O'zbek xalq maqollari  ( 336648 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 59 B


Nodi  17 Iyul 2006, 07:49:25

Yosh bolaga ish buyur, orqasidan o'zing yugur.

* * *

Aytilgan so'z - otilgan o'q.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:49:32

Til suyaksiz bo'lsa ham
suyakni yanchiy olar.

* * *

Kuch engmaganin,
So'z egar.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:49:38

Ustoz otangday ulug'.

* * *

Qozonda bori cho'michga chiqadi.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:49:50

Bildim deb tutildim,
Bilmadim deb qutildim.

* * *

Ko'p ishlaganini qo'ymas,
Kar eshitganini qo'ymas.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:49:58

Yozgi mehnat - qishki rohat.

* * *

Mullo bilganin o'qir.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:50:07

O'nta bo'lsa o'rni boshqa,
Qirqta bo'lsa qilig'i.

* * *

Ustoz ko'rmagan shogird,
Har maqomda yo'rg'alar.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:50:15

Ot o'rnini toy bosadi.

* * *

Bulbul chamanni sevar,
Odam vatanni sevar.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:50:22

Qing'ir ishni qiyig'i qirq yildan keyin ham chiqadi.

* * *

Ko'za kunda emas kunida sinadi.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:50:28

Ajal etmasa -chibin ham o'lmas

* * *

Qo'lidan ishini olgan og'zidan oshini olar.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:50:35

Ajali yetgan sichqon
Mushukka g'amza qilur

* * *

Alamzadaning tili zahar

Qayd etilgan