O'zbek xalq maqollari  ( 336781 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 ... 59 B


Nodi  18 Iyul 2006, 05:10:46

Borning boshi og'ir,
Yo'qning - qorni.

* * *

Borning olasi ko'p,
Yo'qning - berasi.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:10:54

Botqoqning kengligi qurbaqaga yaxshi.

* * *

Buxoroda moli borning ko'ngli to'q.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:11:00

Bo'ri bo'lsin, to'q bo'lsin.

* * *

Gado to'ydi - qayqaydi.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:11:07

Gapning kaltasi,
Arqonning uzuni yaxshi.

* * *

Don to'kis - chorva to'kis,
Chorva to'kis - el-yurt to'kis.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:11:14

Dunyoning ishi - miri kam ikki.
Er to'ygani - el to'ygani.

* * *

Yog' ye, yalang'och yot.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:11:21

Zo'rayganga xudo bor,
So'm temirga bolg'a.

* * *

Igna bilan quduq qazib bo'lmas.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:11:28

Igna o'z teshigini tikolmas.

* * *

Igna o'tgan joydan ip ham o'tar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:11:34

Ignaning ishini nayza qilolmas.

* * *

Ignaning chizig'i bor,
Ipning - uzug'i.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:11:40

Iyirli yerda ot o'lmas.

* * *

It ham o'z ko'chasida o'zini sher bilar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:11:47

Yig'lamoqni mozor boshida ko'r.

* * *

Yo'qni yo'ndirib bo'lmas,
Qushni - qo'ndirib.

Qayd etilgan