Halovo degan bilan o'giz chuchimas.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:31:59

Avval kelgan ho'kiz,
Suvning tozasini ichadi.

* * *

Avvalgi savdo -savdo,
Keyingi savdo -g'avg'o.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:32:07

Barvaqt qilingan harakat ,
Hosilga berar barakat

* * *

Bahorgi beg'amlik -kuzgi pushaymonlik.

Qayd etilgan