O'zbek xalq maqollari  ( 336699 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 ... 59 B


Nodi  18 Iyul 2006, 05:14:24

Bor bo'lsa - kabob,
Yo'q bo'lsa - javob.

* * *

Borida - kuldiring-kuldiring,
Yo'qlig'ida qarab o'tiring.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:14:31

Borida pora-pora,
Yo'qg'ida men bechora.

* * *

Borida - chiliq-chiliq,
Yo'qg'ida -quruqchilik.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:14:42

Borida tiqa-tiqa,
Yo'qg'ida - siqa-siqa.

* * *

Borida - hotam,
Yo'qg'ida - motam.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:14:48

Boringga qarab bozor qil.

* * *

Borini yo'q desa bo'lmas,
Yo'qni yo'nib bo'lmas.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:14:54

Borning qozoni - biqir-biqir,
Yo'qning qozoni - tiqir-tiqir.

* * *

Bog'ni boqsang, bog' bo'lur,
Botmon dahsar yog' bo'lur.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:15:02

Bo'sh quduq shudring bilan to'lmas.

* * *

Daraxt tomiridan suv ichar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:15:13

Dardi borning darmoni yo'q.

* * *

Devonachilikka ham qirq tanga dastmoya kerak.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:15:20

Dunyoni suv bossa,
O'rdakka ne g'am.

* * *

Yem berib boqqan otga,
Qamchining keragi yo'q.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:15:26

Yor yordan xarob,
Yor mendan xarob.

* * *

Jom bo'lsa, jahon topilar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:15:33

Jon bo'lsa, jonon topilar,
Osh bo'lsa - qozon.

* * *

Joni borning dami bor.

Qayd etilgan