O'zbek xalq maqollari  ( 336951 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 59 B


Nodi  18 Iyul 2006, 04:32:16

Bahorning bir kuni qishni boqar.

* * *

Bevaqt qichqirgan xo'rozning,
Tojidan qon olinar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:32:22

Besh kunim - hush kunim.

* * *

Bir kun burun sochsang,
Hafta burun o'rasan.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:32:28

Bozordan qolgan bir kun qolar,
Ekishdan qolgan bir yil qolar.

* * *

Bolta tushguncha, kunda dam olar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:32:34

Bugungi ishni ertaga qo'yma.

* * *

Bultur edi kuygani,
Endi keldingmi so'rgani.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:32:41

Vaqillagan vaqtni o'tkazar,
Qo'lidan naqdni ketkazar.

* * *

Vaqt aqchadir,
G'ofil bo'lma, qochadir.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:33:03

Vaqt ketdi - baxt ketdi,
Toji sari taxt ketdi.

* * *

Vaqt -omad.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:33:09

Vaqt tog'ni yemirar ,
Suv toshni kemirar.

* * *

Vaqt o'tgandan keyin,
Qilichingni toshga chop.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:33:15

Vaqtdan yutding - baxtdan yutding.

* * *

Vaqt g'animat
O'tsa - nadomat.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:33:21

Vaqti yetsa qush ham bolasiga uya qurar.

* * *

Vaqti kelsa, fil sichqondan qo'rqar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:33:28

Vaqtim bo'shga ketdi,
Erim go'shtga ketdi.

* * *

Vaqting bor - naqding bor.

Qayd etilgan