Bosh sahifa
Yordam
Qidiruv
Kirish
Registratsiya
B
Y
Q
K
R
forum.ziyouz.com
Ilm va ziyo
Ma'rifat
O'zbek xalq maqollari
O'zbek xalq maqollari ( 334064 marta o'qilgan)
Chop etish
1
...
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
B
Munira xonim
19 Iyul 2006, 10:06:18
Birovga qul bo'lgandan,
ko'pchilikka bo'ysingan yahshi.
*************************
Devonaga ikki dunyo barobar.
*************************
Dunyo - bavafo, mol-dunyo - bebaqo.
*****************************
Qayd etilgan
Munira xonim
19 Iyul 2006, 10:08:18
Kambag'alnikida intilib yeysan,
Boynikida qimtinib.
************************
Minnatli norindan,
Och turgan qorin yahshi.
************************
Mol topganning tili uzun.
************************
Qayd etilgan
Munira xonim
19 Iyul 2006, 10:09:38
Tomib tursa - qulinhgman,
Tommay qolsa qulimsan.
********************
Ulkan uydagi kulsa,
Kichik uydagi yig'lar.
********************
Qayd etilgan
Munira xonim
19 Iyul 2006, 10:11:10
Hon bilganin biy bilar,
So'zlaguday haddi yo'q.
********************
Er yigit ko'p bo'lsa.
erkinliging ko'p bo'lar.
********************
Qayd etilgan
Munira xonim
19 Iyul 2006, 10:13:21
Yuz yil qul bo'lib yashagndan,
Bir kun hur bo'lib yashagn yahshi.
****************************
Qiz bola palahmon toshi,
Otildimi qaytib kelmas.
***************************
Qayd etilgan
Munira xonim
19 Iyul 2006, 10:14:27
Qiz - ovulning ko'rki,
O'g'il - ovulning erki.
******************
Qiz chog'im - sulton,
Kelin chogim - ulton.
******************
Qayd etilgan
Munira xonim
19 Iyul 2006, 10:15:58
Qafasdagi bulbuldan,
Vayronadagi boyqush erkli.
**********************
G'amli uyga shodlik kelar,
Kambag'alga - ozodlik.
**********************
Qayd etilgan
Munira xonim
19 Iyul 2006, 10:17:22
Ahdi borning bahti bor.
*******************
Boylik - bir oylik.
******************
Beburdga beshik yo'q,
Qaytib kelsa do'zah ham.
********************
Qayd etilgan
Munira xonim
19 Iyul 2006, 10:18:41
Dunyo yig'ib netarsan,
bir kun tashlab ketarsan.
********************
Dunyo moli dunyoda qolar.
*********************
Yov qo'liga tushsang ham siring aytma.
*******************************
Qayd etilgan
Munira xonim
19 Iyul 2006, 10:20:49
Ko'ngil kirin yetti daryoda ham yuvsa ketmas.
***********************************
Sahiy berganin aytmas,
Mard so'zidan qaytmas.
*******************
Tagi qora qoraligicha qoladi.
***********************
Qayd etilgan
Chop etish
1
...
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
T
SMF 2.0.7
|
SMF © 2011
.
Ziyo istagan qalblar uchun © 2004-2013
ModernStyle theme by Bloc