Axloq-odobga oid hadis namunalari  ( 127151 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 23 B


Foniy  15 Fevral 2008, 19:38:40

421. Har bir mo’minning moli, obro’si va qoni boshqa mo’min uchun haromdir. Birodarini haqorat qilishi bilan kishining yomonligi bilinur.

422. Xiyonat va yolg’onchilikdan boshqa har bir nuqson mo’minda bo’lishi mumkin.

423. Dilozorlarning hammasi do’zaxga mahkumdir.

Qayd etilgan


Foniy  15 Fevral 2008, 19:39:29

424. Har bir qilinadigan yaxshilik sadaqa savobiga tengdir.

425. Sizlarning har biringiz bamisoli cho’pondirsizlar va o’z qo’l ostilaringizdagilarga mas’uldirsizlar. Podshoh o’z fuqarolariga, er o’z ahlu ayoliga, xotin erining uyiga, xodim o’z xojasi moliga, farzand o’z otasi mulkiga mas’uldir. Demak, har birlaringiz mas’uldirsizlar.

426. Mo’min kishining umri o’tib qarigani sari unga yaxshiliklar ato etilaveradi.

Qayd etilgan


Foniy  15 Fevral 2008, 19:40:04

427. O’zing ovlagan narsaning go’shtini yegin, o’zi o’lganini tark et.

428. Taom suzilgan laganning atrofidan yenglar, o’rtasidan yemanglar, zero, o’rtasiga baraka yog’ilib turadi.

429. Yenglar, ichinglar, sadaqa qilinglar, ammo isrofgarchilikka va faxrga o’tmanglar.

Qayd etilgan


Foniy  15 Fevral 2008, 19:40:37

430. Ilmga nisbatan go’yo cho’pon kabi posbon bo’linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qiluvchi bo’lmanglar.

431. Zaiflari kuchlilaridan haqlarini undirib ololmaydigan xalqni Tangri qanday ulug’lasin?!

432. Hikmatli so’z mo’min kishining yo’qotgan narsasidir. Uni qayerdan topsa, o’zlashtirib olishga haqli.

Qayd etilgan


Foniy  15 Fevral 2008, 19:41:15

433. Janob payg’ambarimiz qachonki yosh bolalar oldidan o’tib qolsalar, ulardan oldin salom qilib o’tar edilar.

434. Arqon olib tog’dan o’tin terib kelib, uni sotib yeb va sadaqa qilgan odam, tilamchilik bilan kun kechirgandan yaxshidir.

435. Kishi xoli hayotida bir dirham sadaqa qilgani o’z o’limi oldidan yuz dirham sadaqa qilganidan afzaldir.

Qayd etilgan


Foniy  15 Fevral 2008, 19:41:54

436. Qabr ustida o’tirgandan ko’ra, cho’g’ ustida o’tirib, kiyimlari to etigacha kuyib ketgani yaxshidir.

437. Qo’shnisining ayoli bilan zino qilishlik o’nta boshqa ayol bilan zino qilgandan yomondir. O’nta begona uyni o’g’irlagandan qo’shnining uyini o’g’irlagan yomondir.

438. Omonatga olib kiygandan ko’ra, qirq yamoqli bo’lsa-da, o’z kiyimida yurgan yaxshi.

Qayd etilgan


Foniy  15 Fevral 2008, 19:42:28

439. Musibat yetganda yuzlarini yuladigan, yoqasini yirtadigan va o’zini qarg’ab yig’laydiganlarni Tangri la’natlasin.

440. Pora beruvchini ham, uni oluvchini ham, ikkalasining orasida turuvchini ham Tangri la’natlasin!

441. Tangri ayollarning kiyimini kiyadigan erkakni va erkaklarning kiyimini kiyadigan ayolni la’natlasin!

Qayd etilgan


Foniy  15 Fevral 2008, 19:42:59

442. Ota-onasi qarg’aganni Tangri qarg’aydi. Tangridan boshqaga atab jonliq so’yuvchilarni Tangri la’natlaydi.

443. Mo’min kishini la’natlashlik — uni o’ldirish bilan barobardir. O’zini o’zi o’ldirgan odam qiyomat kuni tegishli azobini tortgusidir.

444. Odamning qalbi qaynab turgan qozondan ham o’zgaruvchanroqdir.

Qayd etilgan


Foniy  15 Fevral 2008, 19:43:50

445. Har bir narsaning buzuvchi ofati bordir. Dinning ofati yovuz hokimlardir.

446. Har bir narsaning kaliti bor. Jannatning kaliti miskin faqirlarni sevishdir.

447. Eshigiyu derazasi yo’q bir silliq toshning ichida turib biror ish qilsalaringiz ham odamlarga ma’lum va oshkor bo’laveradi.

Qayd etilgan


Foniy  15 Fevral 2008, 19:44:33

448. Tilamchilik nima ekanligini bilganlaringda edi, birortalaringiz ham biror kishidan hech narsa so’ramas edingiz.

449. Mabodo men dalil-isbotsiz toshbo’ron qilishim mumkin bo’lganda, mana shu shu fohisha ayolni toshbo’ron qilar edim.

450. Agar sizlarning tilsiz hayvonlarga nisbatan qilgan zulmlaringiz kechiriladigan bo’lsa, demak juda ko’p gunohlaringiz kechirilgan bo’lar edi.

Qayd etilgan