Ammo islomni qabul qilishga da'vat etuvchi vebsaytlarning aksariyati o‘z mazmuniga ko‘ra prozelit[247]lik xarakteriga ega. Ulardan "Ispan musulmonlari sahifasi"ga o‘xshash ba'zilari, masalan, puerto-rikoliklar[248] yuritayotgan sahifa yoki Singapurning "Musulmonlikni qabul qilgan assotsiatsiyasi" sahifasi[249] mazmunan islomni qabul qilganlarga tegishli. Ispan vebsaytlarining aksariyatini musulmonlikni qabul qilganlar yuritayotganga o‘xshaydi, bugungi Ispaniyadagi islom tashkilotlarida morisk[250]lar avlodlari ustuvorligi hammani hayratga solmoqda. Binobarin, davlat tan olgan islom boshqaruvining bosh kotibi, musulmonlikni qabul qilgan madridlik miya jarrohi boshqaruvning juda go‘zal vebjurnali[251]ga mutasaddilik qilmoqda. Uning bir sahifasi Kataloniyadagi islomga oid materiallarga bag‘ishlangan bo‘lib, muallif unda o‘ziga ma'lum bo‘lgan yuzlab musulmonlikni qabul qilgan kataloniyaliklar haqida ma'lumot beradi[252]. Islomni qabul qilish nafaqat manba, qolaversa, o‘ta faol yangi musulmonlarga zavq-shavq beruvchi omil ham bo‘lib qolmoqda.
Ayni paytda yangi musulmonlarni dinning o‘tmishdagi missionerlik tajribasi bilan bog‘lab turuvchi saytlarning xarakterli xususiyatlaridan biri ularning tasavvufga qiziqish bilan qarayotganidir, G'arbga ko‘chib borgan musulmonlar an'anaviy islomning ushbu jihatini unchalik mensishmaydi. Bunaqa saytlar ko‘p bo‘lgani uchun to‘la ro‘yxatini keltirish mushkul, biroq ayrimlarini sanab o‘tsa bo‘ladi. Masalan, Italiyada Giardino della Cognoscenza sayti bor, uni an'anaviy naqshbandiya tariqatini targ‘ib qiluvchi yangi musulmonlar yuritadi, saytga musulmon bo‘lmagan «izlovchilar»[253]ni jalb etish mo‘ljallanib, zeb berilgan. Virtual[254] ziyoratchilar sayt sahifalariga nazar tashlash orqali Naqshbandiya tariqati haqida ko‘proq narsa bilish uchun taklif etiladi, unda boshqa ko‘plab shunga o‘xshash saytlarning manzillari keltirilgan[255]. Sayt o‘quvchilarni 17-asrda Istambulda vujudga kelgan jarrohiylik tariqatini qabul qilgan musulmonlar yuritadigan boshqa bir sayt sari yetaklaydi. Ushbu sayt bugungi kunda G'arbda bir necha ming yangi musulmon borligidan xabar beradi. Unda jarrohiylarning Italiyadagi ma'naviy rahnamosining portreti va qisqacha tarjimai holi keltiriladi: sayt ziyoratchisi rahnamoning rassom va Milan universitetida psixologiyadan ma'ruza o‘qishidan boxabar bo‘ladi. Saytga uning surati va ma'naviy hayot xususidagi aforizmlari ham kiritilgan[256]. So‘ngra xalqaro «izlovchi»ga Amerikadagi jarrohiylik tariqati saytiga yo‘llanma beriladi. Ushbu saytda zikr etilgan tariqatga xos bo‘lgan gumanitar va ishsizlar uchun jamoat ishlariga oid tafsilotlar, shuningdek, tariqatning Bosniya, Germaniya, Gretsiya, Frantsiya, Avstriya, Kanada, Ispaniya, Meksika, Argentina va Braziliya[257]dagi loja[258]lari ham beriladi. Xuddi shunga o‘xshash Shohmaqsudiy vebsayti ziyoratchisiga Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi 34 ta lojaning manzilgohi taqdim etiladi[259].