O'zbek xalq maqollari  ( 336156 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 59 B


Nodi  17 Iyul 2006, 07:51:54

Kemada kim borligini chiqqanida ko'rarsan.

* * *

Ko'rmaganni ko'rgani qursin.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:52:02

Molga malomat - boshga salomat.

* * *

Nimasa solsang oshingga,
shu chiqar qoshig'inga.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:52:09

Nima eksang shuni o'rarsan.

* * *

Odamdan odam
hayvondan hayvon.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:52:15

Oyog' changi og'izga kirar.

* * *

Oldin baloni,
Urdim baloga.
Chiqdi balosi,
Qoldim baloga.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:52:21

Osmon yig'lamay yer kulmas.

* * *

Osmondan nam tushmasa giyoh unmas.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:52:38

Olov so'nsa sovuydi,
Giyoh so'lsa quriydi.

* * *

Otilmagan sopqon ham betga tegar, ham ketga.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:52:45

Ohurga neni solsang hurmachadan shuni olarsan.

* * *

Pishgan ovqatning umri qisqa.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:52:51

Pul bermas ma'raka buzar.

* * *

Pishak go'shtga yetmasa - "puf sassiq"

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:52:58

Saboq mushkul bo'lsa,
o'quvchini uyqu bosar.

* * *

Sovuqdan qo'rqan
qishni yoqtirmas.

Qayd etilgan


Nodi  17 Iyul 2006, 07:53:05

Sotmasning moli qimmat.

* * *

Termilgan qozon qaynamas,
qaynasa ham quyilmas.

Qayd etilgan