24.3. Rasmiy-idoraviy uslub
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunular, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idorabviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqriuv qog’ozi, taklifnoma, dalolatnoma, shartnoma, tarjimai hol, e’lon, tavsifnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma’nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma’lum ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan foydalaniladi. Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi: O’z lavozimini suiiste’mol qilganligi uchun M.Ahmedovga hayfsan e’lon qilinsin.