Bismillohir rohmanir rohiym!
Hamma ajoyib-u g'aroyib nicklarga, ismlarga ega. Har kimniki o'ziga yoqadi, bundan tashqari har bir nick o'z tarixiga ega. Shu jumladan mening nickim "Samarqandiy" ham, tug'ilib o'sgan joyim Samarqand bo'lgani uchun ushbu nick tanlangan. Ilgarilari mashhur kishilar, olimu fuzalolar, shoirlar va.boshqalar ismlariga tug'ilgan joylarinini qo'shib yozib qoldirishgan. O'shalarga havas qilib, buyuk allomalar tug'ilib o'sgan yurtda tug'ilganimdan, yashayotganimdan g'ururlanib, men ham ularning bir bo'lakchadek his qilib ushbu nickni tanlaganman. Ularga munosib vorislar bo'lib yetishishlikni Olloh nasibu ro'z aylasin,Ilohim!
Kuningiz xayrli bo'lsin!