O'zbek xalq maqollari  ( 336799 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 ... 59 B


Nodi  18 Iyul 2006, 05:11:53

Yo'qchillik mard qo'lini bog'lar.

* * *

Yo'qchillik toshdan qattiq,
Go'ngdan sassiq.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:11:59

Yo'qqa yugruk yetolmas.

* * *

Yo'g'on cho'zilar,
Ingichka uzilar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:12:06

Yo'g'onni yo'yib ye,
Ingichkani cho'zib ye.

* * *

Kichik kalit katta uyni ochar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:12:13

Ko'zing borida ko'rib qol,
Oyog'ing borida yurib qol.

* * *

Ko'rpangga qarab oyoq uzat.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:12:27

Loydan holva ajratib bo'lmas.

* * *

Maqtanishga musofirchilik yaxshi.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:12:34

Moy aynisa, tus solar,
Tuz aynisa, ne solar.

* * *

Mollining moli o'lar,
Molsizning nesi o'lar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:12:42

Musofirga qiz berma ,
Shahri - ikki, ko'ngli ikki.

* * *

Mushuk yo'g'ida sichqon tepaga chiqar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:12:48

Uyquning tinchi yaxshi ,
O'limning -kechi.

* * *

Urushsiz uy yo'q,
Azobsiz -go'r.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:13:00

To'ylikning to'ycha tashvishi bor,
O'likning uycha tashvishi bor.

* * *

Mushukka qanot bitsa,
Sichqon zoti quriydi.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:13:07

Atala bo'lsa ham to'y bo'lsin.

* * *

Yomg'ir yog'sa, to'yning ho'l bo'lar,
Otang o'lsa, uying cho'l bo'lar.

Qayd etilgan