So‘yishdagi mustahablar
Savol: So‘yishdagi mustahablar qaysilar?
Javob: So‘yishdagi mustahablarning asosiylari shulardir:
1. Kunduz kuni so‘yilishi;
2. So‘yayotgan qassobning qiblaga yuzlanishi;
3. So‘yilayotgan hayvonning qiblaga qaratilishi;
4. Pichoqning o‘tkir bo‘lishi;
5. Hayvonga yumshoqlik bilan muomala qilinishi;
6. Qo‘y, echki va qoramolning chap yoniga yotqizilishi, tuyaning o‘ng tizzasi bog‘lanib oyoqda so‘yilishi;
7. Hayvonning ensasidan emas, tomoq tarafdan so‘yilishi;
8. Tomirlarining butunlay kesilishi;
9. Tomirlarining tez kesilishi;
10. Qo‘y, echki va qoramolning jag‘ tagidan, tuyaning bo‘ynidan so‘yilishi;
11. Pichoqning bo‘yindagi qovurg‘a iligiga qadar kesib bormasligi;
12. Kekirdak suyagining hayvonning bosh tarafida qolishi;
13. Hayvonning joni to‘liq chiqqanidan keyin terisining shilinishi.