19.2. Uyushiq bo’laklarda ko’plik, egalik va kelishik qo’shimchalarining qo’llanishi.
Bu qo’shimchalarning qo’llanishi ikki xil bo’ladi:
1.Son (ko’plik), egalik va kelishik qo’shimchalari uyushiq bo’laklarning oxirgisiga qo’shiladi:[b/] Noma va arizalarning ba’zilari mirzo, muftilarga havola qilinar edi.
2.Gapdagi uyushiq bo’laklarning har birida son, egalik, kelishik qo’shimchalari alohida-alohida takrorlanadi: Qor sovug’i qo’llarimni va oyoqlarimni, peshonamni yalab tursa-da, menga juda yoqimli tuyuldi.
Nutqda son, egalik va kelishik qo’shimchalarning uyushiq bo’laklarda har xil ishlatilish hollari ham uchraydi: Bolalar yaslilari va bog’chalarida maktablarda mehnatkashlarning farzandlari tarbiyalanmoqdalar.
Gapda uyushiq bo’laklar bog’lovchilarsiz, sanash ohangi bilan biriktiruv bog’lovchilari (va, hamda), ular vazifasidagi —u, -yu yuklamalari, bilan ko’makchisi, zidlov bog’lovchilari (ammo, lekin, biroq), na yuklamasi, -da yuklamasi, goh yoki, yoxud, dam, ba’zan, yo kabi ayiruv bog’lovchilari bila bog’lanib keladi: Mashina sekinladi, lekin to’xtamadi.
Gapning uyushiq bo’laklari guruh-guruh bo’lsa, bir-biridan nuqtali vergul bilan ajratiladi: Yutib chiqish uchun ot chopqir, zotdor bo’lishi, yaxshi toblanib, sovitilishi; chavandoz usta, epchil bo’lishi kerak.