O'zbek xalq maqollari  ( 336647 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 51 52 53 54 55 56 57 58 59 B


Robiya  27 Fevral 2008, 10:04:43

Avval o’yla, keyin so’yla.
   Jamiyat a’zolari o’zaro munosabatda so’zlashish odobiga qat’iy rioya qilishlari zarurligi ta’kidlanadi. Kishi aytadigan har bir so’zni (gapini ) avval o’ylab olishi so’ng so’zlashi lozim. O’ylamay aytilgan so’z kishini ko’pchilik orasida uyalib qolishiga hatto fojiy ahvolga tushishiga sabab bo’lishi mumkin. "œSo’zni ko’ngilda pishqarmaguncha tilga kelturma ,Va har nekim ko’ngilda bor —tilga surma"(Navoiy). Var:"O’lamaguncha so’ylama";"Ko’p o’yla oz so’yla";"O’n qatim o’yla,bir qatim so’yla" (qatim —ignaga bir marta o’tkazib ish tikishga yetadigan tikilayotgan ish bilan quloch qilib yozilgan qo’lning uchi orasidagi masofaga teng ip);"dilda pishir,tilda gapir";"o’ynab gapirsang ham ,o’ylab gapir";"tez so’zlagan tez pushmon bo’lar";"og’izga kelgan so’z arzon,ovulga kelgan bo’z arzon";"O’ylanmagan joydan tulki chiqar, o’ylanmagan so’zdan kulki chiqar";"Anglamay aytgan tinglamay o’lar,chaynamay yutgan kavshamay o’lar".


Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 10:05:44

Adabni beadabdan o’rgan.
Luqmon Hakimdan "œAdabni kimdan o’rganding?"deb so’radilar.Luqmon javob berdi:"Adabni beadablardan o’rgandim,ularning harakatlaridagi menga maqbul bo’lmagan narsalardan o’zimni saqladim".(Sad’iy ,Guliston ). Var :"aqlni aqlsizdan o’rgan":"Tamizni betamizdan o’rgan";"Aqlli o’rganar,ahmoq o’rgatar"; "œOdobning nima ekanini odobsizni ko’rganda bilasan".

Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 10:06:39

Aybing bo’lsa qilday, ko’rsaturlar filday.
Bu maqol ijtimoiy adolatsizlikka, birovning arzimas aybini nihoyatda bo’rttirib ko’rsatuvchilarga qarata aytilgan.


Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 10:07:31

Aybsiz yor qidirgan yorsiz qolar.

Turmush qurish uchun qiz tanlagan yigit yoki yigit tanlagan qiz unisini o’poq, bunisini so’poq deb injiqlik qilaversa, oxiri avalgilaridan o’zolmaydiganga duchor bo’ladi. Variant: "œGul tanlagan qora tolga ham qo’nolmabti"; "œTanlab-tanlab tozga yo’liqibdi".

Qayd etilgan


Robiya  27 Fevral 2008, 10:08:53

Ayriliq — o’limdan qattiq.
Bunda ona yurtidan, ota-onadan, tug’ishgan jigarlardan suyukli mahbubdan, farzanddan, yoru do’stlardan ayrilish nazarda tutilgan. Variant: "œAyriliqnnig shiddati, qon yig’latar muddati".

Qayd etilgan


Robiya  12 Mart 2008, 11:03:15

Amma-xola yig’ilib dangona qilur, bo’lib ololmay hangoma qilur.

Dangona — ov, sayd, uloqchi keltirgan uloq, xullas, g’animatdan qo’lga kirgan , o’rtada baham ko’riladigan narsa. Bundan tashqari, bir necha kishi pul yig’ib, mol olib so’yib, go’shtini o’rtada bo’lib olishi ham, o’g’ri va qaroqchilar topgan o’ljalarni o’z sheriklari bo’lishib olishi ham "œdangona" deyiladi. Ma’nosi: "œAmma —xolalar ota —onadan qolgan me’rosni tinchgina, hamjihatlik bilan bo’lishib ololmay, bir-birlari bilan kelishmay, nari-beri gap- (hangoma)ga boradilar, urish-janjal chiqaradilar".  Amri padar — arshdan a’lo. Arsh — diniy aqidaga ko’ra, fazoning eng yuqori nuqtasi, xudoning makoni. Maqolda otaning so’zi, amri, buyrug’i ana shu arshdan ham ulug’ deb ko’rsatiladi va farzandlarga otaning aytganini bajo keltirish lozimligi uqtiriladi. Var: "œUrug’inga so’z aytsang, Orasini uzib ayt, Otang ishga buyursa, namozingni buzib ayt". Islom e’tiqodiga ko’ra nomozni buzish, nomoz o’qiyotgan vaqtda birov bilan gaplashish, boshqa narsaga alahsish —gunoh hisoblanadi. Bu maqolda ham farzandni otaga bo’lgan hurmati benihoya ulug’lanadi. "œOtang seni ishga buyursa, hatto namozingni buzib bo’lsa ham, unga "œlabbay"deb javob ber", deb uqtirganlar.     

Qayd etilgan


Robiya  12 Mart 2008, 11:03:52

Andishaning oti -qo’rqoq.

Ba’zi odam sermulohaza bo’lib, nafsoniyatga tegib aytilgan gapga yarasha achchiq javob qaytarishning, qattiq-qurum gapirishning, koyib tashlashning o'r’i kelgan bo’lsa ham, uzoq-yaqinni, orqa-o’ngini o’ylab, indamaydi, o’zini tiyadi, andisha qiladi. Ba’zi odam esa buni ng farqiga bormay, "œmendan qo’rqib, indamay turibdi" deb o’ylab, andishasizligini tobora oshirib, uni xafa qilishda davom etadi. Ana shunday paytda "œAndishaning oti qo’rqoq bo’pti-da!"deb kinoya tarzisda shu maqolni ishlatadilar.


Qayd etilgan


Robiya  12 Mart 2008, 11:04:22

Arava sinsa yalqovga o’tin.
"œYalqov, dangasa arava sinsa, uni tuzatishga erinadida, o’tin qilib yoqib yubora qoladi", deyilmoqchi. Var.: "œTanbalga — arava sinsa, o’tin, ho’kiz o’lsa go’sht".


Qayd etilgan


Robiya  20 Mart 2008, 11:52:37

Arining uyasiga tegsang, o’rtaga olib talaydi.
 Variant: "œAri uyasiga qo’l tiqma", "œChumoli iniga cho’p tiqma"; Bularda: tinch yotgan, senga ziyoni tegmagan narsaga tegako’rma, o’zingga shikast yetkazasan, deb ogohlantiriladi

Qayd etilgan


Robiya  20 Mart 2008, 11:57:53

Arra tortishmasang, torinma.
  Odatda arrani ikki kishi ikki tarafga o’tirib tortadi, bir kishining o’zi arralay olmaydi. Majozi: "œEl-yurt bilan mehnat-mashaqqatni barobar tortishmasang, senga ulush tegmaydi. Buning uchun tortinib (xafa bo’lib, o’pkalanib) yurma, chunki o’zing hissa qo’shgansan".

Qayd etilgan