O'zbek xalq maqollari  ( 336685 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 ... 59 B


Nodi  18 Iyul 2006, 05:20:31

Suvsiz yer - mozor,
Suvli yer - gulzor.

* * *

Suvsiz yer - yetim,
Molsiz er - xotin.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:20:38

So'ragan bir qizarar,
Bermagan ikki qizarar.

* * *

Taom topilganda, yegan yaxshi,
Kafan topilganda, o'lgan yaxshi.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:20:45

Tegirmonning aylanishi yukiga bog'liq.

* * *

Tekin kafan topilsa o'lmoq kerak,
Tekin non topilsa yemoq kerak.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:20:52

Temir taqqan termulmas.

* * *

Teshik quloq eshitmay qolmas.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:21:02

Tirsakni tishlab bo'lmas.

* * *

Toy ot bo'lsa, ot ozod bo'lar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:21:11

Tishing borida tishlab qol,
Kuching borida ishlab qol.

* * *

Toy ot bo'lsa, ot tinar,
O'g'il er bo'lsa -ota.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:21:18

Tomchi suvda tol ko'karar.

* * *

Tor yerga osh yegandan,
Keng yerda musht ye.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:21:24

Topgan botar, quvgan yetar.

* * *

Topgan gul keltirar,
Topmagan - bir bog' piyoz.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:21:30

Topgan - niyoz, topmagan - piyoz.

* * *

Topgan qo'y keltirar,
Topmagan - jo'jaxo'roz.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:21:36

Topilmagan mol tog' boshida.

* * *

Top ko'chaga qo'sh surnay.

Qayd etilgan