O'zbek xalq maqollari  ( 336540 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 ... 59 B


Nodi  18 Iyul 2006, 05:15:42

Ikkovga bitta ishton,
Qanday chiqamiz qishdan.

* * *

Yo'l ko'rmagan yo'lda ozar,
Kun ko'rmagan kunda ozar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:15:48

Yo'qlik nima yedirmas,
To'qlik nima dedirmas.

* * *

Kalta ip qurlovga yetmas.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:15:59

Kepak yegan it yugurik bo'lmas.

* * *

Keragingni kunda yig'.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:16:07

Kosa bersang to'la ber,
Nimkosadan bezorman.

* * *

Kosov uzun bo'lsa, qo'l kuymas.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:16:20

Kuzning qozoni quyuq qaynar.

* * *

Ko'zi to'qning o'zi to'q.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:16:29

Ko'hnasi yo'qning tozasi yo'q.

* * *

Molga bersang soz yemish,
Boqar seni yozu qish.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:16:37

Moling semiz - davlating egiz.

* * *

Molli odam - moyli odam.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:16:44

Mullajiring jiringlamasa,
Odam diringlamas.

* * *

Nari yot - beri yot - to'shak torligi.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:16:51

Non mo'lligi - el to'qligi.

* * *

Oyoqda etiging tor bo'lsa,
Dunyo kengligidan ne foyda.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:16:58

Oz bilganing chalasi ko'p.

* * *

Ozdan - oz, ko'pdan ko'p.

Qayd etilgan