O'zbek xalq maqollari  ( 336657 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 ... 59 B


Nodi  18 Iyul 2006, 05:18:31

Pulim bo'lsa hamma qulim,
Tog'u tosh ham ochar yo'lim.

* * *

Pullik bitar, pulsiz yitar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:18:38

Pullik - botir, pulsiz -yotir.

* * *

Pullikka - kabob, bepulga - dardi kabob.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:18:45

Pulning bir uchi bilakda,
Bir uchi - yurakda.

* * *

Ro'za - nomoz to'qlikda,
Joyini topar yo'qlikda.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:18:52

Sakson biya, sakkiz tuya,
Sepli qizning qalini.

* * *

Sart boyisa, tom yopar,
Osha boyisa, ochib yopar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:18:59

Sag'irga sakkiz kun hayit.

* * *

Sahroda bo'lguncha shaharda bo'l,
Shaharda bo'lmasang, badarg'a bo'l.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:19:08

Semiz oriqlaguncha, oriq o'lar.

* * *

Semizning oyog'i sakkiz.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:19:15

Singan qo'l ishlar,
Parchalangan yurak ishlamas.

* * *

Sig'inganingdan suyanganing kuchli bo'lsin.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:19:21

Soyani chopib yuqotib bo'lmas.

* * *

Suv yo'g'ida tayamum.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:19:27

Suv tilasang, Sulaymondan tila.

* * *

Suvga solsang, suv ko'tarmas misqol temirni,
Oltin bilan olib bo'lmas qolgan ko'ngilni.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:20:23

Suvga tomgan yog' botmas.

* * *

Suvdagi kemaning izi bilinmas.

Qayd etilgan