O'zbek xalq maqollari  ( 336520 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 ... 59 B


Nodi  18 Iyul 2006, 05:13:15

Kafan kiygan ketar,
Kebanak kiygan kelar.

* * *

Kelinning keldisi yaxshi,
To'yning bo'ldisi yaxshi.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:13:21

Ketgan kelar,
Ketmonlangan kelmas.

* * *

Mozorga tushgan tirik chiqmas.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:13:28

O'grigandan uzilgan yomon.

* * *

Siyrak elak kunda kerak,
Paxta elak to'yda kerak.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:13:34

Tirikligida siylamasang, o'lganida yig'lama.

* * *

To'y siltovi bilan to'n bitar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:13:40

To'y - to'nliniki.

* * *

To'yga borsang, burun bor,
Burun borsang, o'rin bor.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:13:47

To'yga borsang to'yib bor,
Yomonliging qo'yib bor.

* * *

To'yga borsang to'yib bor,
To'y to'ningni kiyib bor.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:13:53

To'yga qo'shiq yarashar,
Azaga - yig'i.

* * *

To'yganga -to'y, to'ymaganga - tomosha.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:13:59

Baliqning tirikligi suv bilan,
Odamning tirikligi odam bilan.

* * *

Bekorga zo'r berma, beling sinar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:14:09

Baliqning ham sakkiz qanoti bor.

* * *

Bozorning qopqasi yo'q,
Ovulning - eshagi.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:14:17

Bol sotgan barmog'ini yalar.

* * *

Bor - boricha, yo'q - holicha.

Qayd etilgan