O'zbek xalq maqollari  ( 336235 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 ... 59 B


Munira xonim  18 Iyul 2006, 12:10:36

Mullaning yomoni varaqchi,
Odamning yomoni qaroqchi.
***********************
Egri bola o'stirsang
ikki ko'zi ko'r bo'lar.
***********************

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Iyul 2006, 12:12:15

To'g'ri bola o'stirsang,
El ichida sher bo'lar.
*****************
Tuhum o'g'risi tuya o'g'risi ham bo'la oladi.
*********************************
To'g'ri devor uzoqqa chidar.
**************************

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Iyul 2006, 12:16:53

Ajalga davo yo'q,
Yomonga - balo.
***************
Asl odam hech o'lmas.
******************
Aslning hatosi bo'lmas,
Yomonning oshnasi bo'lmas.
***********************

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Iyul 2006, 12:18:27

Bekorchidan bezib qoch,
Chaqinchidan ko'chib.
*******************
Beqo'nimga qo'nim yo'q,
Yomon odamga o'lim.
******************
Birovga kesak otsang,
U senga tosh otadi.
*****************

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Iyul 2006, 12:20:15

Bir yahshi bilan bir yomon kelishar,
ikki yomon kelishmas.
***************************
Birovning so'zi yahshi,
Birovning o'zi.
***************************
Bobining tol ekkani,
o'ziga nom ekkani.
****************************

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Iyul 2006, 12:21:31

Birov tuzar, birov buzar.
********************
Birovning aybiga ko'z-quloq bo'lma.
*****************************
Bir ilon bir uy odamni tinchitmas.
*****************************

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Iyul 2006, 12:23:11

Bola bezori kishi ozori.
*******************
Bu dunyo o'tar-ketar,
yuzi qarolik qolar.
*******************
Vijdonsiz kishidan o'pkalama.
************************

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Iyul 2006, 12:25:39

Davlat bitsa yomonga,
O'zin sanar hoqonga.
*****************
Daryoga yahshilik qilsang,
Ajrini biyobondan topasan.
***********************
Dutorsiz bahshi bo'lmas,
Yomonsiz - yahshi.
**********************

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Iyul 2006, 12:27:51

yomon bilan yo'ldosh bo'lsang,
yomondan burun o'lasan.
Yahshi bilan sirdosh bo'lsang,
Yahshilik bilan unasan.
**************************
Yomon bilan yo'ldosh bo'lma,
Nodon bilan sirdosh.
**************************

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2006, 05:08:53

Hechdan ko'ra kech.

* * *

Yaxshi otga bir qamchi.

Qayd etilgan