O'zbek xalq maqollari  ( 336010 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 52 53 54 55 56 57 58 59 B


Robiya  20 Mart 2008, 11:58:25

Ariqni kimlar qaziydi, suvni kimlar ichadi?
Mazkur maqol mehnatni birov qilib, rohatni birov ko’rsa, qo’llaniladi.

Qayd etilgan


Robiya  20 Mart 2008, 11:58:43

Artsa ketar, qoqsa — yitar. 
Bu maqol bilan: "œAgar birov sening kiyiomingni bexosdan dog’ qilib qo’ysa yo chang yuqtirsa, buning uchun uni koyib, xafa qilma. Artsang ketadi, qoqsang changi yitadi (yo’qoladi!) " deyilmoqchi.


Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 11:19:12


Ayol yerdan chiqqan emas — erkak bolasi, erkak ko’kdan tushgan emas — ayol bolasi.

Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 11:19:55

Azaga borgan xotin o’z dardini aytib yig’laydi.

Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 11:20:33

Azroilning bir turqi - bo’rida

Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 11:21:36

Aybini bilgan — avliyo

Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 11:22:51

Ayiq bilagiga ishonadi, odam — yuragiga.

Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 11:24:30

Ayiq o’lmay turib terisini shiladilar.

Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 11:25:01

Ayiq o’z kuchini o’zi bilmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  28 Mart 2008, 11:25:35

Ayiq o’z tovonini yalab jon saqlaydi.

Qayd etilgan