Ushbu misol musulmon bo‘lmagan qavm taqdiri xususidagi an'anaviy kalom ta'limotining bosh masalasidir. Partikulyarizm[357] teoditseyasi[358] boshqa din vakillari amalini ma'qullamaslik johillikdan emas, ataylab rad etishdan kelib chiqadi, degan qarash bilan hal etiladi. Islomda ibtidoiy gunoh (Odam Ato bilan Momo Havoning gunoh qilib jannatdan quvilgani ma'nosida) doktrinasi - mabdasi yo‘qdir. Islom hadis so‘zlarida "har bir bola ibtidoiy insoniy fitrati bilan dunyoga keladi[359], ushbu fitratga amal qilinsa, u omad keltirishi muqarrar"[360], deb ishontirish bilan, har bir kishi gunohi tasdiqlanmaguncha begunohdir, (hatto Odam Ato bilan Momo Havo jannatdan quvilganlaridan so‘ng ham) begunohlik bizning tabiiy holatimizdir, binobarin, jannat Odam Atoning avlodlari uchun erishish mumkin bo‘lgan manzildir[361], deydi. Mana shu insonparvarlik yo‘lini tutgan kalom ilmining dastlabki nuktadonlari aql-zavokatni axloqiy bilimning avtonom manbai deb hisoblagan va inson aqlining, hatto o‘ziga xos vahiy kelmagan paytda ham Allohni va axloqiy qonunning universal mohiyatini bilib olish uchun umumiy vahiyni rad eta bilish qobiliyati borligini e'tirof etishgan. Faqat ehtiyotkor tajriba va kuzatuv intuitsiya sifatida bizga to‘yimli va zaharli ovqatlarni bir-biridan ajratish imkonini beradi, xuddi shu tariqa insonlar o‘ziga xos vahiy yordamisiz ham yaxshilikni yomonlikdan ajratib olishi mumkin[362]. Darhaqiqat, moturidiya tarafdorlari shu ma'noda vahiy tushmagan va musulmon bo‘lmaganlarni mukallaf etish, ya'ni majburlash kerak, deb hisoblagan, garchi Alloh ularga vahiy tufayli nozil bo‘lgan mukammal qonunga ega bo‘lishni buyurmagan bo‘lsa-da, Ul zotga aks sado bergani uchun ularni kechiradi, deb biladi[363]. Chunki ular ham, xuddi musulmonlar singari toifadadir, ammo [islom dini] payg‘ambari va shariat hukmlaridan g‘ofil bo‘lishgani uchun ma'zur tutiladi[364], ular funktsional diniy jamoa deb qaralashi kerak, bu jamoa kelgusida o‘zini jannat yoki do‘zax kutib turganini biladi.